Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.9K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Nurafshon_birinchi

🎉 Gʼalaba muborak, Nurafshonim!!!

Qozogʼiston Respublikasida boʼlib oʼtgan Oʼzbek jang sanʼati boʼyicha Osiyo chempionatida Nurafshon shahar 57-maktabning oʼquvchilari Qoʼchqorova Madina 1-oʼrin, Izzatova Xadicha 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi.

💐 Jajji sport malikalarimizni g'alaba bilan qutlaymiz!!!

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍5👏1🎉1🏆1
#Nurafshon
#is_gazi
#ogohlik

📢 “Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan shahrimizning barcha hududlarida is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan profilaktik-targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

📝 Bo‘limning mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi yetakchi muhandisi G. Ishimova tomonidan "Obod" MFYdagi 14-DMTT tarbiyachilariga is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

🔷 Targ'ibot tadbirlari shahrimizdagi barcha mahallalarda davom etmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍2👏1
#Nurafshon
#tanlov
#bojxona_bilimdoni

📢 Nurafshon shahridagi 9-sonli maktabning yuqori sinf oʼquvchilari o'rtasida "Bojxona bilimdoni" koʼrik tanlovi oʼtkazildi.

🎉 Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli oʼtgan oʼquvchilar viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan taqdirlanishdi.

🥇 Tanlovda 10-sinf oʼquvchisi Bobomurodova Ruxshona birinchi oʼrin egalladi. Shuningdek, 2-3-oʼrinlarni olgan oʼquvchilarga ham mutasaddi tashkilotlarning diplomlar, esdalik sovgʼalari topshirildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍2👏1🎉1
#Nurafshon
#Nurafshon_MFY
#oylik_doirasida

🤝 Shahrimizda joriy yilning 30-noyabrdan 30-dekabrga qadar "Mehr-muruvvat" oyligi o'tkazilmoqda.

🏥 Shu munosabat bilan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi ko'p tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari tomonidan "Nurafshon" MFYda yashovchi I-guruh nogironligi bor fuqarolar holidan xabar olindi.

🩺 Ularga terapevt, kardiolog, laborator diagnostika xizmatlari ko'rsatildi.

💊 Imkoniyati cheklangan bemorlarga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍1🔥1👏1
#davra_suhbati

📢 Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlariga shahar "Yuridik xizmat ko'rsatish markazi" xodimlari tomonidan "Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo'yicha davra suhbati olib borildi.

👨‍💻 Suhbatda bunday harakatlarga ayovsiz kurash olib borish kerakligi, xodimlarning ichki tartib qoidalariga rioya qilishi, har bir xodim o'z ish majburiyatlaridan kelib chiqqan holda kasbiga yondashishi, aholiga profilaktik yordamini ko'rsatishi, bemorlarga chiroyli muomalada bo'lishi, huquqiy madaniyatini muntazam oshirib borishi to'g'risida tushuntirishlar berildi.

📝 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-sonli qaror ijrosini ta’minlash.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍2👏2🔥1💯1
Hurmatli hamshaharlar!!!

23-dekabrga O’zbekiston bo’ylab ob-havo prognozi e’lon qilindi

Bugun yurtimizda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja iliq bo‘ladi.
👍1🔥1
👍1👏1