Nurafshon shahar hokimligi
1.94K subscribers
34.7K photos
3.27K videos
46 files
10.3K links
Download Telegram
Shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida hokimlik soati o'tkazildi

Shahar hokimi I.Klichxanov rahbarligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi. Unda shahar sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.

Kun tartibida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish va "Ijtimoiy profilaktika" tizimi samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mavjud muammolar ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilot va rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

#HokimlikSoati #BandlikVaFarovonlik #XavfsizMahalla #NurafshonShahar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt