Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
#Shukuh

Shahrimiz bo‘ylab Navro‘z sayillari bo‘lib o‘tmoqda. Qorli-qirovli kunlar ortda qoldi. Ko‘ngillar ko‘klam sururidan yayramoqda. Ona zamin uzra bahoriy nasim esa boshladi. Tabiatda mo‘jizaviy uyg‘unlik kuzatilmoqda: kechagina oppoq qordan qaddi-basti egilgan, qahraton sovuqda diydiragan dov-daraxtlar bugun kurtak yozdi. Nozik novdalarga gul bitdi, qiyg‘os gullagan bog‘lar kapalak va bolarilarga oshyon bo‘ldi.

Butun borliqda uyg‘onish, yangilanish, yasharish manzaralari. Borliqdagi uyg‘onish, yangilanish va yasharish ozod va obod Vatanimizga boqiy bayram, qut- baraka, to‘kinlik va mehru oqibat ramzi – Navro‘zi olam kelganidan darak beradi. Yurtimiz tinch. Osmonimiz musaffo. Bir dunyo orzular bilan ertani kutib, kelajakka ishonib, to‘yu-tomoshalar qilish, yangi uy-joylar solish, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish niyatida yashayotgan xalqimiz "Xush kelibsan o‘lkamizga, Navro‘zi olam, qadaming qutlug‘ bo‘lsin! Yurtimizdagi tinchlik-omonlikka ko‘z tegmasin!" deb Navro‘zga peshvoz chiqmoqda.

Shunday tananalarga to‘ylar ulanib ketmoqda bugun Nurafshon shahar Dehqonobod mahalla fuqarolari yig‘inida Nurafshon shahar hokimi 1-sektor rahbari tashabbusi bilan mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 6 nafar farzandlarini “Toy to‘y”lari Navro‘z bayramiga qo‘shib o‘tkazib berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#shukuh
#jarayon

Joriy yilning 14-mart kuni Nurafshon shahar 1-sonli umumta’lim maktabida 21-mart-Navro‘z bayrami, uning tarixi va qadriyatlariga bag‘ishlangan "Zemlya, gde snyatsya sennosti" mavzusida rus sinf o‘quvchilari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi rahbari O.Zakirov o‘quvchilarga "Navro‘z" umumxalq bayramini nishonlashda urf-odatlarimiz haqida gapirib berdi. Ushbu bayram umumxalq bayrami ekanligiga alohida e’tibor qaratdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan she’rlar o‘qish, qo‘shiqlar va raqslar ijro etish bilan tayyorlangan chiqishlar namoyish etildi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website