Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Bugun elni birlashtirgan ezgu qadriyat - umumxalq hashari tufayli hududlar obod va koʻrkam manzilga aylanmoqda. Qisqa satrlarda shu haqida soʻz yuritamiz.
🔘Nurafshon shahri. Mudofaa vazirligi Toshkent harbiy okrugi hamda shahardagi barcha tashkilotlar jamoalari hasharda qatnashishdi. Jarayonga 200 nafardan ziyod odamlar hissa qoʻshib, 2000 tup darax koʻchatlari ekishdi.
🔘Ohangaron shahri. Bugungi hasharga shahar Kengashi deputatlari ham hissa qoʻshishdi."Great finance" mchj rahbari Jamshid Uzakov boshchiligida "Birlik" mfy hududida 270 tup manzarali daraxtlar ekildi.
🔘Olmaliq shahri. Navroʻz bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida eʼlon qilingan umumxalq xayriya hasharida mahallalar boʻylab obodonlashtirish ishlari jadal olib borilib, hududlarni saranjomlash, obodonlashtirish, daraxt koʻchatlari ekish, yerlarni tekislash kabi ishlar bajarilmoqda.
🔘Chirchiq shahri. “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida oʻtayotgan hasharda chirchiqliklar ham faol ishtirok etmoqda.Hashar davomida ko‘chalar, bog‘lar, xiyobonlar va mahallalar hududlari tartibga keltirilib, ko‘kalamzorlashtirildi.
🔘Qibray tumani. Qibrayliklar umumxalq xayriya hashari davomida ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan keksalarning holidan xabar olishni ham unutmadi.
🔘Oqqo'rg'on tumani. Umumxalq xayriya hasharida hududdagi “Tarix va o‘lkashunoslik” muzeyi jamoasi ham faol ishtirok etdi.
🔘Zangiota tumani. Mahallalardagi hasharda ko`plab muammolar bartaraf qilindi.
🔘Piskent tumani. Navro‘z ayyomi arafasida boshlangan umumxalq hasharida yoshlar uyushqoqlik bilan qatnashdi.
🔘Ohangaron tumani. Hashar davomida hudud va ariq-zovurlar turli chiqindilardan tozalandi.
🔘Bekobod shahri. "Yashil makon" umummiliy loyihasi doirasida bekobodlik yoshlar hududda 130 tup o'rik hamda 80 tup bodom ko'chatlari ekdi.
🔘Yangiyo'l shahri. Shahar hokimi boshchiligida barcha korxona va tashkilotlar, shahar FVB hamda harbiylarga joylarda obodonlashtirish va ko‘kalamlashtirish maqsadida umumxalq hasharini amalga oshirish uchun hududlar biriktirilib berildi.
🔘Toshkent tumani. Erta tongdanoq boshlangan hashar joylardagi barcha tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, shuningdek, fuqarolar yig‘inlari hududida davom etdi.
🔘Bo'stonliq tumani. Mahallalar, aholi turar joylarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash ishlari samarali tashkil qilindi.
🔘Bo'ka tumani. Tumanda umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan tashkil qilinib, har bir mahalla fuqarolar yig'inlari va korxona-tashkilotlar hududlarida davom etdi.
📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh
Xush kelding, Navro’z!
Xalqimizning qadimiy tarixi,boy madaniyati va ezgu qadryatlarini o’zida yaqqol mujassam etgan,ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish,yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida to’la namoyin etib kelayotgan Navro’zi olam kuni kecha Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari o’rtasida “Xar kuning Navro’z bo’lsin,jonajon O’zbekistonim!” shiori ostida ko’tarinki ruhda keng nishonlandi.
Navro’z bayrami tadbirida 50 va 60 yoshni qarshi olgan tibbiyot birlashmasida jonkuyarlik bilan mehnat qilib kelayotgan faxriy xodimlarga estalik sovg`alari topshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

#bugun_hashar
Hashar elga yarashar!
Bugun Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan Navro’z bayrami va “Mahallamga 10 tup daraxt-mening tuhfam “ shiori ostida xashar ishlari bo’lib o`tdi.
18- mart umumxalq xayriya hashari,muborak ramazon oyiga tayyorgarlik ko’rish va “Navro’z” bayramini munosib nishonlash maqsadida,Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi,bolalar bo’limi va oilaviy poliklinika hududi va atrof muhitini obodonlashtirish ishlari olib borildi.

#Munavvar_oqshomlari
📣 Hurmatli Nurafshon shahar aholisi!
🌸Joriy yilning 17-mart kunidan boshlab "Munavvar oqshomlari" gala konserti har kuni Sizlar uchun 18:00 dan boshlanadi.
⭐️Unda Sizlar uchun taniqli xonandalar ko'ngil ochar dasturlarini hamda qiziqarli sahna ko'rinishlarini taqdim etadi.
✅ Manzil: Nurafshon shahar markaziy Amfiteatr binosi.
⏰ Eslatib o'tamiz dastur boshlanish vaqti: 18:00.