Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.8K photos
4.05K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#Bildirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 143-sonli qarori ijrosini hamda aholi xavfsizligini taʼminlash, yo‘l-transport harakatini tartibga solish, turli favqulodda holatlarni oldini olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga muvofiq: Nurafshon shahrida Yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 9 - may kuni soat 07:00 dan 11:00 ga qadar Nurafshon shahar Toshkent yo‘li ko‘chasi 4R2 avtomobil yo‘lining 33-34-kmda harakatlanish qismida avtotransport qatnovi harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Avtotransport vositalarini 4R 20, 4R 22 yo‘li hamda G 62 yo‘li bo‘ylab harakatlanish choralari ko‘riladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Xotira_va_qadrlash_kuni
#Nurafshon

NURAFSHONDA XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN TANTANALI MAROSIM OʻTKAZILDI


Nurafshon shahri markazidagi Xotira maydonida Motamsaro Ona haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamda korxona va tashkilotlar, jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Maʼlumot oʻrnida, Toshkent viloyatidan II jahon urushi frontlariga 122 mingga yaqin fuqaro yuborilgan.

Shudan, 70 mingdan ziyodi frontlarda halok boʻlgan 5,5 mingga yaqin jangchi bedarak yoʻqolgan.

Urush yillarida viloyatga 27 ta zavod va fabrikalar evakuatsiya qilingan. Ular front uchun kerakli qurol-aslaha, kiyim-kechak va shu kabi kerakli jihozlarni frontga yuborish uchun xizmat qilgan.

Hozirgi kunda viloyatda 26 nafar II jahon urushi qatnashchilari istiqomat qiladi. Bayram arafasida ularga davlat rahbarining tabrigi va bir martalik pul mukofotlari topshirildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube
🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM