Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
#shukuh
#jarayon

Joriy yilning 14-mart kuni Nurafshon shahar 1-sonli umumta’lim maktabida 21-mart-Navro‘z bayrami, uning tarixi va qadriyatlariga bag‘ishlangan "Zemlya, gde snyatsya sennosti" mavzusida rus sinf o‘quvchilari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi rahbari O.Zakirov o‘quvchilarga "Navro‘z" umumxalq bayramini nishonlashda urf-odatlarimiz haqida gapirib berdi. Ushbu bayram umumxalq bayrami ekanligiga alohida e’tibor qaratdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan she’rlar o‘qish, qo‘shiqlar va raqslar ijro etish bilan tayyorlangan chiqishlar namoyish etildi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Shukuh

"Birlik" mahalla yig'ini fuqarolari uchun yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga topshirildi. Bugungi ushbu shodiyona kuniga mahallaning Navro'z sayli ulanib ketdi. Bayram tadbiri keng jamoatchilikning ko`tarinki kayfiyatida o'tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website