Nurafshon shahar hokimligi
2.03K subscribers
36K photos
3.32K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahrida faoliyat yuritayotgan xorijiy korxona tomonidan elektr o‘tkazishga texnik shartga ko‘ra, oshiqcha bir milliard so‘mlik qo‘shimcha va homiylik ishlarini bajarishi talab qilinayotgani aytilib, viloyat hokimligining investisiyalar bilan ishlovchi mutasaddilaridan holat bo‘yicha amaliy yordam berilishi so‘ralgan tanqidiy material e’lon qilindi.

📌 Murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

"ABLE SURPLUS" MChJ tomonidan 2021-yil 25-noyabrda auksion savdolari orqali Nurafshon shahar "Xurriyat" MFY hududidan 1 ga (jami 4 ta lot) yer maydoni yutib olingan.

Mazkur korxona tomonidan "Davlat xizmatlari markazi" orqali 2022-yil 20-sentyabr kunida "Xurriyat" MFY hududida joylashgan "ABLE SURPLUS" MChJga qarashli Truba ishlab chiqarish zavodi tashkil etish investision loyihasi uchun elektr tarmoqlariga ulash maqsadida 680 kVtga murojaat qilgan.

Nurafshon shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda, "ABLE SURPLUS" MChJ bilan 2022-yil 27-sentyabrda 150 million so‘m shartnoma imzolanib, hozirda mazkur korxona hisob raqamidan "Toshkent NETK" AJ hisob raqamiga 50 million so‘m ko‘chirib o‘tkazilgan, qurilish obyekti uchun tortiladigan 6 kV havo elektr tarmog‘ini loyiha-smetada ko‘rsatilgan ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda korxona qurilish ishlarini boshlash arafasida bo‘lib, loyihalash ishlari yakunlangan, yer ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi.

📎 Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi 5233-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil -iyundagi 306-sonli qarorlariga muvofiq haqiqatdan ham xorijiy va mahalliy investorlarning investisiya loyihalarini tashqi infratuzilmaga ulash harajatlarini davlat byudjeti hisobidan amalga oshirish tartibi belgilangan.

Bu borada Toshkent viloyati hokimligi qoshida maxsus ishchi guruh tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan mazkur ishchi guruhga murojaat qilish boshlangan.

📍Unga muvofiq loyiha qiymati 200 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan investisiya loyihalari tashqi infrastrukturaga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ulanib berilishi belgilangan. Shu bilan birga, investisiya loyihasining ishlab chiqarish maydonigacha tashqi infratuzilmasini qurish va moliyalashtirish talabgorlar tomonidan investisiya loyihasining kamida 50 foizi o‘zlashtirilgan taqdirda boshlanishi hamda loyiha tashabbuskori tomonidan o‘rnatilgan tartibda ishchi guruhga tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

@Nurafshonpressa
#rasmiy_munosabat

Joriy yilning 21-dekabr kuni "Yoshlar kundaligi" telegram kanalida e'lon qilingan "Mirzayevning tashabbusi kimning tashabbusi bilan paysalga solinmoqda?" (https://t.me/c/1247517364/15293) nomli maqolasi yuzasidan Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi:

Toshkent viloyati hokimining 2022-yil 25-noyabrdagi “Viloyatda “3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni”ni munosib o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishiga asosan:

Nurafshon shahar hokimining 2022-yil 7-dekabr kuni 327-10-213-F/22 sonli Shaharda "3-dekabr - Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni"ni munosib o'tkazish to'g'risida farmoyishi va unga ilova tarzda shaharda "Mehr-muruvvat oyligi"ni o'tkazish bo'yicha shahar ishchi guruhi tarkibi tasdiqlangan.

1️⃣ 3-dekabr "Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni" munosabati bilan ko‘zi ojiz bo'lgan fuqarolar uchun shahrimizdagi "O'zbegim" to'yxonasida bayram dasturxoni tashkil etildi hamda ularga esdalik sovg'alari va buyumlari topshirildi.

2️⃣ Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasi hamda Oilaviy poliklinikasida jami 97 ta I-guruh nogironligi bor bemorlar, og'ir ijtimoiy sharoitdagi shaxslar mavjud. 21.12.2022 yil holatiga ko'ra jami 42 ta nogironligi bor fuqarolar mahalla kesimida tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Imkoniyati cheklangan bemorlarga bepul dori-darmonlar tarqatildi. Bu tadbirlar 30-dekabr kunigacha davom etadi.

3️⃣ Nurafshon shahridagi 22 ta MFYlarda istiqomat qilib kelayotgan 98 nafar nogironligi bor fuqarolarga byudjet va homiylar mablag'lari hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari, nogironlik aravachalari, eshitish moslamasi, hassa, qo'ltiqtayoq va boshqa lozim bo'lgan uskunalar topshirildi.

4️⃣ Shuningdek, "Mehr muruvvat oyligi" doirasida "Xayr saxovat dekadasi" tashkil etilib shahar oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan nogironligi bo'lgan va yakka-yolg'izlarning uylariga borib, ularning holidan xabar olinib, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

"Mehr muruvvat oyligi" doirasida qilinayotgan ishlar va jarayonlar hokimlikning quyidagi ijtimoiy tarmoqlaridagi manzillari orqali muntazam yoritib borilmoqda.

📲 Batafsil:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#rasmiy_munosabat

“Oppoq” mahallasidagi chiqindi tozalanmoqda

“Yoshlar kundaligi” media loyihasida “Nurafshonning “Oppoq” mahallasida hamma yoq oppoqmi?” sarlavhali post e’lon qilindi.

Unda Nurafshon shahridagi “Oppoq” mahallasi hududida chiqindining maxsus joyga tashlanmagani tanqid qilingan.

Holat Nurafshon shahri hokimligi tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, “Toza hudud” filiali xodimlari tomonidan tozalandi.

O‘z navbatida aholidan chiqindilarni belgilanmagan maxsus joyga tashlanmasliklarini so‘raymiz.

Nurafshon shahri hokimligi ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar bilan hamkorlik qilishda davom etadi.

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#rasmiy_munosabat

Toshkent viloyati hokimligi 2023-yil 10-aprelda fuqaro K. Oltiyeva va oila a'zolarining ijtimoy tarmoqda tarqatgan video murojaati yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM