NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.3K photos
2.32K videos
387 files
5.01K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

Bilib oling!

Oylik maoshlar tushirilishidan avval barcha xodimlar o‘z mobil telefonlarini to‘liq tekshiruvdan o‘tkazishlari shart.

Quyidagilarga e’tibor bering:

🔸 Telefoningizda noma’lum dastur yoki shubhali fayllar yo‘qligini tekshiring.
🔹Bank ilovalaringiz parollarini yangilang, ikki bosqichli himoyani yoqing.
🔸Shubhali SMS, havola yoki qo‘ng‘iroqlarga aslo javob bermang.
🔹Telefoningizni boshqalarga berib qo‘ymang.


Mazkur choralar moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash va firibgarliklarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Bizni kuzatib boring.👩‍💻
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Aloqa_boti |Web-sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Honam universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi


Seul shahrida o‘tkazilayotgan rektorlar forumi doirasida Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov Koreyaning Honam universiteti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Shartnoma asosida talabalar uchun qo‘shma dasturlar va almashinuv imkoniyatlarini yaratish, ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish, raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish rejalashtirilgan.

Honam universiteti Janubiy Koreyaning Guangju shahrida joylashgan bo‘lib, axborot texnologiyalari, muhandislik, biznes va raqamli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.


👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Diyor 24» |Konstitutsiyamizning 33 yilligi munosabati bilan NDU da tadbir tashkil qilindi

@ndu_nsu
#ochiq_dars

Navoiy davlat universiteti Tarix fakulteti Psixologiya kafedrasi professori A. Ro‘ziqulova tomonidan Tarix fakulteti 1-A, 1-B va 1-V guruh talabalari uchun “Boshqaruv psixologiyasi” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Mazkur ochiq darsda professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etdilar. Dars jarayonida talabalar intervyu metodi, karta metodi (organayzer), keys metodi, FCMU metodi hamda pinbord metodi orqali boshqaruv psixologiyasining asosiy mexanizmlarini nazariy bilimlar asosida amaliy tarzda namoyish etdilar.

Talabalarning faolligi, kreativligi, chaqqonligi, bilimdonligi va zukkoligi e’tirof etilib, fanga oid kitoblar bilan taqdirlandilar.

@navdu_navsu
❤12👍4🔥4😍3🤔2🤩1
Forwarded from Edu.uz
#xalqaro_hamkorlik

Navoiy davlat universitetining 3 ta ta’lim yo‘nalishi xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi


Joriy yil 17–19-sentyabr kunlari Germaniyaning ACQUIN tashkiloti tomonidan Navoiy davlat universitetining “Ingliz tili va adabiyoti”, “Biologiya”, “Matematika” ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish maqsadida o‘rganishlar olib borildi.

Xalqaro ekspertlar uch kun davomida universitetning kutubxonalari, infratuzilmasi, laboratoriyalari, registrator xizmati faoliyatini va boshqa tegishli tuzilmalarni belgilangan me’yoriy talablar asosida batafsil o‘rganib chiqdilar.

Ekspertlar o‘z yakuniy xulosalarida ushbu yo‘nalishlardagi ta’lim sifatining yuqori darajada ekanini alohida e’tirof etishdi hamda “Ingliz tili va adabiyoti”, “Biologiya”, “Matematika” ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hech qanday qo’shimcha shartlarsiz (unconditional) to‘liq xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tganligi e’lon qilindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram