Nurafshon shahar hokimligi
1.93K subscribers
34.8K photos
3.27K videos
46 files
10.3K links
Download Telegram
#XavfsizMahalla
#DehqonobodMFY

Qaror va ijro

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahridagi "Dehqonobod" mahallasi hududida “Namunali xavfsiz mahalla” ni tashkil etish maqsadida amaliy ishlar boshlandi.

Jumladan, "Dehqonobod" mahallasi hududiga kiruvchi barcha ko‘chalarga yuzni tanuvchi, 24/7 onlayn rejimda ishlovchi raqamli kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda.

Shahar hokimi I.Klichxanov va shahar IIB boshlig‘i M.Sottiyevlar mahalla hududida bo‘lib, kuzatuv kameralari o‘rnatilish jarayonida tegishli mas’ullarga birorta ham nazoratsiz hudud qolib ketmasligi yuzasidan topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida hokimlik soati o'tkazildi

Shahar hokimi I.Klichxanov rahbarligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi. Unda shahar sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.

Kun tartibida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish va "Ijtimoiy profilaktika" tizimi samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mavjud muammolar ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilot va rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

#HokimlikSoati #BandlikVaFarovonlik #XavfsizMahalla #NurafshonShahar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt