Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.9K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
#bugun

Hurmatli hamshaharlar!!!

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 6-yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga ko'ra, bugun havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Tuman tushadi. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 8-10° iliq boʻladi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

📢 Hurmatli shahrimiz fuqarolari, havo harorati pasayishi va sovuq havo oqimi kelayotganligini inobatga olib Sizlardan xonadoningizga oʼrnatilgan isitish jihozlarini qayta nazoratdan oʼtkazishingizni soʼraymiz.

🔷 Birinchi navbatda isitish jihozini texnik sozligini nazoratdan oʼtkazing. Nosozlik sezsangiz darhol bizga murojaat qiling!

🔷 Tutun yoʼllari va ventilyatsiya tizimlarini normal holatda ishlashiga va tortuvchi kuch borligiga eʼtibor qarating!

🔷 Gaz plitadan uyni isitish maqsadida foydalanmang. Bu xavfli!

🔷 Gazdan foydalanish qoidalariga qatʼiy amal qiling.

🔷 Bu oʼzingiz va oila a'zolaringiz salomatligi kafolati ekanligini yoddan chiqarmang!

☎️ Gaz sizib chiqish holatini sezsangiz, qisqa 104 yoki 99 004-81-04 raqami orqali mutaxassisni chaqiring.

✍️ "Nurafshonshahargaz" taʼminoti bo'limi

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#bilasizmi

🔰 I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

☑️ Shuningdek, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi.

🔷 Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

✍️ Hurmatli fuqarolar! Agar Sizda ushbu masalaga oid qo‘shimcha savol va takliflar bo‘lsa, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Nurafshon shahar bo‘limining 70-76-25-997 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#diqqat

SSV sotuvi toʼxtatilgan preparatlar roʼyxatini eʼlon qildi

Chuqurlashtirilgan sifat nazorati natijalariga koʼra, «Dok-1 Maks» hamda «Аmbronol» dori vositalarining ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi oʼrniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol moddalari mavjudligi maʼlum boʼldi.

Shuningdek, Sogʼliqni saqlash vazirligi «Quramax Medical» tomonidan 2022 yil Oʼzbekistonga olib kirilgan barcha preparatlar sotuvini toʼxtatdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon
#tibbiyot_birlashma
#tushuntirish_ishlari

📝 Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari va mahalla patronaj hamshiralari tomonidan MFYlarda ta'qiqlangan dori-vositalarini qabul qilmaslik, har bir dorilarni albatta shifokorlar tavsiyasi bilan iste'mol qilish yuzasidan targ'ibot ishlari amalga oshirilmqda.

🔶 Tushuntirish ishlari shahrimizdagi barcha mahallalarda tizimli ravishda davom etmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon
#sektorlar_shtablari
#xotin_qizlar_tizimi

Nurafshon shahrida joylashgan 4 ta sektorning barchasida "Ayollar daftari" 4-bosqich shtablari tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda mas'ullar tomonidan u yerda samarali ish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Ishchi guruhi a'zolari bilan hamkorlikda mahallalarda xatlov jarayonlari qizg'in pallada davom etmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube