Yangi obod mahalla fuqarolari yig‘ini Nurafshon City hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.
Dehqonobod mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi R.Ilesov otaxonimiz holidan xabar olindi
4-sektor rahbari S.Norxodjayev tashabbusi bilan bugun Sumalak sayli shahar markazida joylashgan Amfiteatrda bo‘lib o‘tmoqda. Sizlarni yangilanish va yosharish fasli bo‘lmish Bahor faslining ilk kunlariga bag‘ishlab "Urf odat qadriyat an’ana va yoshlar" shiori ostida o‘tkazilayotgan "Sumalak sayili"ga taklif etamiz Aziz vatandoshlarimiz.
"O‘zbek jang san’ati" federatsiyasi vakili Sh.Usmonov shahar Sport maktabi bilan hamkorlikda “Taraqqiyot” mahalla fuqarolari yig‘inida joylashgan 57-umumta’lim maktabi sport zalida shahardagi 13 ta umumta’lim maktablari Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga seminar trening tashkil etdi.
Mazkur seminar trening yakunida "O‘zbek jang san’ati" a’zolari tomonidan o‘qituvchi hamda maktab o‘quvchilari uchun sahna ko‘rinishini ko‘rsatib berildi.
Mazkur seminar trening yakunida "O‘zbek jang san’ati" a’zolari tomonidan o‘qituvchi hamda maktab o‘quvchilari uchun sahna ko‘rinishini ko‘rsatib berildi.
Nurafshon shahrida bugungi Sumalak sayli o‘zgacha shukuhda o‘tmoqda. Chunki bayram ustiga bayram qo‘shilib 7 nafar bolajonlarimizning toy to‘ylari bo‘lib o‘tmoqda. Bolajonlar quvonchi cheksiz, tadbirda ularga shahar hokimi M.Saliev va 4-sektor rahbari DSI boshlig‘i S.Narxadjayev tomonidan sovg‘alar tarqatildi. Toy bolalarga bugungi kun o‘zgacha quvonchli bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.