Nurafshon shahar hokimligi
2.11K subscribers
36.1K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Bobur mahallasida xavfsizlik tizimi kuchaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyati Nurafshon shahrining Bobur mahallasida xavfsizlik tizimi tubdan takomillashtirildi.

Mazkur mahallaning Olmazor, Bobur, Ozodlik, P.G‘oziyev va X.Yo‘lshoshev ko‘chalarida umumiy hisobda 30 dona zamonaviy videokuzatuv kameralari o‘rnatildi. Ushbu qurilmalar 360 gradusli ko‘rish imkoniyati, avtomobil raqamlarini aniqlash, yuzni tanish va jinoyatchi shaxslar aniqlanganda profilaktika inspektoriga xavf signali yuborish kabi funksiyalarga ega.

Yangi tizim mahalla hududini to‘liq kameralashtirish bilan birga, aholining tinch va osoyishta hayotini ta'minlash, jinoyatchilikning oldini olishda muhim vosita bo‘lmoqda.

#Nurafshon #BoburMahallasi #XavfsizMahalla #Videokuzatuv

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt