NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.3K photos
2.32K videos
387 files
5.01K links
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Navoiy davlat universitetida 15 gektarlik yangi kampus loyihasi amalga oshirilmoqda


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Navoiy davlat universitetining yangidan barpo etilayotgan kampusida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Tanishuv davomida universitet rektori kampus binolarining meʼmoriy yechimlari, qurilish jarayonlarining borishi hamda barpo etilayotgan majmuaning umumiy tarhi boʻyicha batafsil maʼlumot berdi. S.Rajabov kampus infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida shakllantirish, taʼlim va ilmiy faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, qurilish ishlari sifatini oshirish va belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qator taklif va mulohazalarini bildirdi.

Qayd etilishicha, 15 gektardan ortiq hududda qad rostlaydigan ushbu kampus talabalar uchun zamonaviy taʼlim olish bilan birga, ularning ijodiy salohiyati va jismoniy rivojlanishiga xizmat qiladigan har tomonlama qulay muhit yaratishni nazarda tutadi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️UNIVERSITET VА BАNK OʼZАRO HАMKORLIK BITIMINI IMZOLАDI

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” Farmonida joriy yakuniga qadar mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarida 15 ta sunʼiy intellekt laboratoriyalarini ishga tushirish asosiy maqsadlardan biri etib belgilangan.
Bugun Navoiy davlat universiteti rektori M.Kalonov hamda "Turonbank" aksiyadorlik tijorat banki raisi Ch.Mirzaev yangidan barpo etilayotgan kampus binosida sunʼiy intellekt ilmiy laboratoriyasini tashkil etishga oid hamkorlik memorandumini imzoladilar. Tashkil etiladigan laboratoriya xonalari va joylashuv oʼrinlari bilan tanishar ekan, bank rahbari Ch.Mirzaev quyidagilarni taʼkidladi:
- Salohiyatli oliy dargoh bilan hamkorlik qilayotganimizdan juda ham mamnunman. Ishonamanki, kelgusida ishga tushirilajak sunʼiy ong laboratoriyasi zamonaviy raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va amaliyotga joriy etish boʼyicha keng qamrovli ishlarni amalga oshiradi. Ushbu maskanda olib boriladigan tadqiqot va innovatsion faoliyat viloyat iqtisodiyoti, qishloq xoʼjaligi, sanoat, tibbiyot va taʼlim tizimlarini raqamlashtirishga, sohalarni yuksaltirishga xizmat qilishiga ishonaman


@navdu_navsu
🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞

“USTOZLAR FORUMI – 2026”


Navoiy davlat universitetida tashkil etilgan “Ustozlar forumi – 2026” yuqori saviyada o‘tkazildi. Forum avvalida universitet rektori M. Kalonov barcha professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlarning samarali va fidokorona mehnat faoliyatlarini alohida e’tirof etib, sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli, tub islohotlarni amalga oshirishda barchaning birdek kamarbasta bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Tadbir doirasida professor-o‘qituvchilar, dekanlar, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda ishchi-xodimlar 2025 yil davomida amalga oshirgan samarali faoliyatlari uchun munosib taqdirlandilar. Forum nizomiga muvofiq ta’sis etilgan “Eng fidoyi ustoz”, “Yilning eng yaxshi tyutori”, “Eng tashabbuskor o‘qituvchi”, “Eng ijodkor kafedra mudiri” kabi 10 dan ortiq nominatsiyalar bo‘yicha 70 nafarga yaqin munosib deb topilgan nomzodlar, shuningdek, sport musobaqalari hamda intellektual bellashuvlarda faol ishtirok etgan jamoalar va g‘oliblar esdalik statuetka, diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

O‘tgan yil sarhisobi sifatida tashkil etilgan mazkur forum yangi yilda universitet professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlarini nafaqat moddiy-ma’naviy rag‘batlantirdi, balki ularda o‘z kasbiga bo‘lgan ishtiyoq va ishonchni yana bir karra mustahkamladi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM