Nurafshon shahar hokimligi
2.11K subscribers
36.1K photos
3.34K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#inson_qadri_uchun

Nurafshon shahridagi mahallalarda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan loyihalar uchun 17 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrda “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarori tasdiqlangan edi.

Shungaga asosan dastur doirasida Toshkent viloyatida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha salmoqli vazifalar belgilab berilgan.

Xususan, bugun erta tongdan mazkur ishlarga aloqador mutasaddilar, tuman-shahar hokimlari mahallalarda boʻlib, ushbu dastur doirasida amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari yuzasidan aholiga hisobot berdi.

Aytish joizki, birgina Nurafshon shahridagi “Obod” mahallasida ichimlik suvi tarmogʻini yaxshilash uchun 2 milliard 200 million soʻm mablagʻ ajratildi. Bu kabi raqamlarni uzoq davom ettirish mumkin.

Jumladan, “Yoshlik” mahallasi Yoshlik, I.Karimov va Sport koʻchalarining 1,6 km ichki yoʻllari, “Uchqun” mahallasi Uchqun koʻchasida 0,5 kmObod” mahallasi Bahor koʻchasida 0,85 km, Birlik koʻchasida 0,45 km, Bunyotkor koʻchasida 2 km, Osuda koʻchasida 0,15 km, Mayramkoʻl koʻchasida 0,95 km hamda “Evalak” mahallasi Evalak koʻchasiga oʻtuvchi Xonariq ustidagi koʻprigida taʼmirlash ishlari olib boriladi. 1,500 km sim kabellarini almashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, bu kabi bunyodkorlik ishlari “Degantepa”, “Taraqqiyot”, “Yuksalish”, “Hurriyat”, “Dehqonobod”, “Toʻytepa”, “Qumariq”, “Bobur” hamda “Obod turmush” kabi oʻndan mahallalarida tashkil etiladi.

Mazkur ishlar uchun 17 milliard 910 million soʻm mablagʻ ajratilgan.

Tafsilotlar videolavhada. Bizni kuzatib boring.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_qadri_uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrda “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarori ijrosi amalda.

Degantepa MFY Degantepa ko`chasida markazlashgan ichimlik suv quvurlaritortish ishlari olib borilmoqda

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Inson_qadri_uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrda “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarori ijrosi bo`yicha mahallalarda ishlar boshlab yuborildi.
⚡️Jumladan Obod MFY hududida ichimlik suv quvurlarini tortish uchun transheyalar qazilmoqda shu bilan bir qatorda ta`mirga muhtoj ko`chalarni asfalt qoplamasi bilan qoplash ishlari boshlab yuborildi.
Ushbu amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini sifatli tashkil qilinishi uchun jamoatchik nazorati ham o`rnatilgan.
📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtub
#Inson_qadri_uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrda “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarori ijrosi bo`yicha mahallalarda ishlar boshlab yuborildi.
⚡️Jumladan Yoshlik MFY hududida ichimlik suv quvurlarini tortish uchun transheyalar qazilmoqda shu bilan bir qatorda aholi hafsizligini ta`minlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida ko`chalarga tungi yoritish chiroqlarini o`rnatish ishlari boshlab yuborildi.
Ushbu amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini sifatli tashkil qilinishi uchun jamoatchik nazorati ham o`rnatilgan.
📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtub
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Mahallangizni yanada yaxshilashni xohlaysizmi? Hududingizga qanday loyihalar kerakligini bilasizmi? Oʻz tashabbusingizni namoyon qilishga tayyormisiz?

“Tashabbusli budjet”ning navbatdagi mavsumida ishtirok eting!

🗓Tashabbusingizni 1–20-fevral kunlari ilgari suring va mart oyida eng yaxshi loyihalarga ovoz bering.

“Tashabbusli budjet” — bu sizning ovozingiz, tanlovingiz va mahallangiz!

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Inson
#xayriya_tadbiri

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi doimo e'tiborda


Bugun Nurafshon shahar "Tong" madaniyat saroyida Nurafshon shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Pak Viktor Nikolayevich, Nurafshon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, O'zLiDeP Toshkent viloyati Kengash raisi T.Fayziyev, Nuroniy jamg'armasi raisi Dj.Axmedqulov hamda bir guruh mutasaddilar ishtirokida “Inson qadri uchun” shiori ostidagi xayriya tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda ishtirok etgan yolg'iz va yolg'iz yashovchi hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar va extiyojmand oila a'zolariga deputat V.N.Pak va "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan reabilitatsiya qilishning texnik vositalari hamda oziq-ovqat maxsulotlari. estalik sovg'alari taqdim etildi.

Yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat ulashish maqsadida shahar Madaniyati bo'limi tomonidan sahnalashtirilgan teatr chiqishlari, kuy qo'shiqlar ijro qilindi. Koreys milliy madaniyat markazi tomonidan milliy raqslar ijro qilindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#inson_qadri_uchun

📸Tadbirdan fotolavhalar


Mash’al gazetasi muxbiri Otabek Isroilov olgan suratlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_qadri

Viloyatda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ko‘lami kengaygan

Nurafshon shahrida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida shahar hokimi Ilhom Qilichxonovga biriktirilgan "Uchqun" MFYdagi ehtiyojmand oila holidan xabar olindi.

Tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilib, 12 kun davomida Bo‘stonliq tumanidagi "Tovoqsoy" sanatoriyasiga davolanish va dam olish uchun yuborildi. Xonadoni to‘liq ta’mirlanib, oshxona binosi qurib berildi. Zaruriy maishiy jihozlar bilan ta’minlandi. Energiya tejamkor tizim joriy etildi.

Shuningdek, oilaga qo‘shimcha daromad manbai yaratish maqsadida tovuqxona qurilib, tovuqlar yetkazib berildi.

Ushbu ezgu ishlar "Inson qadri" tamoyili asosida, shahardagi ehtiyojmand oilalarning farovonligini ta’minlashga qaratilgan izchil sa’y-harakatlarning natijasidir.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM