Nurafshon shahar hokimligi
2.11K subscribers
36.1K photos
3.34K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Muqimiy mahallasida sumalak sayli 🌿

Bahoriy iliq kunlarda Muqimiy mahallasida sumalak sayli bo‘lib o‘tmoqda. Mahalla faollari, nuroniy otaxonlar va buvijonlar doshqozon atrofida jam bo‘lib, qut-baraka timsoli bo‘lgan sumalak tayyorlash bilan band.

Bahor nafasi, sumalakning xushbo‘y hidi va nuroniylarning ezgu tilaklari bayram kayfiyatini yanada mustahkamlab, mehr-oqibat va birdamlik ruhini ulashmoqda.

#SumalakSayli 🍃 #BahorNafasi 🌸 #MehrUlashamiz ❤️ #MahallamizFayzi 🏡

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Ezgu tashabbus: Imkoniyati cheklangan fuqaro tomonidan ehson tadbiri tashkil etildi

🌟 Nurafshon shahri Taraqqiyot mahallasi 19-uyda istiqomat qiluvchi G'.Toirov o‘zining imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, ko‘p qavatli uyda yashovchi ehtiyojmand oilalar uchun sumalak sayli tadbirini o‘tkazdi.

🍲 Tadbir doirasida doshqozonda sumalak va osh pishirilib, hududdagi ehtiyojmand fuqarolarga tarqatildi. Ushbu ezgu tashabbus mahalla ahlining iliq minnatdorchiligiga sazovor bo‘ldi.

#EzguTashabbus #MehrUyg‘unligi #NurafshonYaxshilikYo‘lida #YaxshilikUchun #SumalakSayli

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt