Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.03K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
#Jarayon

"Maʼrifat" mahalla fuqarolar yigʻinida aholi bilan referendum oldi targʻibot ishlari olib borildi. Targʻibotda Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan yangilik va oʻzgarishlar, mazkur qonun loyihasi asosida shu yilning 30-aprel sanasida oʻtkazilishi kutilayotgan referendum toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Jarayon

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar yuzasidan joriy yilning 30-aprel kunidagi oʻtkazilishi moʻljallangan Referendum sayloviga Toshkent viloyati Tez tibbiy yordam filiali hodimlarini va jamoatchilikni keng jalb etish maqsadida, Nurafshon shahrining “Arena” amfiteatirida keng jamoatchilik yigʻilishi oʻtkazilib, tashkilot hodimlari va ularning yaqinlarini Oʻzbekiston Respublikasida boʻlayotgan islohatlarga befarq boʻlmagan holda oʻz fuqarolik pozitsiyasini bildirib davlatimiz, jamiyatimiz, xalqimiz irodasi va hohishini aks ettiruvchi muhim qomus qabul qilinishiga keng jalb etish ishlari amalga oshirildi. Targʻibot ishlarini Respublika ixtisoslashtirilgan Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori D.I.Axmedova, Nurafshon shahar deputatlar kotibiyati mudiri E.Ernazarov, RTTYOM Toshkent viloyati filiali direktori D.G.Buribayeva, RTTYOM Toshkent viloyati filiali direktor oʻrinbosarlari A.O.Kurbanov, X.I.Kurbanov, O.K.Tugalov, R.MS.Gaffarovlar olib bordilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#obodonlashtirish

Yuksalish mahalla fuqarolari yigʻinida aholi bilan birgalikda mahalla koʻrkiga koʻrk qoʻshish uchun obodonlashtirish ishlari va koʻchat ekish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Bayonot

Toshkent viloyati, Nurafshon shahar hamda O‘rta Chirchiq tumani chegaradosh hududda joylashgan “Oppoq” hamda “Burgalik” MFYlari hududlarida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavha bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

Vaziyat shahar hokimining o‘rinbosari Saidkamol Ubaydullaev tomonidan nazoratga olindi va o‘rganish ishlari boshlandi.

Nurafshon shahar hokimligi yaqin soatlarda holat bo‘yicha batafsil va asoslantirilgan axborot beradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Maʼnaviyat

“Milliy an’ana va qadriyatlar – o‘zbek xalqi ma’naviyatining ajralmas fazilatidir"

Ma’naviyatimizning o‘zagi milliy - an’analarimiz oila bag‘rida, mahalla ostonasida shakllanib kamol topgan bo‘lib, asrlar davomida ajdodlarimizdan avlodlarga meros sifatida yetib kelgan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimiz ham milliyligimiz ramzi bo‘lib, katta qadrga egadir. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi, Nurafshon shahar Oila va xotin qizlar bo‘limi, shahar Xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida 13- sonli umumta’lim maktabdia “Ona allasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Alla – beshik qo‘shig‘i bo‘lib, bola tug‘ilgandan to beshikdan chiqquncha aytilgan. Yana u xalq og‘zaki ijodi. Bolani yo‘rgaklash, beshikka solish, uxlatish, uygongan bolani yo‘rgakdan yechib olish singari mashg'ulotlar kuylar, chiroyli ohangdor so‘zlar bilan tadbir juda mazmunli o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website