NDU_NSU_NGU
381 subscribers
19.3K photos
2.32K videos
387 files
5.01K links
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦

Olima ayollar va magistrlar anjumani bo‘lib o‘tdi

Navoiy davlat universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi, Magistratura bo‘limi tashabbusi bilan “Farovon oila sari “ shiori ostida “Ilmga baxshida umr” mavzusida olima ayollar va magistrlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Professor-o‘qituvchilar, magistrlar, mehnat fidoyilari, ziyoli ayollar jamuljam bo‘lgan tadbirda Navoiy viloyat hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Malika Mamadiyorova ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Suhbat davomida oilaviy munosabatlarda ilmning o‘rni, halol mehnat orqali farovon turmushga erishish, oilada o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va mas’uliyat hissi kabi qadriyatlarning ahamiyati haqida fikrlar almashildi.

Shuningdek, yosh avlodni oilaviy va mehnat qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni mas’uliyatli, bilimli va vatanparvar insonlar qilib kamol toptirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹🔹🔹🔹

“Talabalar festivali” konsert dasturi tashkil etildi


🏛Talaba yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan “#Dolzarb_90kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar Navoiy davlat universitetida izchil davom ettirilmoqda. Xususan, kuni kecha Navoiy shahridagi madaniyat va istirohat bog’ida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Talabalar festivali” konsert dasturi o‘tkazildi.

✅ 3000 nafardan ortiq talaba-yoshlar hamda shahar aholisi kuzatgan konsert dasturi avvalida sport musobaqalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashgan talabalarga universitet tomonidan pul mukofotlari, qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

🔹Konsert dasturida san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari, musiqali perfomanslar va raqslar ijro etildi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM