Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#Nurafshon shahar hokimi maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi.

📗Shahar hokimi I.Klichxanov 48-umumta’lim maktabi bitiruvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatining jadal amalga oshirilayotganligi, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil suhbatlashildi. Ayniqsa, yoshlarni jamiyatning turli sohalarida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishi, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi hamda qiziqqan kasb-hunarlarini mukammal egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi alohida ta’kidlandi.
📌Shahar hokimi I.Klichxanov maktab bitiruvchilarining qiziqtirgan savollariga javob berib, ular bilan jonli tarzda mazmunli muloqot olib bordi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Joriy yilning 22-may kuni shahar hokimligi Bolalarni himoya qilish shoʼba mudiri A.Jonqobilov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari О.Zakirov, shahar IIB inspektor psixologi katta leytenant Sh.Madaliev va Toshkent viloyati nuroniylar kengashi aʼzosi V. Madmarovlar hamkorligida “Har bir bola davlat himoyasida” mavzusida shahardagi 26-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari bilan targ‘ibot tadbir tashkil etildi.

♻️ O‘tkazilgan tadbirdan maqsad o‘quvchilarga tinchlik oliy ne’matligi, g‘ayri-ijtimoiy xatti-harakatlar sodir qilinishini oldini olish, jinoyat va uning salbiy oqibatlari mavzusida o‘quvchilar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Har bir murojaat e'tibor markazida!

Shahar hokimining birinchi o'rinbosari boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi

Inson manfaatlarini ta`minlash uchun avvalo, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi. Davlat xizmatchilarining xalq bilan muloqotga kirishishlari uchun asos yaratish maqsadida, Nurafshon shahrida sayyor qabullar tashkil etilib kelinmoqda.

Bugun shahar hokimining birinchi o'rinbosari Q.Alkarov boshchiligida fuqarolar uchun sayyor qabul bo’lib o’tdi.

Qabul davomida 30 ga yaqin murojaat tinglandi. Fuqarolar salomatligini davolatish, mahalladan moddiy yordam, subsidiyaga uy olish, yer olish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda shu kabi masalalar yuzasidan murojaat qildilar.

Hokim o'rinbosari mavjud muammolarni o'rganish hamda bartaraf etish uchun mas'ullarga ko‘rsatmalar berdi. Ayrim murojaatlar yuzasidan muammo joyiga chiqib o‘rganishlar olib bordi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Toshkent_viloyati
#Nurafshon_shahar

"Yangi O‘zbekiston avlodlarimiz"

🔰 Bugun Nurafshon shahardagi 25-sonli umumtaʼlim maktabi 4-B sinf o‘quvchilari ishtirokida "Yangi O‘zbekiston avlodlarimiz" mavzusida  ochiq tarbiyaviy soat o‘tkazildi.

♻️ Tadbir davomida bolalar Vatanimiz tarixi haqida gapirib, sheʼrlar o‘qib, qo‘shiqlar ijro etib, milliy raqslarni namoyish etishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website