NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.3K photos
2.32K videos
387 files
5.01K links
Download Telegram
⚡️⚡️UNIVERSITET VА BАNK OʼZАRO HАMKORLIK BITIMINI IMZOLАDI

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” Farmonida joriy yakuniga qadar mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarida 15 ta sunʼiy intellekt laboratoriyalarini ishga tushirish asosiy maqsadlardan biri etib belgilangan.
Bugun Navoiy davlat universiteti rektori M.Kalonov hamda "Turonbank" aksiyadorlik tijorat banki raisi Ch.Mirzaev yangidan barpo etilayotgan kampus binosida sunʼiy intellekt ilmiy laboratoriyasini tashkil etishga oid hamkorlik memorandumini imzoladilar. Tashkil etiladigan laboratoriya xonalari va joylashuv oʼrinlari bilan tanishar ekan, bank rahbari Ch.Mirzaev quyidagilarni taʼkidladi:
- Salohiyatli oliy dargoh bilan hamkorlik qilayotganimizdan juda ham mamnunman. Ishonamanki, kelgusida ishga tushirilajak sunʼiy ong laboratoriyasi zamonaviy raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va amaliyotga joriy etish boʼyicha keng qamrovli ishlarni amalga oshiradi. Ushbu maskanda olib boriladigan tadqiqot va innovatsion faoliyat viloyat iqtisodiyoti, qishloq xoʼjaligi, sanoat, tibbiyot va taʼlim tizimlarini raqamlashtirishga, sohalarni yuksaltirishga xizmat qilishiga ishonaman


@navdu_navsu
🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞

“USTOZLAR FORUMI – 2026”


Navoiy davlat universitetida tashkil etilgan “Ustozlar forumi – 2026” yuqori saviyada o‘tkazildi. Forum avvalida universitet rektori M. Kalonov barcha professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlarning samarali va fidokorona mehnat faoliyatlarini alohida e’tirof etib, sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli, tub islohotlarni amalga oshirishda barchaning birdek kamarbasta bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Tadbir doirasida professor-o‘qituvchilar, dekanlar, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda ishchi-xodimlar 2025 yil davomida amalga oshirgan samarali faoliyatlari uchun munosib taqdirlandilar. Forum nizomiga muvofiq ta’sis etilgan “Eng fidoyi ustoz”, “Yilning eng yaxshi tyutori”, “Eng tashabbuskor o‘qituvchi”, “Eng ijodkor kafedra mudiri” kabi 10 dan ortiq nominatsiyalar bo‘yicha 70 nafarga yaqin munosib deb topilgan nomzodlar, shuningdek, sport musobaqalari hamda intellektual bellashuvlarda faol ishtirok etgan jamoalar va g‘oliblar esdalik statuetka, diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

O‘tgan yil sarhisobi sifatida tashkil etilgan mazkur forum yangi yilda universitet professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlarini nafaqat moddiy-ma’naviy rag‘batlantirdi, balki ularda o‘z kasbiga bo‘lgan ishtiyoq va ishonchni yana bir karra mustahkamladi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️ В 2026 году на базе Навоийского государственного университета откроется институт "Сенджон" (Sejong Institute). Он будет заниматься преподаванием корейского языка и популяризацией корейской культуры в Узбекистане.

https://podrobno.uz/cat/obchestvo/na-baze-navoiyskogo-gosuniversiteta-sozdadut-koreyskiy-institut-sedzhon/

Telegram / Instagram / Facebook / Читать на узбекском
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#XalqaroHamkorlik

Navoiy davlat universiteti qoshida Sejong instituti tashkil etiladi


27-yanvar kuni Navoiy davlat universiteti rektori Muhiddin Kalonov hamda Janubiy Koreyaning Calvin universiteti rektori Hvang Kun Yung hamkorlik memorandumi (MOU) hamda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni (MOA) imzoladilar.

Endilikda tomonlar qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xalqaro konferensiya va seminarlar doirasida hamkorlikni rivojlantirish, o‘quv-uslubiy va ilmiy materiallar almashinuvini kengaytirish kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlik qiladi.


Shuningdek, 2026-yilda Navoiy davlat universiteti huzurida Sejong institutini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OAV BIZ HAQIMIZDA

Ustozlar uchrashuvi forumi – 2026

🗓 27.01.2026

⏰ 06:
00

📍Navoiy viloyati

✅ joyida_informatsion

🌐 joyida_informatsion_rasmiy
Forwarded from Navoiy teleradiokanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Assalom, Yangi kun» |  Navoiy davlat universiteti ijodkorlari bilan suhbat
@Navoiy_teleradiokanali
Youtube | Telegram
👔 Oliy oʻquv yurtlarida kiyinish talablari haqida fikringiz qanday?

"Yuksalish" harakati Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti bilan birgalikda so‘rov oʻtkazmoqda.

Ishtirok eting, fikringiz biz uchun muhim!

👉 So‘rov havolasi

🌐 Telegram sahifamizga obuna bo'ling - @uzbyuksalish