Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Shukuh

Ayni damda Toshkent viloyati maʼmuriy markazi – Nurafshon shahrida Navroʻz bayram sayli boshlandi.

Hudud bayramona bezatilgan. Viloyatning shahar va tumanlari povilonlarida milliylikni tarannum etuvchi koʻrgazmali namoyishlar tashkil qilingan. Milliy kuy va qoʻshiqlar yangramoqda.

Amfiteatrda boʻlib oʻtadigan shodiyonalarda taniqli sanʼatkorlarning chiqishlari, madaniyat sohasi vakillarining sahnaviy namoyishlari kutilmoqda.

Bayramni hokimlikning rasmiy sahifalari orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Shukuh

Toshkent viloyatida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayli shaklida tashkil etilgan Navro‘z umumxalq bayram tantanalari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Bayram doirasida katta sayl, maydon tomoshalari oʻtkazildi. Shuningdek, milliy taomlar festivali, pavilonlar o‘rtasida turli qiziqarli bellashuvlar tashkil qilindi.

Bayram shukuhi viloyatning barcha shahar va tumanlari, qishloq va mahallalarida davom etadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Toshkent viloyatining ma'muriy markazi - Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tgan asosiy bayram kontsert dasturi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
🌙 Nurafshonda Ramazon Hayiti namozi shukuhi! 🕌

Bugun Nurafshon shahrining barcha Jome masjidlarida Ramazon Hayiti namozi katta shodu-xurramlik bilan ado etildi. Rasmlarda «To‘ytepa» Jome masjidida o‘tgan hayit namozining fayzli lahzalari aks etgan.

Alloh duolarimizni ijobat qilsin, yurtimiz tinch, hayitimiz muborak bo‘lsin! 🤲

#Shukuh #Nurafshon #RamazonHayiti #ToytepaJomeMasjidi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
304🔥298👍259👏255
🌙🕌 Nurafshon shahar «To‘ytepa» Jome masjidida Ramazon Hayiti namozi shukuhi! 🤲

#Shukuh 🌟 #NurafshonShahar 🏙 #ToytepaJomeMasjidi 🕌 #RamazonHayiti 🌙 #HayitNamoziShukuhi 🤲

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👏298👍295271🔥252👎1
#Shukuh

Maktablarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” yangradi

Bugun viloyatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari ko'tarinki ruhda oʻtkazildi. Jumladan, Nurafshon shahridagi "Vatanparvar bogʻi"da 32-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 11-sinf bitiruvchilarining soʻnggi qoʻngʻiroq tadbiri tashkil qilindi. Tadbir avvalida, Prezident tabrigi bitiruvchi-yoshlarga oʻqib eshittirildi.

Maʼlumot uchun, bu yil viloyatimizda 53 114 nafar 9-sinf va 35 774 nafar 11-sinf bitiruvchilari tamomlamoqda. Shundan 889 nafari oltin, 223 nafari kumush medal sohibi bo'ldi. 75 nafari oliy taʼlim muassasalariga muddatidan oldin oʻqishga qabul qilingan va 10 nafari TOP-300 talik OTM talabasi bo‘lgan.

Tadbir davomida 2024-2025-oʻquv yilida fan olimpiyadalari, koʻrik-tanlov va sport musobaqalarida ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallagan hamda oʻzining namunali xulqi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlgan bir guruh oʻquvchilar, shuningdek, jonkuyar ijodkor oʻqituvchilar viloyat hokimining faxriy yorliq, qimmatbaho esdalik sovgʻalari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, badiiy chiqishlar namoyish etilib, soʻnggi qoʻngʻiroq sadolari ostida bitiruvchilar katta hayot ostonasiga kuzatildi. Shundan soʻng, viloyat hokimi bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi va ularning taklif, tashabbus hamda fikrlarini tingladi.

Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Toshkent viloyati hokimligi tomonidan 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida bolajonlar uchun bayram shodiyonalari, madaniy tadbirlar, ijtimoiy aksiyalar o‘tkazilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#shukuh

Nurafshon shahri «To‘y tepa» jome masjidida Qurbon hayiti namozi shukuhi

Telegram 📹YouTube 🌐Website
🌐Instagram🕊Twitter    🎧Taplink
👍375150🔥76👌5
#Shukuh

Nurafshon shahrida Yoshlar kuni keng nishonlandi

Nurafshon shahrida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlar birlashaylik!” shiori ostida yirik festival bo‘lib o‘tdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Nurafshonda 30-iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlangan viloyat asosiy bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilgan bayram oqshomida viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan minglab yoshlar qatnashdi.

Yoshlar bilan ishlash borasida faollik ko‘rsatgan, yoshlarga doir davlat siyosatini amalga oshirishda alohida namuna boʻlgan rahbarlar, o‘z navbatida, har tomonlama ilg‘or, faol yoshlar Toshkent viloyati hokimligi hamda hamkor tashkilotlar – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan faxriy yorliq, vaucher va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Festivalda san’at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
👍1