Nurafshon shahar 57-sonli o‘rta ta'lim maktabi majlislar zalida shahar hokimi, prokuror, IIB boshlig‘i rahbarlari boshchiligida Taraqqiyot va Yuksalish mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi aholining turmush tarzi va ijtimoiy masalalarini o‘rganish bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi. Bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari atroflicha va to‘liq o‘rganib chiqilishi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha shaharning tegishli mutasaddi tashkilotlariga topshiriqlar berilidi. Ijrosi hudud sektori rahbari tomonidan nazoratga olindi.
Nurafshon shahar 2-sektor hududidagi Obod turmush mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi noqonuniy qurilmalar buzilib, sektor rahbari F.Mirzayevning tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.