Forwarded from NAVOIY.UZ | Navoiy viloyati hokimligi
Boshlang‘ich ta’lim sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi
Navoiy davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi tomonidan “Boshlang‘ich ta’limning global masalalari: muammo, tadqiqot, nazariya, amaliyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Tadbirni universitet rektori, professor M. Kalonov ochib berib, mavzu doirasidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Anjumanda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim jarayonida raqamli yondashuvlar, boshlang‘ich ta’limda kreativ fikrlashni rivojlantirish hamda xalqaro tajriba almashinuvi kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Konferensiyada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya, Janubiy Afrika Respublikasi (JAR), Filippin va boshqa davlatlardan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda ilmiy mutaxassislar ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari orqali ilmiy yangilik va innovatsion yondashuvlarini taqdim etdilar.
Ахборот хизмати
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from NDU - Navoiy davlat universiteti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Til va adabiyotni o'qitishda innovatsion raqamli texnologiyalar
#23nov
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
#23nov
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍1
Forwarded from NAVOIY.UZ | Navoiy viloyati hokimligi
Tibbiyot yo‘nalishi talabalari qasamyod qildi
Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Navoiy davlat universiteti Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti “Davolash ishi” va “Pediatriya” yo‘nalishlari birinchi bosqich talabalari uchun tantanali qasamyod marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbir avvalida universitet rektori, professor Muhiddin Kalonov soʻzga chiqib, salomatlik posbonlarining kelgusidagi oʻqish va mehnat faoliyatlariga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan soʻng, talabalar tibbiyot xodimiga xos boʻlgan halollik, vijdon, mehr-oqibat va masʼuliyat kabi qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan Qasamyodni uch tilda oʻqib, tantanali ravishda qabul qildilar.
Tadbir doirasida talabalar tomonidan ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Shu bilan birga, faol va har jabhada namunali talabalar va ularning ota-onalari universitet rahbariyati tomonidan eʼtirof etildi.
Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from NDU - Navoiy davlat universiteti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Diyor 24» |Navoiy davlat universitetida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi
@navdu_navsu
@navdu_navsu
👍1