NDU_NSU_NGU
381 subscribers
19.3K photos
2.32K videos
387 files
5.01K links
Download Telegram
Forwarded from Navoiy kundaligi
#Maʼrifat_karvoni
#Navoiy

🇺🇿“Ma’rifat karvoni” loyihasi doirasida ilmiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Tamaddun, madaniyat, ma’rifat” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni”ni o‘tkazish uchun ziyolilar guruhi vakillari — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir Bobur Bobomurod hamda falsafa fanlari doktori, dotsent, shoira Shahlo Axrorova Navoiy davlat universitetida bo‘ldilar.

Talaba-yoshlar ishtirokida bo‘lgan ilmiy-ma’rifiy ushrashuvda ijodkorlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ilm-fan va ma’rifatga asoslangan jamiyat barpo etish borasidagi yondashuvlar yuzasidan fikr-mulohaza yuritdilar.

Jarayon davomida tadbir ishtirokchilari tomonidan go‘zal she’rlar aytildi.

Mazkur tadbir yoshlarda Vatanga sadoqat, bilimga intilish, tarixiy merosni qadrlash va yangi yutuqlar sari intilishni kuchaytirishga xizmat qiladi.


Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Диёр 24» | Вилоят прокуратураси ва олий таълим муассасалари ўртасида меморандум имзоланди
@Navoiy_teleradiokanali
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#podkast

Qiz bola nega oliy taʼlimda o‘qishi kerak?


Qiz farzand – unga qilingan sarmoyani o‘n baravar qilib qaytara oladigan, hatto o‘n nafar o‘g‘ilning o‘rnini bosa oladigan salohiyatga ega bo‘lishi mumkin. (video)


Navoiy davlat universitetining “Sizningcha” podkast loyihasi o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu havola orqali 1-sonni tomosha qilishingiz mumkin.

👉https://youtu.be/aXztO2Nn1YU

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1
🕓🕔🕕🕖🕗🟦🟦

📰☄️“Bugungi O‘zbekiston” gazetasining 2025-yil 30-may, 10-sonida Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonovning “O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirishga qaratilgan oliy darajadagi tashrif” sarlavhali maqolasi chop etildi.

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vengriyaga amalga oshirgan tashrifi, ikki mamlakatlar o‘rtasida strategik sheriklikning yangi davri va unda imzolangan ikki tomonlama shartnomalarning mazmun-mohiyati haqida fikrlar bayon etilgan.


🌐Maqolani o‘qish

📰pdf shaklida gazetani o‘qish

Navoiy davlat universiteti
PR va media markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #Videoyoʻriqnoma

Bugundan oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlandi

📹Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan tanishing (video)

Eslatma: Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤️💙❤️❤️❤️❤️❤️🟦🟦

📰“Do‘stlik bayrog‘i” va “Знамя дружбы” gazetalarining 2025-yil 5-iyundagi 22-soni bilan tanishishingiz mumkin.

✍️Gazetaning yangi nashrida Navoiy davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, xususan Maktabgacha kafedrasi mudiri R.Davlatova tomonidan “Xalqaro integratsiyaga amaliy qadam” nomli hamda T.Soliyevning “Olimlikning mashaqqatli va sharafli hayot yo‘li” sarlavhali maqolalari chop etildi.

😀PDF shaklida yuklab olish

Bizni kuzating

Bizni kuzating
🚀telegram|🌐instagram
📹youtube |🔍veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb90kun #Turizm #Yoshlar #Memorandum

Talaba yoshlar turizm festivali Samarqand va Navoiyni birlashtirmoqda

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan Navoiy davlat universiteti hamda Navoiy konchilik va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda “Navoiyga sayohat karvoni: yoshlar turizm festivali, etnosport va interaktiv o‘yinlar” mavzusida talaba yoshlar turizm festivali tashkil etildi.

Tadbir doirasida dastlab ilmiy seminar tashkil etilib, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan Navoiy viloyatining Nurota, Xatirchi va Qiziltepa tumanlarining turistik salohiyatini oshirish boʻyicha qilingan amaliy ishlar taqdimot qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida ikki oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalari tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, etnosport oʻyinlari, futbol musobaqasi, interaktiv va intellektual oʻyinlar oʻtkazildi.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va Navoiy davlat universitetlari oʻrtasida yoshlar memorandumi imzolanib, oliygohlarda oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari, intellektual loyihalarda hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
#Dolzarb_90_kun

Navoiyda ikki kun talaba-yoshlar turizm festivali bo‘lib o‘tdi

🤮 Navoiy davlat universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Navoiy konchilik va texnologiyalar universiteti hamkorligida “Navoiyga sayohat karvoni: yoshlar turizm festivali, etnosport va interaktiv o‘yinlar” mavzusida talaba-yoshlar turizm festivali tashkil etildi.

2 kun davom etgan festivalda OTM talabalari tomondan turli tadbirlar — dastlabki kunda ilmiy konferensiya, intellektual o‘yinlar, konsert dasturlari bo‘lib o‘tdi.

Turizm festivalining ikkinchi kuni Navbahor va Nurota tumanlarida o‘tkazildi. Yoshlar “Chashma” tarixiy-me’moriy majmuasini ziyorat qilib, so‘ng Oqtepa turistik maskanida arqon tortish, tosh ko‘tarish, lanka kabi xalqona bellashuvlar, psixologik treninglar va intellektual o‘yinlarda ozaro bellashdilar.

📚Festival qatnashchilari diplom, tashakkurnoma va kitoblar bilan taqdirlandi.

👌 Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#сми

В Навои прошел двухдневный туристический фестиваль студенческой молодежи


Навоийский государственный университет, Самаркандский институт экономики и сервиса и Навоийский горно-технологический университет совместно организовали молодежный ивент на тему «Караван путешествий в Навои: молодежный туристический фестиваль, этноспорт и интерактивные игры».

😀Подробно: https://yuz.uz/ru/news/
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#долзарб_90_кун

Навоийда икки кун талаба-ёшлар туризм фестивали бўлиб ўтди

☄️🤮Шу йилнинг 3-4 июнь кунлари Навоий давлат университети, Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти ҳамда Навоий давлат кончилик ва технологиялар университети ҳамкорлигида “Навоийга саёҳат карвони: ёшлар туризм фестивали, этноспорт ва интерактив ўйинлар” мавзусида талаба-ёшлар туризм фестивали ташкил этилди.

Ушбу ёшлар туризм фестивалида ОТМ талабалари томондан турли тадбирлар — дастлабки кунда илмий конференция, интеллектуал ўйинлар, концерт дастурлари бўлиб ўтди.

Туризм фестивалининг иккинчи куни Навбаҳор ва Нурота туманларида ўтказилди. Ёшлар “Чашма” тарихий-меъморий мажмуасини зиёрат қилиб, сўнг Оқтепа туристик масканида арқон тортиш, тош кўтариш, ланка каби халқона беллашувлар, психологик тренинглар ва интеллектуал ўйинларда беллашдилар.

Мазкур туризм фестивали доирасида ОТМ ёшлар етакчилари ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди.

📚Фестиваль қатнашчилари диплом, ташаккурнома ва китоблар билан тақдирланишди.

🇺🇿Навоийликларга қўшилинг👇
➥https://t.me/joinchat/RWeqIuBQ9V0K63_4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM