Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Yashil_makon #Green_Space #Зелёная_зона

Nurafshonda "Deputatlar bog‘i" tashkil etildi


"Nurafshon business city" hududida 1 gektar yer maydonida kashtan, qrim qayrag‘ochi, oqqayin, pisarda kabi 200 ziyod manzalari daraxt ko‘chatlari .
________

A "Deputies' Garden" is established in Nurafshan

In the "Nurafshan Business city" area, over 1 hectare of land was planted with more than 200 tree saplings, including chestnut, Crimean pine, white birch, and pistachio.
________
В Нурафшане создан «Сад депутатов»

На территории "Nurafshon business city" выделен земельный участок общей площадью в 1 гектар, где посажены более 200 декоративных деревьев: саженцев каштана, крымской сосны, берёзы, писарди.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
👍4
#Yashil_makon

Yashil makon — tabiatga ehtirom va kelajak uchun investitsiya

Nurafshon shahrida bunyodkorlik va qurilish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan bir vaqtda, hududni yashil makonga aylantirish ishlari ham izchil davom etmoqda.

Bugun Nurafshon city hududida keng miqyosda ko‘chat ekish va bog‘ barpo etish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Sh.Mahmudov, Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov, hokimlik mas’ullari, korxona va tashkilot rahbarlari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


E’tiborli jihati shundaki, rahbarlar shaxsan o‘zlari ko‘chat ekish jarayonida faol qatnashib, boshqalarga o‘rnak bo‘ldilar.

Iqlim sharoitiga mos bo‘lgan daraxt va butalar — Yaponiya saforasi, yasen, chinor, Qrim qarag‘ayi, Sharq tuyasi, Kanada bagrianikasi, qayrag‘och, pavloniya, tut va boshqa turlardagi jami
1700 ta ko‘chat
qariyb
1,2 gektar maydonga
ekildi.


Yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umumxalq harakati izchil davom etmoqda.

https://t.me/Nurafshonpressa
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!

Davlatimiz rahbari joriy yil 26-sentyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida daraxtni kuzda ekishni ko‘paytirish zarurligi bo‘yicha bir qator muhim takliflar bildirib, ustuvor vazifalarni belgilab berdilar.


Shu kunlarda ana shu umummilliy loyiha doirasida butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi viloyatimizda ham kuzgi daraxt ekish mavsumi davom etmoqda, bu borada “dolzarb bir oylik” e’lon qilindi.

Prezidentimizning ezgu tashabbuslaridan ruh olib, shu yilning 8-9-noyabr — shanba va yakshanba kunlari viloyatimiz bo‘ylab Yashil makon loyihasi doirasida katta hashar tashkil etilmoqda.
Mazkur hasharga nafaqat viloyat hududidagi boshqarma va tashkilotlar, balki Respublika darajasidagi vazirlik hamda idoralar, agentlik va qo‘mitalar ham o‘z xayrixohligini bildirdilar.

Hashar doirasida hududlardagi avtomobil yo‘llari yoqalarida, xususan, M-39, A-373 kabi xalqaro ahamiyatdagi yirik avtomagistrallar bo‘ylarida keng ko‘lamda ko‘chat ekish hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Barchangizni, butun el-yurtimizni “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” degan olijanob g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#yashil_makon

Nurafshonda "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 1 200 tup ko‘chat ekildi

Nurafshon shahridagi Toshkent yo'li ko'chasida joylashgan yoshlar ma'naviyat bog'ida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko‘chat ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov, viloyat va tuman (shahar) tashkilot va idoralar rahbarlari, mahalla "yettiligi", jamoatchilik vakillari hamda obodonlashtirish sohasi xodimlari ishtirok etdi.

Shahar hokimi I. Klichxanov hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat ekish kabi ezgu ishlarga har bir yurtdoshimiz o‘z hissasini qo‘shishi lozimligini ta’kidladi.


Loyiha doirasida belgilangan reja asosida shahar bo'ylab yo‘l yoqasiga, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlari hududlariga manzarali va mevali ko‘chatlar ekish ishlari jadal davom etmoqda.

Tadbir doirasida jami 1200 tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3
#yashil_makon

"Yashil makon" umummilliy harakati: Yangi hayot, yangi nafas

🌳Nurafshon shahrida ham ekologik barqarorlik va atrof-muhitni asrashga qaratilgan ko‘chat ekish ishlari jadal davom etmoqda. Aholi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar va ko‘ngillilar ezgu maqsad yo‘lida birlashmoqda.

"Har bir ekilgan daraxt – hayotga bo‘lgan e’tiborimiz, tabiatga bo‘lgan mehrimizning ifodasidir. Yashil makon – bu barchamiz uchun birdek muhim", - deya ta'kidladi shahar hokimi I. Klichxanov.


🌳Hasharda barcha birdek faol ishtirok etmoqda. Yer kovlanib, tanlab olingan ko‘chatlar o‘tqazildi. Jarayon ishtirokchilari: “Har bir ekilgan daraxt — kelajagimiz uchun tashlangan qadam”, - deya bu ezgu ishlarning ahamiyatini alohida ta’kidlashmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Toshkent viloyati bo‘ylab tashkil etilgan ikki kunlik hasharning dastlabki kuni yuksak uyushqoqlik bilan o‘tdi.

Aksiya ertaga ham davom etadi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

"Yashil makon" harakati doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

🌳Shu yilning 8-9-noyabr — shanba va yakshanba kunlari viloyatimiz bo‘ylab “Yashil makon” loyihasi doirasida katta hashar tashkil etilmoqda.


Ayniqsa, Nurafshon shahrining yoshlar ma'naviyat bog'ida ko‘chat ekish ishlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqdaki, bu gal ham manzilda zarur ishlar amalga oshirildi. Yer maydonlari tosh va keraksiz chiqindilardan tozalanib, sifatli tarzda kovlandi. Ekologik talablar asosida ko‘chatlar o‘tqazildi.


🌳Shahar hokimi boshchiligida mas'ullarga yo'l bo'ylari, markaz guzarlari hamda bog' hududlariga ekiladigan manzarali gul va dekorativ ko'chatlar ekish yuzasidan topshiriqlar berildi.

🌳Mazkur tadbirda davlat tashkilotlari vakillari faol ishtirok etdi. Ushbu amaliy ishlar shaharning ekologik muhitini yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish va aholining hayot sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1
#yashil_makon

Yashil makon: Ekologik tashabbus, farovon hayot

Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov Qumariq mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan yoshlar ma'naviyat bog‘iga tashrif buyurdi. Hokim hududda yashil makon loyihasi doirasida jadal sur’atlarda olib borilayotgan bunyodkorlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, hududda aholi uchun mavjud ijtimoiy infratuzilma obyektlarining ahamiyati, ayniqsa, fuqarolar uchun yaratiladigan yangi imkoniyatlar va qulayliklarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratdi.

Mazkur jarayonda shahar hokimining o'rinbosari F. Shomurodov va bir guruh mutasaddilar ishtirok etishdi. Hokim tomonidan barcha zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.


Bu xayrli ishlar aholining farovon hayoti hamda shaharning obod va yashil maskanga aylanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍31
#yashil_makon

Yangi
yashil hududlar barpo etilmoqda

🌳Aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida qator muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Shulardan biri – “Yashil makon” umummilliy harakati bo‘lib, mazkur tashabbus doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida keng ko‘lamli ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.

Nurafshon shahridagi yoshlar ma'naviyat bog'ida o'tkazilgan ko'chat ekish jarayonlari kutilganidan ziyodroq natija berdi. Ko'zlangan marra zabt etildi. Mazkur aksiya doirasida korxona va tashkilotlar xodimlari, yoshlar va ko'ngillilar faol ishtirok etib, belgilangan reja asosida daraxt va buta ko‘chatlarini ekishdi.


🌳Mahalliy iqlimga mos va tez o‘suvchi daraxt navlari parvarishlanib, hududlarga yetkazib berilgani bir tomondan hasharchilarga qulaylik bo'lsa, ikkinchidan sifatli navlarning yetishtirilganidir.

🌳Yangi manzillarda endi pavloniya va shu kabi qator ko'chatlar ko'kka bo'y cho'zadi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1👌1
#yashil_makon

Ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda


🌳Yashil makon” umummilliy harakati – bu nafaqat bugungi, balki kelgusi avlodlar uchun ham sog‘lom va toza muhit yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir. Yoshlar ma'aniyat bog'ida tashkil qilingan hasharda har bir yurtdoshimiz faol ishtirok etib, hududni yanada go‘zal va yashil makonga aylantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov boshchiligida barcha korxona va tashkilotlar xodimlari bu ezgu ishlarda faol qatnashib, yer bag'riga manzarali ko'chatlarni o'tqazishmoqda. Ko'chat ekish ishlarida esa tegishli mutaxasislar tomonidan har bir ekilayotgan ko'chat alohida e'tibor va parvarish asosida yerga qadaldi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1👏1