Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.9K photos
4.26K videos
61 files
13.1K links
Download Telegram
#DIQQAT
#5_yoshing_muborak

“Ona shahrim – qadim Nukentim, navqiron Nurafshonim”

Nurafshon shahri tashkil topganligiga 5 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan joriy yilning 5-noyabr kuni soat 15:30 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida joylashgan amfi teatrda katta gala-konsert bo‘lib o‘tadi.

Unda nurafshonlik aholi va mehmonlar uchun xalq sayllari tashkil qilinib, konsert o‘tkaziladigan maydonga eltuvchi bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Bayram tantansini maroq bilan kuzatishni niyat qilib, katta shodiyonada qatnashib o‘z ishtirokini ta’minlamoqchi bo‘lganlarga ma’lumot uchun havo ochiq bo‘lishini yaxshi niyat bilan aytib o‘tamiz.

Darvoqe, tadbirda el ardog‘idagi xalq artistlari, taniqli xonandalar va estrada yulduzlari qatnashadi.

Marhamat qilib navqiron Nurafshonning 5 yillik shodiyonasiga tashrif buyuring va zavqlaning!

📌 Manzil: Nurafshon shahri “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida joylashgan amfiteatr.

@Nurafshonpress
👍6🔥1