NDU_NSU_NGU
381 subscribers
19.3K photos
2.32K videos
387 files
5.01K links
Download Telegram
💎💎💎💎💎💎💎

💎 Xalqaro anjumanda til va adabiyotning dolzarb masalalari muhokama qilindi

🦄Navoiy davlat universitetida Rus tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Oʻzbekistonning ko‘p madaniyatli muhitida til va adabiyotni oʻqitishda innovatsion va raqamli texnologiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

🦄Ushbu nufuzli tadbirda mamlakatimiz professor-o‘qituvchilari, Rossiya, Turkiya, Hindiston va boshqa davlatlardan taniqli tilshunoslar, adabiyotshunoslar, pedagoglar hamda yosh olimlar ishtirok etdi.

🦄Anjuman zamonaviy taʼlimda raqamli vositalardan foydalanish, innovatsion pedagogik yondashuvlar va interaktiv metodlarni amaliyotga tatbiq etish borasidagi ilg‘or tajribalarni muhokama qilishga qaratildi.

🦄Tadbir davomida ilmiy ma’ruzalar, fikr almashuvlar va tematik muhokamalar tashkil etildi. Anjuman yakuni bo‘yicha tayyorlanadigan ilmiy to‘plamda 100 dan ortiq mahalliy, shuningdek 20 ga yaqin xorijiy tadqiqotchilarning ilmiy maqolalari chop etilishi rejalashtirilgan.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Халқаро анжуманда тил ва адабиётнинг долзарб масалалари муҳокама қилинди

Навоий давлат университетида Рус тили ва адабиёти кафедраси томонидан “Ўзбекистоннинг кўп маданиятли муҳитида тил ва адабиётни ўқитишда инновацион ва рақамли технологиялар” мавзусига бағишланган халқаро илмий-амалий анжуман бўлиб ўтди.

Ушбу нуфузли тадбирда мамлакатимиз профессор-ўқитувчилари, Россия, Туркия, Ҳиндистон ва бошқа давлатлардан таниқли тилшунослар, адабиётшунослар, педагоглар ҳамда ёш олимлар иштирок этди.

Анжуман замонавий таълимда рақамли воситалардан фойдаланиш, инновацион педагогик ёндашувлар ва интерактив методларни амалиётга татбиқ этиш борасидаги илғор тажрибаларни муҳокама қилишга қаратилди.


Тадбир давомида илмий маърузалар, фикр алмашувлар ва тематик муҳокамалар ташкил этилди. Анжуман якуни бўйича тайёрланадиган илмий тўпламда 100 дан ортиқ маҳаллий, шунингдек 20 га яқин хорижий тадқиқотчиларнинг илмий мақолалари чоп этилиши режалаштирилган.

🇺🇿Навоийликларга қўшилинг👇
➥https://t.me/joinchat/RWeqIuBQ9V0K63_4
💎💎💎💎💎💎💎

Navoiy davlat universitetida “Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi: muammo, tadqiqot va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda NDU maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti hamkorligida tashkil etildi.

Anjumanda boshlang‘ich ta’limdagi dolzarb muammolar, ilmiy tadqiqotlar natijalari va amaliy yechimlar muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘quv jarayonini takomillashtirish, innovatsion metodikalar va tajriba almashish bo‘yicha fikr almashdilar.

Tadbir sohada yangi ilmiy g‘oyalarni ilgari surish va samarali yechimlar ishlab chiqish uchun muhim dasturilamal bo‘ldi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#oav

Ko‘p madaniyatli muhitda til o‘qitishga raqamli yondashuv

Batafsil: https://uza.uz/uz/

@navdu_navsu
👍1