Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
Audio
"Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida Toshkent viloyati hududlarida ham bayram tadbirlari oʻtkazilmoqda. Bugungi kun dayjesti Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlanadi

🔘Ohangaron shahri. Bugun shaharning "Yangilik" MFYda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda mahallaning faol nuroniylari ishtirokida sumalak sayli oʻtkazilmoqda.

🔘Nurafshon shahri. "Urf, odat, qadriyat, an'ana va yoshlar" shiori ostidagi sumalak sayli bayramona kayfiyat bagʻishladi.

🔘Piskent tumani. "Ko‘lota" mahallasida ham Navro‘z ayyomi ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlandi.

🔘Chirchiq shahri. Shahardagi "Kimyogarlar" to'yxonasida shahar hokimligi, "Maxam-chirchiq"AJ va "Mahalla hayriya jamoat fondi" tashabbusi bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

🔘Yangiyo'l tumani. Navroʻz bayramiga bagʻishlab "Hokim kubogi" futbol musobaqasining final bosqichi oʻtkazildi va "Navroʻz kubogi" oʻz egalariga topshirildi.

🔘Parkent tumani. Bugun Yoshlar bog'ida “Xush kelding Navro‘z” nomli bayram sayli munosabati bilan yugurish hamda velomarafon musobaqalari bo'lib o'tdi.

🔘Oqqo'rg'on tumani. Tumandagi “Yoshlar bog‘i”da 2600 nafardan ortiq aholi ishtirokida Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi.

🔘Toshkent tumani. Tumanda Navro'z sayli va "KELES MUNAVVAR OQSHOMLARI" oʻtkazildi.

🔘Yangiyo'l shahri. Bugun shahar Sport maktabida Navro‘z tantanasi o‘tkazildi. Bayram sayli avvalida shahar hokimi F.Mirzayev so‘zga chiqib, barchani bugungi bayram bilan muborakbod etdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#online

Bugun Nurafshon shahrida bo'lib o'tadigon Navro'z bayrami boshlanish arafasida


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
⭕️Live

Viloyatimizning maʼmuriy markazi Nurafshon shahrida Navroʻz tantanalari boshlanib ketdi.

Asosiy maydon tomoshasi amfiteatrda boʻlib oʻtmoqda. Bayramona bezatilgan maydonga sektor rahbarlari, faollar hamrohligida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev kirib keldi.

Bayram munosabati bilan shahar va tumanlar muhtasham pavilyonlar tashkil etishgan, asosiy maydonga odamlar bosh dosturni tomosha qilgani oshiqmoqda.

Umumxalq sayli rasmiy sahifalarimizda jonli efirga uzatilmoqda.

Jonli efir
🔹Facebook
🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM