Nurafshon shahar hokimligi
1.93K subscribers
34.8K photos
3.27K videos
46 files
10.3K links
Download Telegram
Nurafshonda zovurlar tozalanib, o‘rdakchilikni rivojlantirishga zamin yaratilmoqda

Shahar hokimining topshirig‘iga asosan, Nurafshon shahri "Degantepa" MFY hududidagi zovur bo‘ylari tozalanmoqda. Ushbu ishlar o‘rdakchilikni rivojlantirish hamda hudud ekologik holatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, zovur yoqalarida kichik hududlar tashkil etilib, aholiga tender asosida bo‘lib berish rejalashtirilgan. Bu esa o‘rdak parvarishlash texnologiyalarini joriy qilish va aholining bandligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus natijasida zovur atrofidagi hududlar obodonlashtirilib, zamonaviy va samarali parrandachilik yo‘nalishlaridan biri yo‘lga qo‘yiladi.

#Nurafshon_shahri #Obodonlashtirish #Ekologiya
#O‘rdakchilik #Qishloq_xo‘jaligi #Tabiatni_asraylik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt