NDU_NSU_NGU
392 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Forwarded from Dustlik bayrogi.uz
🔰🔰Читайте очередной №35 газеты “Знамя дружбы” от 3 сентября 2026 года.

▶️ Подписывайтесь на канал:👇👇
https://t.me/dustlikznamya_uz
Diqqat, diqqat!

BEPUL turk tili kursiga marhamat!


Turk tilini o‘rganishni niyat qilgan-u, lekin qayerdan boshlashni bilmayotganlar uchun ajoyib imkoniyat!
Sizni yangi ochilgan "NAVOIY TURK TILI" guruhimizga taklif qilamiz!
Guruhimizda sizni nimalar kutmoqda:
* 📚 100% mutlaqo bepul turk tili darslari va qo‘llanmalari;
* 🗣 Har kuni qiziqarli onlayn muloqot va so‘zlashuv amaliyoti;
* 📝 Foydali kundalik lug‘atlar va so‘z boyligini oshirish uchun materiallar;
* 🎯 Boshlang‘ich bosqichdan boshlab mukammal o‘rganish imkoniyati.
Hech qanday to‘lovsiz, o‘z uyingizdan chiqmagan holda turk tilini mukammal o‘rganing!
👉 Vaqtni boy bermang, do‘stlaringizni ham taklif qiling va darhol darslarga qo‘shiling!

📌 Guruh havolasi:
https://t.me/navoiyturktili
👍2
Channel name was changed to «NDU_NSU_NGU»
Channel photo updated
Channel photo updated
Forwarded from Edu.uz
#Qonunçilik_yangiliklari

❗️ Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat böladi


🔰Özbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi Qonuni (ÖRQ–1184-son, 21.10.2026-y.) qabul qilindi.

✅ Qonunga köra, Özbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat özbek alifbosi joriy etiladi.

🔎 Mazkur özgartirişga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi örniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan taşkil topadi.

⤵️ Alifbo tarkibi:

A a, B b, D d, E e, F f, G g, Ğ ğ, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, Ö ö, P p, Q q, R r, S s, Ş ş, Ç ç, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va ’ (tutuq belgisi).

📜 Şuningdek, Qonunda quyidagilar belgilandi:

▪️ Qonun kuçga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlarda takomillaştirilgan harflarning avvalgi şakli mavjud bölişi ularning amal qilişiga va muomalada bölişiga monelik qilmaydi;

▪️ davlat organlari va taşkilotlarining takomillaştirilgan harflarning avvalgi şakli mavjud bölgan ramziy belgilari va boşqa atributlaridan, ularning binolarida aks ettirilgan davlat gerbining börtma tasviridan, geografik obyektlarning nomlari tuşirilgan peşlavha va körsatkiçlardan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boşqa aşyolar va manbalardan ular yaroqsiz holatga kelib qolguniga yoxud Qonun ijrosiga doir çora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatga qadar foydalaniladi.

✳️ Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy ötgaç kuçga kiradi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1
#munosabat

O‘zbek alifbosini takomillashtirish — milliy o‘zlik va kelajak poydevori


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi ayrim harflar shakliga tuzatish kiritish haqidagi qonunning imzolanishi mamlakatimiz ma’naviy va madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi.

Ushbu islohot davlat tilining mavqeyini mustahkamlash, rasmiy ish yuritish tizimini takomillashtirish va raqamlashtirish jarayonlarini soddalashtirishga xizmat qiladi. Unifikatsiya qilingan alifbo davlat organlarida hujjatlar aylanmasi va axborot tizimlari samadorligini sezilarli darajada oshiradi.

Men bu o‘zgarishlarni xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan amaliy qadam deb bilaman. Bu shunchaki texnik tuzatish emas, balki jamiyatimizda uzoq yillardan buyon muhokama qilib kelinayotgan taklif va tashabbuslarning qonuniy yechimidir.

Harflar shaklining takomillashtirilishi tilimizning fonetik xususiyatlarini to‘liq aks ettirishga, imlo qoidalarini soddalashtirishga va yozuvimizni xalqaro standartlarga moslashtirishga yordam beradi.

Til millatning ruhi va ma’naviy ustunidir. Alifboni takomillashtirish orqali biz kelajak avlod uchun yanada qulay, zamonaviy va mukammal yozuv tizimini meros qoldirmoqdamiz. Ushbu muhim qadam va tarixiy qaror yurtimiz va tilimiz ravnaqi uchun xayrli bo‘lsin!


Navoiy davlat universiteti Registrator ofisi direktori, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Dilorom Shamsiyeva
👍2
📢 ILMIY MAQOLALAR QABUL QILINMOQDA!!!

NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI
Ilmiy-elektron jurnali
OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI (OAK) RÖYXATIGA KIRITILDI!

ÖzR OAK Rayosatining 2026-yil 24-sentabrdagi 390/3-son qaroriga muvofiq, “Navoiy davlat universiteti axborotnomasi” ilmiy-elektron jurnali filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini çop etiş tavsiya etilgan milliy-ilmiy naşrlar röyxatiga kiritildi.

📚 JURNAL QUYIDAGI YÖNALIŞLARDA MAQOLA QABUL QILADI:
1. IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR
Filologiya, tarix, falsafa, iqtisodiyot, huquqşunoslik, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, siyosatşunoslik, madaniyatşunoslik hamda boşqa ijtimoiy-gumanitar yönalişlarga oid ilmiy tadqiqotlar.
2. ANIQ VA TABIIY FANLAR
Matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, informatika, texnika fanlari, energetika va boşqa aniq hamda tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar.
3. ILĞOR PEDAGOGIK VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
Taʼlim metodikasi, raqamli taʼlim, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondaşuvlar va taʼlim samaradorligini oşirişga qaratilgan ilmiy işlanmalar.

🏅 OAK RÖYXATIGA KIRITILGAN FILOLOGIYA YÖNALIŞLARI
10.00.01 — Özbek tili
10.00.02 — Özbek adabiyoti
10.00.03 — Qoraqalpoq tili
10.00.04 — Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti
10.00.05 — Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti
10.00.06 — Qiyosiy adabiyotşunoslik, çoğiştirma tilşunoslik va tarjimaşunoslik
10.00.07 — Adabiyot nazariyasi
10.00.08 — Folklorşunoslik
10.00.09 — Jurnalistika
10.00.10 — Matnşunoslik va adabiy manbaşunoslik
10.00.11 — Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi
10.00.12 — Qoraqalpoq adabiyoti


📌 JURNAL HAQIDA
🌐 Naşr şakli: ilmiy-elektron jurnal
🌍 Maqolalar tili: özbek, rus va ingliz tillari.
Maqolalarni elektron tarzda yuboriş:
https://t.me/drano1979
https://t.me/JabborovaDilafruz

📍 Navoiy şahri, Ibn Sino köçasi, 45-uy.
👍1
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga maqsadli qabul kvotalari uchun imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi


Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 452 ta, şuningdek, qoraqalpoğistonlik yoşlarga xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uçun bölib ötadigan imtihonlarga ruxsatnomalar eʼlon qilindi.

Test sinovlari 2026-yil 28-oktabr (çorşanba) kuni bölib ötadi.

Test sinovida iştirok etuvçi talabgorlar test sinovlarida iştirok etiş uçun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetlari orqali yuklab olişlari mumkin.

Ruxsatnomada test sinovi ötkaziladigan sana, manzil va vaqt körsatilgan bölib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada körsatilgan vaqtdan keçikmagan holda kelişi söraladi.

Talabgorlar test sinovlari bölib ötadigan binoga şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

Talabgorlardan imtihonga ortiqça buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, içimlik, ovqat, şaxsiy buyumlar va boşqalar) olib kelmaslik söraladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1
25-OKTABR – ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI

Hurmatli Ichki ishlar organlari xodimlari!

Sizlarni va xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini, faxriylarni, shuningdek, Navoiy davlat universiteti profilaktika inspektorlarini kasb bayramlari bilan chin qalbdan samimiy tabrik izhor etamiz!

Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquq-tartibotni mustahkamlashdek mas’uliyatli, shu bilan birga sharafli xizmat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🎉1
#SavolJavob

❓Talabalarga ijara tölovining bir qismini qoplab beriş tartibi qanday: kimlarga beriladi va qanday ariza topşiriladi?


Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga muvofiq, davlat oliy ta’lim taşkilotlarida kunduzgi ta’lim şaklida tahsil olayotgan hamda turar joy bilan qamrab olinmagan talabalarga oylik ijara tölovining bir qismini Davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplab beriş tartibi amal qiladi.

💰 Kompensatsiya miqdori (har oy uçun):

1️⃣ Toşkent şahrida — BHMning 1 baravari (440 ming söm);

2️⃣ Boşqa hududlarda — BHMning yarim baravari (220 ming söm).

❓Kimlarga va qanday şartlarda qoplab beriladi?

🔹 Faqat davlat oliygohlarining kunduzgi ta’lim şaklida öqiyotgan Özbekiston fuqarolari hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarga (grant yoki tölov-kontrakt farqi yöq);

🔹 Yotoqxona bilan qamrab olinmagan hamda öziga yoki ota-onasiga tegişli bölmagan xonadonda ijarada yaşayotganlarga;

🔹 Doimiy röyxatda turgan joyidan boşqa hududdagi (tuman, şahar miqyosida) OTTda öqiyotganlarga;

🔹 Ijtimoiy yordamga muhtoj hamda örnak körsatgan, faol talabalarga birinçi navbatda tölab beriladi. (Eslatma: sirtqi, keçki, masofaviy, nodavlat va xorijiy OTTlar hamda qöşma ta’lim dastur talabalariga qoplab berilmaydi).

📲 Ariza topşiriş tartibi:

Arizalar har oyning 7-sanasiga qadar onlayn topşiriladi:

1. kontrakt.edu.uz axborot tizimi yoki my.gov.uz portali orqali şaxsiy kabinetga kiriladi;
2. “Ijara tölovlari” bölimi tanlanadi;
3. “Ariza yuboriş” tugmasi bosiladi.

📋 Ijara şartnomasi böyiça talab:

➖ Tölov tayinlanişi uçun ijara.soliq.uz saytida hisobga qöyilgan ijara şartnomasi bölişi şart. Bitta xonadonda bir neça talaba tursa, barçasining ismi şartnomada körsatilişi şart;

➖ 1-kurslar uçun imtiyoz: faqat sentyabr va oktyabr oylari uçun ijara şartnomasi söralmasdan tölanadi, noyabrdan boşlab şartnoma majburiy.

MUHIM: Uyini talabalarga ijaraga bergan fuqarolar uşbu daromadlari uçun daromad soliğidan töliq ozod etilgan. Ijaraga beruvçilar şartnomani rasmiylaştirişdan xavotir olmasa ham böladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1
#foydali

Registrator ofisi
tomonidan taqdim etilayotgan xizmat turlari

Akademik (öquv) faoliyati böyiça körsatiladigan xizmatlar:


— Qr kodli diplom şakllantiriş;

— Akademik maʼlumotnoma va transkript beriş;

— Akademik mobillik asosida boşqa oliy taʼlim taşkilotiga ketgan talabalarning hujjatlarini tegişli tartibda rasmiylaştiriş;

— Bitiruvçi talabalar uçun aylanma varaqa yaratiş;

— Diplom dublikatini oliş uçun ariza yuborişga kömaklaşiş;

— Imtihon natijalari böyiça apellyatsiya arizalarini qabul qilişni taşkil qiliş;

— Imtihonlar röyxatini şakllantiriş va talabaga taqdim etiş;

— Oliy taʼlim taşkilotlari talabalariga öqişni köçiriş va qayta tiklaş uçun ariza yuborişga kömaklaşiş;

— Oliy taʼlim taşkilotlariga ikkinçi taʼlimga kiriş uçun abituriyentlarga onlayn ariza topşirişiga kömaklaşiş;

— Oliy taʼlim taşkilotlarining magistratura bosqiçiga kiriş uçun abituriyentlarga onlayn ariza topşirişiga kömaklaşiş;

— Oliy taʼlim olganlik haqidagi diplom maʼlumotlarini qöşiş yoki tahrirlaş uçun talabgorlarga ariza yuborişga kömaklaşiş;

— Stipendiya va turli grant tanlovlarida iştirok etiş uçun ariza qabul qiliş;

— Talabaga özining GPA körsatkiçi haqida maʼlumotnoma taqdim etiş;

— Talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga ötkaziş;

— Talaba uzrli sabablarga köra (kasal, yaqin qarindoşining betobligi yoki vafoti, tuğruq holati kabilar) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan talabalar uçun tegişli fanlardan şaxsiy grafik yaratiş;

— Talabalar hujjatlarini qabul qiliş va arxivga topşiriş;

— Talabalarga imtihon natijalarini taqdim etiş;

— Talabalarga qayta öqiş uçun ariza berişga kömaklaşiş;

— Talabalarga turli xil maʼlumotnoma (öqiş joyidan, harbiy bölimdan v.b.)Lar beriş;

— Talabalarga öquv varaqa taqdim etiş;

— Talabalarga fan resurslari böyiça maʼlumot taqdim etiş;

— Talabalarni hemis platformasida keyingi kursga ötkaziş;

— Talabalarni özlaştiriş körsatkiçlari haqida maʼlumot taqdim etiş;

— Talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga köra yakuniy nazoratlarda iştirok etişiga ruxsat beriş;

— Talabalarning parolini tiklaş;

— Talabalarning tyutorlar tomonidan töğri töldirilgan şaxsiy hamda öquv maʼlumotlarini tahrirlaş;

— Talabalik guvohnomasini tayyorlaş va talabalarga taqdim etiş;

— Talabani bir guruhdan ikkinçi guruhga köçirib ötkaziş;

— Taşqi xizmatlar: ijtimoiy himoya reestri va ayollar daftarida turuvçi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib röyxat şakllantiriş;

— Öqişini köçirişga tavsiya etilgan, öqişga tiklangan yoki kursda qolgan talabalarning öquv rejalaridagi fanlar farqini aniqlaş;

— Öquv dasturlari haqida maʼlumot beriş.


👉Telegram: @NavDU_edu_uz
👍2
NDU_NSU_NGU
#foydali Registrator ofisi tomonidan taqdim etilayotgan xizmat turlari Akademik (öquv) faoliyati böyiça körsatiladigan xizmatlar: — Qr kodli diplom şakllantiriş; — Akademik maʼlumotnoma va transkript beriş; — Akademik mobillik asosida boşqa oliy taʼlim…
Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat böyiça körsatiladigan xizmatlar:

— talabalarga yotoqxonalarga joylaşiş uçun ariza berişga kömaklaşiş;

— ijara subsidiyasi uçun ariza yozişga kömaklaşiş.


Xalqaro aloqalar faoliyati böyiça körsatiladigan xizmatlar:

— talabalarga öqiş joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma beriş;

— turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari böyiça maʼlumotlarni taqdim etiş;

— öqişga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda röyxatga oliş va fanlarga biriktiriş;

— xorijiy oliygohlarda tahsil olişda konsultatsiya beriş;

— xorijlik talabalar uçun viza xizmatlarini amalga oşiriş;

— xorijlik talabalarga tölov-şartnomalarini taqdim etiş;

— xorijlik talabalarni O‘zbekiston Respublikasida vaqtinçalik röyxatga qöyiş xizmatlarini amalga oşiriş;

— xorijlik talabalarni öqişga qabul qiliş böyiça konsultatsiya beriş, ariza va talab etiladigan hujjatlarni körib çiqiş uçun qabul qiliş
.

Buxğalteriya va marketing böyiça körsatiladigan xizmatlar:

— qayta öqişga şartnoma beriş;

— stipendiya töğrisida maʼlumotnoma beriş;

— hisob varağini şakllantirib beriş;

— talabalarga tölov-şartnomasi oliş uçun ariza berişga kömaklaşiş;

— talabaning yotoqxonalarga joylaşiş şartnomasi böyiça qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot beriş;

— talabaning qayta öqiş şartnomasi böyiça qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot beriş;

— talabaning tölov-şartnomasi böyiça qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot beriş;

— tölov-şartnoma summasi haqida maʼlumot beriş;

— bitiruvçi talabalarga bölğusi iş örni töğrisida kengroq axborotlar beriş, mehnat yarmarkalarni ötkazişga kömaklaşiş.


Ilmiy faoliyat böyiça körsatiladigan xizmatlar:

— grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot beriş;

— ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot beriş;

— innovatsion ğoya va startaplarni röyxatdan ötkazişga kömaklaşiş;

— nomzod stipendiyalar haqida maʼlumot beriş;

— ilmiy loyihalar töğrisida konsultatsiya beriş;

— ustoz-şogird maktabiga aʼzo bölişga kömaklaşiş.


Körsatilişi zarur bölgan boşqa qöşimça xizmatlar:

— talabalarga tibbiy suğurta oliş uçun yordam beriş;

— öqişga qabul va öqişni köçiriş yuzasidan konsultatsiya beriş;

— talabalarga işga joylaşiş borasida tavsiyalar beriş;

— talabalarga otmda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot beriş.


👉Telegram: @NavDU_edu_uz
👍1
❓Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

✅ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabr 578-sonli qaroriga muvofiq, talabalar quyidagi holatlarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin.

➖ o‘z xohishiga ko‘ra;

➖ o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan;

➖ oliy ta’lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani uchun;

➖ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani uchun (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno);

➖ o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun taalluqli);

➖ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;

➖ sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);

➖ talaba abituriyent sifatida oliy ta’lim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa;

➖ vafot etganligi sababli.

Ma’lumot o‘rnida, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.


Telegram: @NavDU_edu_uz
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bayroğimiz muallifi – Anvar Mamajonov bilan suhbat

Bayroğimiz qanday yaratilgan? Javobni öz közi bilan körgan inson aytib beradi

Har kuni köramiz, lekin uning ortidagi hikoyani köpçilik bilmaydi.

❓ Davlat bayroğimiz qanday yaratilgan va uning ğoyasi nima?
❓ Nega aynan şu törtta rang tanlangan?
❓ Bu haqiqiy ijod bölganmi yoki buyurtma mahsuli?


Videoda 1991-yilgi asl hujjatlar — bayroqning birinçi çizmalari va rasmiy tasvirlari ham bor.

Oxirigaça köring — uçinçi savolga berilgan javob sizni hayratda qoldiradi.

#Kelajak_soati #DavlatBayrogʻi #Tarix

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1
#SavolJavob

❓Talabalarga ijara tölovining bir qismini qoplab beriş tartibi qanday: kimlarga beriladi va qanday ariza topşiriladi?


Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga muvofiq, davlat oliy ta’lim taşkilotlarida kunduzgi ta’lim şaklida tahsil olayotgan hamda turar joy bilan qamrab olinmagan talabalarga oylik ijara tölovining bir qismini Davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplab beriş tartibi amal qiladi.

💰 Kompensatsiya miqdori (har oy uçun):

1️⃣ Toşkent şahrida — BHMning 1 baravari (440 ming söm);

2️⃣ Boşqa hududlarda — BHMning yarim baravari (220 ming söm).

❓Kimlarga va qanday şartlarda qoplab beriladi?

🔹 Faqat davlat oliygohlarining kunduzgi ta’lim şaklida öqiyotgan Özbekiston fuqarolari hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarga (grant yoki tölov-kontrakt farqi yöq);

🔹 Yotoqxona bilan qamrab olinmagan hamda öziga yoki ota-onasiga tegişli bölmagan xonadonda ijarada yaşayotganlarga;

🔹 Doimiy röyxatda turgan joyidan boşqa hududdagi (tuman, şahar miqyosida) OTTda öqiyotganlarga;

🔹 Ijtimoiy yordamga muhtoj hamda örnak körsatgan, faol talabalarga birinçi navbatda tölab beriladi. (Eslatma: sirtqi, keçki, masofaviy, nodavlat va xorijiy OTTlar hamda qöşma ta’lim dastur talabalariga qoplab berilmaydi).

📲 Ariza topşiriş tartibi:

Arizalar har oyning 7-sanasiga qadar onlayn topşiriladi:

1. kontrakt.edu.uz axborot tizimi yoki my.gov.uz portali orqali şaxsiy kabinetga kiriladi;
2. “Ijara tölovlari” bölimi tanlanadi;
3. “Ariza yuboriş” tugmasi bosiladi.

📋 Ijara şartnomasi böyiça talab:

➖ Tölov tayinlanişi uçun ijara.soliq.uz saytida hisobga qöyilgan ijara şartnomasi bölişi şart. Bitta xonadonda bir neça talaba tursa, barçasining ismi şartnomada körsatilişi şart;

➖ 1-kurslar uçun imtiyoz: faqat sentyabr va oktyabr oylari uçun ijara şartnomasi söralmasdan tölanadi, noyabrdan boşlab şartnoma majburiy.

MUHIM: Uyini talabalarga ijaraga bergan fuqarolar uşbu daromadlari uçun daromad soliğidan töliq ozod etilgan. Ijaraga beruvçilar şartnomani rasmiylaştirişdan xavotir olmasa ham böladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1