Nurafshon shahar hokimligi
2.07K subscribers
36.1K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
#Nurafshon
#yong‘in_xavfsizligi_oyligi
#profilaktika

📢 Nurafshon shahri Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan Yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida shahardagi aholi xonadonlarida xonadonbay tarzda profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.

🔥 Profilaktik tadbirlarda asosiy eʼtibor fuqarolarning is gazidan zaharlanishi va gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi noxush holatlarning oldini olishga qaratilmoqda.

👨‍💻 Shu kabi profilaktik tadbirlar reja asosida shaharning barcha mahallalarida tizimli ravishda tashkil etilmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Profilaktika

Nurafshon shahar IIB boshlig‘i polkovnik Sottiyev Mirali Rixsiboyevich va JXX o‘rinbosari mayor Kubekbayev Saidmurod Maxamadsaidovichlar   Nurafshon shaharda yashovchi muqaddam sudlangan shaxslar va probatsiya nazoratida turuvchi fuqarolar bilan  qayta jinoyat sodir qilmasliklari maqsadida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Uchrashuvda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglandi. Ayrim murojaatlar shu joyni o‘zida yechimini topdi. Qo‘shimcha o‘zgarishlar talab etilgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi yuzasidan ma’lum muddatlar belgilandi.

Manba:Nurafshoziyo

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi

🔹 "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida Nurafshon shahridagi "Binokor" MCHJ va "Salom Nurafshon" MCHJ ishchi-xizmatchilari bilan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

🔸 Tadbir davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, jumladan, botulizm, quturish, kuydirgi va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar, suv toshqinlari va zilzila paytida qanday harakat qilish borasida tushuntirishlar berildi.

📌 Shuningdek, eslatma materiallari tarqatilib, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

#FavquloddaVaziyatlar #Xavfsizlik #Profilaktika #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" davom etmoqda

📌 Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 15-martdan 15-aprelgacha yurtimizda "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" o‘tkazilmoqda.

🔹 Shu munosabat bilan Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan qurilish obyektlarida yong‘in xavfsizligi va fuqaro muhofazasi bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

🔸 Tadbir davomida ishchi-xodimlarga is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar, shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga mavzuga oid eslatma materiallari tarqatildi.

#FavquloddaVaziyat #FuqaroMuhofazasi #Profilaktika #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar

🔹 15-mart – 15-aprel kunlari yurtimiz bo‘ylab "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" o‘tkazilmoqda.

🚒 Shu munosabat bilan Nurafshon shahri hududidagi qurilish ob’ektlarida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Qurilishda faoliyat yuritayotgan ishchilar va obyekt mas’ullari uchun yong‘in xavfsizligi, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi yoki portlashining oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

🧯 Ushbu chora-tadbirlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ishchilar xavfsizligini ta’minlash va baxtsiz hodisalarni kamaytirishga xizmat qiladi.

#FavquloddaVaziyatlar #Xavfsizlik #Profilaktika #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"Fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida profilaktik suhbatlar o'tkazilmoqda

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mahallalar va umumta’lim maktablarida profilaktik suhbatlar o‘tkazmoqda. Tadbirlar davomida yong‘in xavfsizligi, tabiiy ofatlar chog‘ida harakatlanish tartibi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berilmoqda.

#FuqaroMuhofazasi #FavquloddaVaziyatlar #Xavfsizlik #Profilaktika #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Mehnat xavfsizligi bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Yangi O‘zbekiston massivida joylashgan “KING HOUSE 002” MCHJ qurilish maydonida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Targ‘ibot jarayonida qurilishda band bo‘lgan ishchilarga mehnat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, va favqulodda vaziyatlarda harakatlanish qoidalari tushuntirildi. Shu bilan birga, hodisa yuz berganda tezkor chora ko‘rish tartiblari ham amaliy misollar asosida ko‘rsatib berildi.

Bunday tadbirlar qurilish jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlash, inson salomatligini asrash va favqulodda holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

#Nurafshon #FavquloddaVaziyatlar #Xavfsizlik #Profilaktika #QurilishdaXavfsizlik