NDU_NSU_NGU
386 subscribers
19.3K photos
2.32K videos
387 files
5.01K links
Download Telegram
✍️✍️✍️✍️✍️

Navoiy davlat universitetida yangi ta’lim dasturlari sifat mezonlari asosida o‘rganildi


Universitetda yangi “Agrokimyo va tuproqshunoslik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” magistratura mutaxassisligini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shu masalada universitetga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi ekspertlari tashrif buyurib, yangi yo‘nalishlarni tashkil etish yuzasidan mavjud imkoniyatlar, shart-sharoitlar hamda ish beruvchi korxonalardagi ehtiyoj bo‘yicha tahliliy o‘rganishlar olib borishdi.

Batafsil: https://sdg.nsuni.uz/

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Mehnat yarmarkasida talabalar bandligi ta’minlandi

Navoiy davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada 2 ming nafar talaba ishtirok etdi. Ularga 40 ga yaqin korxona, tashkilot, muassasa hamda tijorat banklari tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yarmarka doirasida universitet bitiruvchilari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar imzolab, kelgusida ish joylari bilan ta’minlanishi kafolatlandi.

Joriy o‘quv yilida Navoiy davlat universitetini 4873 nafar talaba tamomlamoqda. Shundan 2451 nafari kunduzgi ta’lim, 318 nafari kechki ta’lim, 1883 nafari sirtqi ta’lim, 221 nafari magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilaridir.

Batafsil: https://sdg.nsuni.uz/

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Навоийда “Замонавий касбларга ёшларни тайёрлашда хорижий тиллар ва рақамли технологиялар асосий омил сифатида” мавзусида ўтказилган халқаро илмий-амалий анжуман тафсилотлари тўғрисида видеолавҳа

💙 @NAVOIYLIKLAR_UZB - Навоийдаги энг тeзкор, энг кўп обуначиларга эга, расмий янгиликлар канали.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SCIENCE & INNOVATION
#Xalqaro_konferensiya

🌟 Zamonaviy kasblarga yoshlarni tayyorlashda xorijiy tillar va raqamli texnologiyalar mavzusi o'rganildi!

⌛️ Konferensiya Navoiy davlat universitetida bo'lib o'tdi.


2026-yil 25-may kuni Navoiy davlat universiteti hamda “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

Mazkur anjumanda ta’lim tizimida xorijiy tillarning o‘rni, raqamli texnologiyalar imkoniyatlari, zamonaviy kasblarga tayyorlashning innovatsion yondashuvlari hamda xalqaro tajribalar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

✔️ Konferensiya davomida ilmiy ma’ruzalar tinglandi, dolzarb mavzular muhokama qilindi hamda ishtirokchilar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim muloqotlar olib borildi.

🕊Telegram  |📺YouTube
📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM