Niyatga bog'liq
1.79K subscribers
1.17K photos
198 videos
3 files
429 links
Kayfiyat beradi: @haqiqatgayaqin

Shaxsiy blog.

To'g'ri fikrlayman, muammo sizning noto'g'ri fikrlashingizda.

Astronomlikka nomzod, iqtisodchi, siyosat va sa'nat haqida shaxsiy qarashlari bor, matematik, tarix fani a'lochisi, komputerchi.

© @niyatlive
Download Telegram
Geekxona
Podkastimizning uchunchi soni youtubega joylandi. Maroqli tomosha.
Man sog'liq muammolarim sabab bu sonda chiqmadim. Lekin yaxshi chiqibdi. Mani yo'qligimni ham bildirishmagan. Ko'ring, fikringizni bildiring. Yaqinda yangi sonini syomka qilamiz.
Forwarded from Niyatga bog'liq
Oliy ta'lim haqida fikrlarim:

- Kutubxonasida 100.000 dan ortiq kitob bo'lmagan universitetlar berkitilishi kerak.
- O'qish davomida o'z sohasi va yo'nalishi bo'yicha yilda 20tadan ko'p kitob o'qimagan talabalarga diplom berilmasligi kerak.
- Kampuslarga ega bo'lmagan universitetlar berkitilishi kerak.
- Har bir bo'limda talabalar 100 kishidan oshmasligi kerak.
- Aholisi 300 mingdan oshmaydigan joyda universitet bo'lmasligi kerak.
- Har bir fakultet alohida alohida ajralgan holda, bir-biridan kamida 400-500 metr uzoqlikda binolarga ajratilishi kerak.
- Faqat mutahasislik fanlari o'qitilishi kerak. Dasturlashni o'rganadigan talabaga faqat dasturlashdan darslar bo'lishi kerak.

@niyatgabogliq
Forwarded from Geekxona (ʙᴀᴋʜᴛɪʏᴏʀᴏᴠ)
#anons

Temirni issig‘ida bosmoqlik joiz )))
Stephen King.

Xotiralarini va kitob yozish borasidagi tavsiyalarini bayon qilgan “On Writing” kitobida aytishicha, bu yozuvchi har kuni kamida 6–7 soatini kitob yozishga ajratadi. Uyida faqat kitob yozish uchun maxsus tayyorlagan xonasi bor. Har tong nonushta qilib, sport bilan shug‘ullangach, shu xonasiga kirib olib, soatlab yozadi. Hafta ichi yoki dam olish kuniga qaramay, haftasiga 7 kun muntazam va intizom bilan yozadi. Chunki bir marta tanaffus qilishni boshlab yuborsa, intizomdan chiqib ketishiga ishonadi.

Hatto o‘z tug‘ilgan kunida, Rojdestvoda va 4-iyul bayramida ham yozishda davom etadi. Har kuni kamida 10 bet yoki 2 ming so‘z yozishni maqsad qilgan. Bu esa oyiga 300 bet degani.

Bu odam butun hayotini yozishga bag‘ishlagan va umrining oxirigacha yozishda davom etadi.

Aniq, yo o‘zga sayyoraliklar bilan aloqasi bor, yo qandaydir maxfiy kutubxona topib olgan, yoki rostdan ham jinlar bilan sheriklashib yuribdi.
Odam 78 yoshga kirgan, 80 ga yaqin asari bor. Oddiy hisob-kitob bilan qarasak, bu har yilga kamida bittadan kitob to‘g‘ri keladi, degani. Qolaversa, yozganlari ham shunchaki u-bu narsalar haqida gapirib o‘tadigan, yengil-yelpi o‘qiladigan asarlar emas; syujeti va teranligi bilan odamni o‘ziga tortadigan, salmoqli, g‘ishtdek qalin kitoblar.

Man kanalga “har kuni muntazam post yozib turay” desam, nari borsa bir oyga yetmay yozadigan mavzu topolmay, tiqilib qolaman. Bu odam esa 60 yildan beri tinimsiz yangi olamlar yaratib kelmoqda. Hurmat qilmaslikning iloji yo‘q.

Qora minora asarini o'qib mazza qilganman. Haliyam esimda. Nega nobel olmagani haliyam o'ylantiradi...

@niyatgabogliq
Forwarded from Geekxona (ʙᴀᴋʜᴛɪʏᴏʀᴏᴠ)
Layk, isiriq va duo. Youtubeda yangi rubrika boshladik.

Reelsni tomosha qilish
Youtube da Geekxona podcastini ochganmiz.

Bemalol obuna bo'lib yaqinda chiqadigan videolarni ko'rib borishingiz mumkin. Obuna bo'ling va kuzatib boring.

Obuna uchun bosing.
Forwarded from Niyatga bog'liq
Forwarded from Niyatga bog'liq
Javoblar qabul qilinadi.

@niyatgabogliq
Forwarded from Geekxona (ʙᴀᴋʜᴛɪʏᴏʀᴏᴠ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xosh.

Attack on Titan va Game of thronesni shu vaqtgacha ko'rmaganman.

Attack on Titan 2 sezon. Game of thrones 2 sezon ko'rganman. Judayam zerikkanman, juda zerikarli. Shu kunlarda podcastimizda shu seriallar haqida gaplashishimiz kerak. Shuning uchun o'zimni majburlab ko'raman.

Ko'rgan hamma odam manga bu seriallarni barcha zamonlarni eng yaxshi seriallari deyishadi. Hayron qolaman, bular serial ko'rmaganmi boshqa deyman.

@niyatgabogliq
Forwarded from Niyatga bog'liq
- Aya, qo'limi kesvoldim.
- O'l.
Threads Menimcha, Instagram odamlarni ushbu ilovani yuklab olishga majbur qilish uchun ularni manipulyatsiya qilyapti.

Masalan, men bu ilovani hayotimda umuman yuklab olmaganman, hech qachon foydalanmaganman. Ammo Instagram orqali do‘stlarimga Threadsda nimadir yozganim haqida bildirishnomalar borib turibdi.
Hatto bir do‘stim bu bildirishnomalarni ko‘rib, men haqiqatan ham Threadsdan foydalanaman deb o‘ylab, ilovani yuklab olgan. Ilovaga kirib qarasa esa, mening umuman profilim yo‘qligini ko‘rgan.

Ya’ni, aslida yozilmagan bir post haqida bildirishnoma yuborilyapti. Odamlarga mavjud bo‘lmagan narsani bordek ko‘rsatish umuman axloqiy emas. Bundan tashqari, bu hatto odamlarning o‘zaro munosabatlariga ham zarar yetkazishi mumkin.

@niyatgabogliq
Carl Gustav Jung.

Jungning aytishicha, sen hech kim bilan tasodifan tanishmaysan. Uning fikricha, tasodif yo‘q; rezonans bor. Ruh xuddi ko‘rinmas radio uzatgich kabi doimo signal taratib turadi. Qaysi chastotada tebranayotgan bo‘lsang, o‘sha chastotadagi insonlarni o‘zingga tortasan. Hayotingga kirib kelgan har bir insonning o‘z ma’nosi, o‘z maqsadi bor; ular shunchaki kirib kelishmaydi va senga nimanidir o‘rgatishadi. Aslida, ular qiyofasini o‘zgartirgan ustozlar.

Ba’zilar tong saharda eshigingni taqillatgan qahvadek kirib keladi; seni uyqungdan uyg‘otadi, ammo kuningni yorug‘ qiladi. Ba’zilar hayotingga mixdek sanchilib qoladi — seni bezovta qiladi, ammo oxir-oqibat oyoqda turishni o‘rgatadi. Ba’zilar esa sokin soya kabi hayotingdan sirg‘alib o‘tadi; ularni deyarli payqamaysan, ammo tunning bir mahalida ichingdagi anglashni birdan uyg‘otib yuboradi. Yana ba’zilar yorilib ketgan shar kabi keladi; shovqin bilan seni larzaga soladi, ammo ichingdagi kuchni uyg‘otmasdan ketmaydi.

Ba’zan yillar o‘tibgina nimanidir anglaysan; o‘sha saboq — yillar avval ruhingga ekilgan urug‘ning gulga aylangani. Go‘yo sen ko‘rinmas orkestrning bir qismisan; sening tebranishingga mos keladigan notalar hayot sahnasida o‘z-o‘zidan raqsga tushadi.
Tasodif yo‘q. Har bir uchrashuv — sening chastotang bilan koinotning sokin komediyasi, dramasi va ohangi o‘rtasida yaratilgan mukammal bir rezonansdir.

@niyatgabogliq
Sizlarni tushunaman. Lekin...

O'zbekistonda o'lim jazosini joriy qilish katta xato. O'lim jazosi qo'shilsin deyish ahmoqlik. Bizdek davlatlarda aybsiz aybdorlarni jazolash, pastava qilib yuborish, shunchaki xatoliklar sabab begunoh insonlarni jazolab qo'yish mumkin.

O'lim jazosini so'rayotganlar emotsiyaga berilib fikr bildirayotganlar. Eng muhim va to'g'ri qarorlar sovuqqonlik bilan qabul qilinadi.

@niyatgabogliq
1
O'lim jazosi haqida.

Jazolash siyosatining umuman olganda ikkita muhim maqsadi bor. Ulardan birinchisi — ogohlantiruvchi, tiyib turuvchi ta’sir, ikkinchisi esa — isloh qilish. Xalqning qasos olish va nafrat tuyg‘ularini qondirish esa bu maqsadlardan biri emas va bo‘lmasligi ham kerak.

O‘lim jazosi esa isloh qilish xususiyatiga ega emas. Shu sababli u nihoyatda ma’nosiz jazo turi. Shaxsni isloh qilish uchun unga isloh bo‘lgan taqdirda ozodlikka chiqish imkoniyati berilishi kerak. Shuning uchun hatto og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlar ham, agar isloh bo‘lsalar, oxir-oqibat bir kun (eng erta o‘ttiz yildan keyin) ozodlikka chiqishlari mumkinligini bilishlari kerakki, isloh bo‘lishga intilsinlar.
Qamoqda ekanida hech qachon tashqariga chiqish umidi bo‘lmagan insonning isloh bo‘lib, yana jamiyatga qo‘shilishi mumkin emas.

O‘lim jazosi esa yuqoridagi vazifalarning hech birini amalga oshira oladigan xususiyatga ega emas. Bundan tashqari, o‘lim jazosiga hukm qilingan, biroq yillar o‘tib, haqiqiy aybdor o‘lim to‘shagida jinoyatini tan olgan holatlar ham mavjud.

Shu sababli o‘lim jazosi jazo emas, balki davlat qo‘li bilan qasos olish vositasidir.

Biznikiga o‘xshagan kuchga sig‘inadigan, qurolli va uniformadagi tuzilmalarni fetish darajasiga ko‘taradigan, qul bo‘lishdan zavq oladigan Yaqin Sharq mentalitetidagi mamlakatlarga mos keladigan jazo turi - o'lim jazosi. Bizning xalq davlatni qo‘lida tutganlarga qanchalik ko‘p kuch bersa, o‘zlarining ham shu achinarli va nochor hayotlarida shunchalik kuchayadi, deb o‘ylaydi. Shu sababli davlatni tobora kuchaytiraveradi.

Davlatga hatto o‘z hayotlari ustidan ham hokimiyat qilish imkonini berish ularning primatdan sal yuqoriroq darajadagi miyalarini “orgazm” holatiga keltirib, o‘zlarini “endi kuch mening qo‘limda” deb qichqirayotgan Gerakldek tasavvur qilishlariga sabab bo‘ladi.

Shuning uchun hech kim “xalq orasida buning tarafdorlari yo‘q” demasin. Aksincha, xalq bu jazoni istamaydigan qatlamni ko‘rgan sari: “Demak, istashmayapti, demak qo‘rqishyapti; qo‘rqishyapti degani — demak, barchasi vatan xoinlari”, degan xulosaga keladi. Va miyasining barcha imkoniyatlarini ishga solib chiqargan mana shu xulosasi sababli o‘lim jazosini yanada jo‘shqinroq tarzda talab qiladi.

@niyatgabogliq
Ronaldoga mos keladigan gap bor. Dark Knight filmida aytilgan.

- Yo qahramon sifatida o'lasan yoki yomon odamga aylanadigan darajada ko'p yashaysan...

Afsus juda yaxshi futbolchi kibri sababli yomon ahvolga tushmoqda...

@niyatgabogliq
Vaqtning tez o'tishi haqida.

Bolalikdagi yoz oqshomi va kattalarning ish haftasi xotirangizda bir xil hajmdagi joyni egallashi mumkin.

Shuning uchun 5 yoshda soat beshgacha bo‘lgan vaqt cheksizdek tuyulsa, 38 yoshda esa butunlay ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketgandek bo‘ladi.

Miyangiz vaqtni daqiqalar bilan o‘lchamaydi. U vaqt davomiyligini qancha yangi ma’lumot saqlaganingizga qarab baholaydi. Masalan, bola daraxtlar orasidan sizib kirayotgan yorug‘likni kuzatayotganda, bu uning uchun birinchi tajribalardan biri bo‘lgani sababli miya zich va yuqori aniqlikdagi xotira hosil qiladi. Zich xotira keyinchalik esga olinganda uzoq davom etgandek tuyuladi. O‘ttiz yoshlarning o‘rtalariga kelganingizda esa kunlarning aksariyati takrorlanishga aylanadi. Miya ularni siqib yuboradi va butun oylar xuddi xira bir kadrdek o‘tib ketadi.

Bunday yorug‘lik yana bir narsani amalga oshiradi. Taxminan 10 yoshdan 30 yoshgacha shakllangan xotiralar keyinchalik yozib olingan boshqa xotiralarga qaraganda jonliroq saqlanib qoladi. Psixologlar buni “xotirani eslash bo‘rtig‘i” (reminiscence bump) deb atashadi. Unga qaytishning eng tezkor yo‘li esa hissiy va sezgi bilan bog‘liq belgilar orqali bo‘ladi. Daraxtlar orasidan sizib kirayotgan nurlar va xira tuman faqat muayyan sharoitlarda paydo bo‘ladi. Shu sababli miyangiz ularni kam uchraydigan belgilar sifatida belgilab qo‘ygan va kamyob belgilar eski tasvirlarni deyarli bir zumda ochib beradi.

U bilan birga keladigan sog‘inch esa o‘lchab bo‘ladigan jismoniy iz qoldiradi. 2012-yilda o‘tkazilgan, beshta tajribani o‘z ichiga olgan tadqiqotda sovuq xonaga joylashtirilib, nostalgik xotiralarini eslagan odamlar xonani iliqroq deb baholagan va oddiy voqealarni eslagan odamlarga qaraganda qo‘llarini muzdek suvda uzoqroq ushlab turgan. Tadqiqotchilar nostalgiya tasalli beruvchi mexanizm sifatida ishlaydi, ya’ni tana ilgari yoqimli bo‘lgan holatni qayta “simulyatsiya” qilishiga imkon beradi, degan xulosaga kelishgan.

Yangilik esa vaqtning intensivligini qaytaradi. Tanish bo‘lmagan joyda o‘tkazilgan uch kun, undan oldingi bir oydan ham uzunroq tuyulishi mumkin. Chunki miya yana atrofdagi barcha narsalarni batafsil qayd etishga kirishadi.

@niyatgabogliq
Niyatga bog'liq
Xosh. Attack on Titan va Game of thronesni shu vaqtgacha ko'rmaganman. Attack on Titan 2 sezon. Game of thrones 2 sezon ko'rganman. Judayam zerikkanman, juda zerikarli. Shu kunlarda podcastimizda shu seriallar haqida gaplashishimiz kerak. Shuning uchun…
Attack on Titan.

Menimcha, IMDbda reytinglari bunchalik osmonga ko‘tarilgan boshqa serialni ko‘rmaganman. Xuddi ommaviy isteriyaga o‘xshaydi. Birinchi mavsumning 5- va 6-qismlari hayotimdan o‘g‘irlangan 40 daqiqa edi. Lekin shu ikki qismning IMDb reytinglari mos ravishda 9,1 va 8,9. E, og‘ayni, shu ikkita qismda shuncha yuqori bahoga loyiq nima bor o‘zi, jin ursin? Ikkalasi ham ko‘pi bilan 7 ballga arziydigan qismlar edi.

Oddiygina Lego Ninjago multserialining o‘rtacha bir qismi shu ikkala qismdan besh baravar yaxshiroq. Bu gapni hazillashmay, jiddiy aytyapman, ha. Masalan, Avatar: The Last Airbender multserialida Zukoning hikoyasini bilib oladigan "The Storm" qismini olaylik. Unda Attack on Titanning bu qismlaridagi "dunyo zulmga to‘la, shuning uchun men ham zolim bo‘ldim" degan 12 yoshli bolaning dunyoqarashiga o‘xshash yuzaki fikrlardan o‘n baravar chuqurroq mazmun bor.

Shunga qaramay, "The Storm" qismining IMDb reytingi 9,0. Demak, bu axlatning reytingi undan ham past bo‘lsa arziydi, ahahaha! Ortiqcha maqtalgan, haddan tashqari ortiqcha maqtalgan!

@niyatgabogliq
So‘nggi paytlarda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan kontentlar tobora ko‘proq ko‘zga tashlana boshladi Youtubeda.

Masalan, mana bu videoda go‘yoki yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlaydigan chiroyli bir ayolning kundalik hayoti ko‘rsatiladi, ammo videoning katta qismi sun’iy intellekt mahsuli.

https://www.youtube.com/watch?v=SJdKyNejbss 

Yana, mana bu koreyalik qiz go‘yoki har hafta turli joylarga, har xil transport vositalarida borib, lager qiladi. Lekin uning barcha videolari yaqqol sun’iy intellekt yordamida yaratilgani ko‘rinib turibdi. Videolar ostida esa odamlar bularni haqiqiy deb o‘ylab, turli izohlar yozishgan. Hatto qizga ko‘z olaytirib, unga iltifotlar qilayotganlar ham bor. Aslida esa bunday qiz umuman mavjud emas.

https://www.youtube.com/@Uni_Camp/videos 

Yana bir misol — mana bu yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan qiz. Bu akkaunt bir necha oy oldin ochilgan bo‘lsa-da, o‘n minglab obunachilarga ega. Uning barcha videolari yaqqol sun’iy intellekt yordamida yaratilgan. Bu videolar ostida ham ularni haqiqiy deb o‘ylayotgan sodda odamlarning izohlari juda ko‘p.

https://www.youtube.com/@TruckGirlTV 

Bunday akkauntlarning aksariyatini, katta ehtimol bilan, sun’iy intellektdan foydalanadigan hindistonlik yigitlar boshqaradi.

@niyatgabogliq
Nega arablar ilmiy tomondan rivojlanmaydi?

Juda ham, juda dangasa. Buni o‘z tajribamdan kelib chiqib aytyapman. Yillab ular bilan birga ishlaganman. Hatto axlatni axlat qutisiga tashlashga ham erinib, turgan joyiga tashlab ketadigan odamlar. Kechgacha o‘tirishdan umuman zerikishmaydi. Hech qanday sevimli mashg‘ulotlari yo‘q, kitob ham o‘qishmaydi. Isrofgarchilik dahshatli darajada. Hatto qozonning o‘zi bilan go‘shtni ham axlatga tashlab yuborishadi. Ular faqat jinsiy ehtiyojlari uchun kuch sarflashadi: uylanish, jinsiy aloqa qilish, ayollar ortidan quvish kabi narsalar uchun.

Ular bilan bir samolyotda sayohat qilib ko‘ring yoki bir turk bilan birga 4–5 yil yashab ko‘ring — xulq-atvor va kundalik odatlar borasida ular bilan turklar o‘rtasida birorta ham umumiylik topa olmaysiz. Qarang, biz o‘zimizni juda ko‘p tanqid qilamiz, lekin qishloq xo‘jaligida, uzumzor va bog‘larda, adabiyot yoki san’at sohasida biz juda mehnatkash xalqmiz. Texnologiya ishlab chiqara olmadik, lekin gap bunda emas. Har birimizning shaxsiy harakatimiz va intilishimiz katta, ammo pulimiz yo‘q.

@niyatgabogliq
3