Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
#hamkorlik

Joriy yilning 15-17-mart kunlari Toshkent viloyati hokimligi va Tatariston Respublikasi o‘rtasida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha Toshkent viloyati delegatsiyasi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali va Nurafshon business city rahbariyati bilan «INNOPOLIS» oliy ta’lim muassasasi rektori, professor Tormasov Aleksandr Gennadevich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida TATU Nurafshon filiali va «INNOPOLIS» universiteti o‘rtasida yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda strategik sherikchilikni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi. Hamkorlik boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqish va shu asosida memorandum imzolash kelishib olindi.

Shuningdek, hamkorlikda «INNOPOLIS» universitetida o‘qishni davom ettirish, almashinuv dasturlarida ishtirok etish va TATU Nurafshon filialining yosh tadqiqotchilari uchun ilmiy stajirovka hamda malaka oshirish bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
 
Ma’lumot o‘rnida qo‘shimcha qilish mumkinki, 2021-yilda Innopolis universiteti Forbes jurnali tomonidan Rossiya Federatsiyasining 100 ta eng yaxshi universitetlari reytingida 12-o‘rinni egallagan.

Innopolis universiteti qo‘shma xalqaro ilmiy nashrlar toifasida U-Multirank reytingida 2000 ta universitet ichida eng yaxshi 25 talikka kirgan. Rossiya IT universiteti ushbu toifadagi eng yaxshi 25 talikka kirgan birinchi Rossiya universiteti bo‘lgan.
Vashingtondagi Amerika universiteti kompyuter fanlari professori Mark Nelson tomonidan tuzilgan Institutions Active in Technical Games Research reytingida universitet 74-oʻrinni egallagan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#umumxalq_hashari

Nurafshon shahar hokimligi xodimlari umumxalq hashariga o'z hissalarini qo'shishmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website