Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
43K photos
3.9K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#diqqat

📝 Davlatimiz rahbari tomonidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida AI-80 markali benzinga joriy etilgan imtiyoz joylarda "o‘yin bo‘lib ketmasligi" kerakligini alohida ta’kidlab, bu borada Bosh prokuratura va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga tegishli topshiriqlar bergan edilar.

🔷 Bugungi kunda Nurafshon shahar hududida 6 ta AYoQSH faoliyat olib borayotgan bo'lib, joriy yilning 22 dekabr holatiga ko'ra quyidagi 5 ta shaxobchalarda:

1. "FORMULA 1" MCHJ
2. "UNG PETRO" MCHJ
3. "ORZU NEFT SAVDO" MCHJ
4. "BARS" MCHJ
5. "RUSTAM" xususiy
korxona

💸 Ai-80 benzin narxlari 5700 so'mdan quyib berilmoqda.

❗️Eslatma!!! Bu borada prezidentning tegishli qarori qabul qilingan bo'lib, unda aksiz solig‘i bo‘yicha vaqtinchalik tartib 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martgacha davom etishi belgilangan.

👨‍💻 Siz shuningdek, kunlik ma'lumotlarni
@benzin_antimon_bot telegram manzili orqali bilishingiz, kuzatib borishingiz mumkin.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍3🔥1👏1
#Nurafshon
#Munosabat
#Prezident_murojaatnomasi

Davlat xizmatchilari faoliyat samaradorligini baholash — davr talabi

Davlat hokimiyati organlarining xalq bilan muloqot qilish, boshqaruvida ochiqlik va shaffoflik, xalq bilan bamaslahat ish yuritish yangi Oʻzbekiston siyosatining ustuvor jihatlaridan biri sanaladi.

Qayd etish joizki, barcha islohotlarimiz zamini va koʻzgusi bu — mahalla. Jamiyatimizdagi barcha jarayonlar mahalla hayotida oʻz ifodasi va amaliy yechimini topadi. Mahalla — tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik, maʼrifat va tarbiya qoʻrgʻonidir.

Batafsil:

Odiljon ATAULLAYEV,
Nurafshon shahar “Chigʻiriq” mahalla fuqarolar yigʻini hokim yordamchisi

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍2🔥1👏1💯1🏆1
#Nurafshon
#hunarmand
#shogirdlar

📝 Yurtimizda milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atining ko‘p asrlik an’analarini saqlab qolish, hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

💁‍♀️ Nurafshon shahrida faoliyat olib borayotgan "Hunarmand" uyushmasining shahar bo'limi xodimi, hunarmand-murabbiy Feruza Yunusova boshchilik qilayotgan to'garakda ham bugun ko'plab yosh hunarmand shogirdlar hunarmandchilikning sir-asrorlarini o'rganishmoqda.

🎁 Bayram munosabati bilan bir guruh faol yosh hunarmand o'quvchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍1👏1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Nurafshon_birinchi

🎉 Gʼalaba muborak, Nurafshonim!!!

Qozogʼiston Respublikasida boʼlib oʼtgan Oʼzbek jang sanʼati boʼyicha Osiyo chempionatida Nurafshon shahar 57-maktabning oʼquvchilari Qoʼchqorova Madina 1-oʼrin, Izzatova Xadicha 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi.

💐 Jajji sport malikalarimizni g'alaba bilan qutlaymiz!!!

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍5👏1🎉1🏆1
#Nurafshon
#is_gazi
#ogohlik

📢 “Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan shahrimizning barcha hududlarida is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan profilaktik-targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

📝 Bo‘limning mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi yetakchi muhandisi G. Ishimova tomonidan "Obod" MFYdagi 14-DMTT tarbiyachilariga is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

🔷 Targ'ibot tadbirlari shahrimizdagi barcha mahallalarda davom etmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍2👏1
#Nurafshon
#tanlov
#bojxona_bilimdoni

📢 Nurafshon shahridagi 9-sonli maktabning yuqori sinf oʼquvchilari o'rtasida "Bojxona bilimdoni" koʼrik tanlovi oʼtkazildi.

🎉 Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli oʼtgan oʼquvchilar viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan taqdirlanishdi.

🥇 Tanlovda 10-sinf oʼquvchisi Bobomurodova Ruxshona birinchi oʼrin egalladi. Shuningdek, 2-3-oʼrinlarni olgan oʼquvchilarga ham mutasaddi tashkilotlarning diplomlar, esdalik sovgʼalari topshirildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍2👏1🎉1
#Nurafshon
#Nurafshon_MFY
#oylik_doirasida

🤝 Shahrimizda joriy yilning 30-noyabrdan 30-dekabrga qadar "Mehr-muruvvat" oyligi o'tkazilmoqda.

🏥 Shu munosabat bilan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi ko'p tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari tomonidan "Nurafshon" MFYda yashovchi I-guruh nogironligi bor fuqarolar holidan xabar olindi.

🩺 Ularga terapevt, kardiolog, laborator diagnostika xizmatlari ko'rsatildi.

💊 Imkoniyati cheklangan bemorlarga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍1🔥1👏1