Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.3K photos
3.94K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Kommunal soha xodimlariga qulay mehnat sharoiti yaratilmoqda

Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Saliyev shahrdagi hududiy gaz ta’minoti bo‘limi, elektr tarmoqlari korxonasi va oqova suv tizimi idoralarida ishchi hodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bunda shahar hokimi kommunal soha xodimlariga qulay mehnat va dam olish sharoitlarini yaratishga alohida urg‘u berdi. Jumladan, idoralarda xodimlar uchun oshxona, dam olish va isinish xonalarining tashkil etilganligi, ularning zarur maishiy texnika jihozlari bilan ta’minlanganligi ko‘zdan kechirildi.

Bundan tashqari, xodimlarga 1 qopdan un va 5 litrdan yog‘ mahsulotlari tarqatildi.

Nurafshon shahri hokimi M.Saliyev xodimlarga qulay sharoit yaratish uchun zarur ko‘rsatmalar berdi.
#Qutlov

Bugun Shahar hokimligi bosh yuriskonsulti Muqimov Anvarjon Rasulovichni tavallud topgan kuni.

Nurafshon shahar hokimligi jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz. Unga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

💐 Tabriklaymiz!
#rasmiy_munosabat

“Oppoq” mahallasidagi chiqindi tozalanmoqda

“Yoshlar kundaligi” media loyihasida “Nurafshonning “Oppoq” mahallasida hamma yoq oppoqmi?” sarlavhali post e’lon qilindi.

Unda Nurafshon shahridagi “Oppoq” mahallasi hududida chiqindining maxsus joyga tashlanmagani tanqid qilingan.

Holat Nurafshon shahri hokimligi tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, “Toza hudud” filiali xodimlari tomonidan tozalandi.

O‘z navbatida aholidan chiqindilarni belgilanmagan maxsus joyga tashlanmasliklarini so‘raymiz.

Nurafshon shahri hokimligi ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar bilan hamkorlik qilishda davom etadi.

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube