Nurafshon shahar hokimligi
2.05K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
#Nurafshon_yoshda

🔰Nurafshon shahrining 5 yilligiga bag‘ishlab ta’lim muassasalarida keng qamrovda tadbirlar o‘tkazilmoqda.

📌Ta’lim muassasalari bayramona bezatilib, o‘quvchilar tomonidan shahar maketlari yasalmoqda.

O‘quvchilar beg‘ubor orzulari bilan shahar kelajagini o‘z tasavvurlarida ko‘rishmoqda.

@Nurafshonpressa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Нурафшон_шаҳрим_5_ёшда.

Гўзал Нурафшонимизнинг 5 йиллигига бағишланади.

@Nurafshompressa
⚡️⚡️⚡️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarorining “yo‘l xaritasi”da:

🔥18-band. 2022-yil noyabr-dekabr oylarida – Ish qog‘ozlari, turli blanklarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishini ta’minlash;

🔥19-band. 2022-yil noyabr-dekabr oylarida – Mamlakatimizdagi joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlarni to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishini ta’minlash;

🔥20-band. 2022-yil noyabr oyida – Markaziy, mahalliy bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyatini to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga, 2022-yil dekabr oyida – Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida to‘liq o‘tilishini ta’minlash belgilangan.
#ОНЛАЙН

🟢Айни пайтда Тошкент вилояти Нурафшон шаҳридаги 1-сонли умумтаълим мактабида 3 – (вилоят) босқич, биринчи гуруҳ фанларидан олимпиада синовлари бошланди.

🟢Бугун мазкур олимпиаданинг 2-(туман) босқичида ғолибликни қўлга киритган 480 нафар 9-синф ўқувчилари ғолиблик учун беллашмоқда.

🖊Тошкент вилояти Халқ таълими бошқармаси Ахборот хизмати
Каналга уланиш 👉
@toshkentvxtb
#DIQQAT
#5_yoshing_muborak

“Ona shahrim – qadim Nukentim, navqiron Nurafshonim”

Nurafshon shahri tashkil topganligiga 5 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan joriy yilning 5-noyabr kuni soat 15:30 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida joylashgan amfi teatrda katta gala-konsert bo‘lib o‘tadi.

Unda nurafshonlik aholi va mehmonlar uchun xalq sayllari tashkil qilinib, konsert o‘tkaziladigan maydonga eltuvchi bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Bayram tantansini maroq bilan kuzatishni niyat qilib, katta shodiyonada qatnashib o‘z ishtirokini ta’minlamoqchi bo‘lganlarga ma’lumot uchun havo ochiq bo‘lishini yaxshi niyat bilan aytib o‘tamiz.

Darvoqe, tadbirda el ardog‘idagi xalq artistlari, taniqli xonandalar va estrada yulduzlari qatnashadi.

Marhamat qilib navqiron Nurafshonning 5 yillik shodiyonasiga tashrif buyuring va zavqlaning!

📌 Manzil: Nurafshon shahri “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida joylashgan amfiteatr.

@Nurafshonpress