Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.5K photos
3.2K videos
44 files
10K links
Download Telegram
#FVB_Nurafshon
#Yoshlar
#Tadbirkorlik

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yoshlarda
tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘quv-amaliy ekskursiya tashkillashtirildi.

Dastavval "Obod turmush", "To‘y-tepa" mahalla fuqarolari yig‘inida istiqomat qiluvchi bir guruh yoshlar Nurafshon shahridagi Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot xavfsizligi o‘quv markazida bo‘lishib, uy yerdagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

🔰So‘ngra O‘rta chirchiq tumanida joylashgan qo‘ziqorin yetishtirib chiqarish dehqon xo‘jaligida bo‘lishib, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Tashkil etilgan davra suhbatida yoshlarga tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar xususida so‘z borib, tegishli tavsiyalar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#tadbirkorlik

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov "Degantepa" MFY hududida joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlashga mo‘ljallangan "FOOD AGRO" korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Tadbirkorning muammo va takliflari o‘rganildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#tadbirkorlik
#uchrashuv

Nurafshon shahar hokimligining majlislar zalida "O‘zmilliybank"AJ Nurafshon BXM boshqaruvchisi T.Nishonxo‘jayev aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida fuqarolar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda shahar hokimli iqtisodiy kompleks vakillari, shahar moliya bo‘limi, Savdo-sanoat palatasi Nurafshon shahar bo‘limi rahbari hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi fuqarolar va yoshlar ishtirok etdi.

Unda Aholini ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish ishlari amalga oshirilib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan aholi muammolari hal etish choralariga asosan mas’ul idoralar bilan hamkorlikda hal etilishi belgilab olindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Президент Шавкат Мирзиёев Кўксарой қароргоҳида мамлакатимизнинг етакчи тадбиркорлари билан учрашди. Видеоселектор шаклида ўтган мулоқотда соҳани қўллаб-қувватлаш бўйича йил якунлари ва 2025 йилга мўлжалланган режалар муҳокама қилинди.

Президент Шавкат Мирзиёев в резиденции "Куксарой" провел встречу с ведущими предпринимателями страны. В формате видеоселекторного совещания обсуждены итоги года по поддержке предпринимательства и планы на 2025 год.

#Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #tadbirkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X