Nurafshon shahar hokimligi
1.93K subscribers
34.7K photos
3.27K videos
46 files
10.3K links
Download Telegram
Nurafshonda "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi

Nurafshon shahridagi 48-maktabda ezgu an’anaga aylangan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir yoshlar, nuroniylar va shahar faollari o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda yosh avlodga kerakli maslahatlar berish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Nurafshon shahar prokuror o‘rinbosari A.Olimov, "Nuroniy" jamg‘armasi raisi J.Ahmedqulov, shahar IIB rahbar o‘rinbosarlari Sh.Tilavov va S.Kubekbayev, mahalla uyushmasi rahbari Z.Maxsudova hamda Oqila ayollar harakati rahbari K.Rasulova ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbirda mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ham qatnashdi.

👉Batafsil o'qish

#UchAvlodUchrashuvi #Nurafshon #YoshlarVaNuroniylar #TajribaAlmashinuvi #KelajakUchun

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt