Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔍Diqqat, diqqat,
👍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi yurtimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan 33 ta loyiha tanlovini e’lon qiladi.

🔍 G‘oliblar O‘zbekiston mahallalari uyushmasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

🔍 Tanlovga joriy yilning 15-iyun kunidan start beriladi.

✈️ Bizni kuzatishda davom eting, yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

#Mahallalaruyushmasi #Mustaqilligimizning_33_yilligi #tanlov

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
#tanlov

Nurafshon shahridagi Yoshlar markazi binosida yoshlarning sevimli tanloviga aylangan "Zukko kitobxon" intellektual tanlovining Toshkent viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.

Unda viloyatning barcha
tuman va shaharidan kelgan kitobxonlar ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇1-o'rin: Ohangaron tumani jamoasi;
🥈2-o'rin: Chirchiq shahar jamoasi;

🥉3-o'rinni: Nurafshon shahar jamoasi qo‘lga kiritdi.

G'olib jamoalar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1
#tanlov
#yoshlar

“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” – 2024

Nurafshon shahar mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng namunali mahalla yetakchisi” tanlovining shahar  bosqichi o‘tkazildi.

Mahalla tizimida yoshlarning haqiqiy yo‘lboshchisi sifatida xizmat qilayotgan yoshlar yetakchilari 10 ta yo‘nalish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Elon #tanlov

Toshkent viloyati IIBB tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibi lavozimlari uchun
tanlov e’lon qilinadi

Arizalar faqat onlayn tarzda joriy yilning 21-31-yanvar kunlari qabul qilinadi.

👉Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
#Elon #Tanlov

❗️Toshkent viloyati IIBB tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibi lavozimlari uchun
tanlov e’lon qilinadi

Arizalar faqat onlayn tarzda joriy yilning 21-31-yanvar kunlari qabul qilinadi.

Batafsil👉 https://tviibb.uz


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Nurafshon_shahar
#tanlov

🌱“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.


🌳Insonlar tabiatga azaldan qaram, ular tabiatsiz yashay olmaydi. Shuning uchun tabiatni asrashga barcha birdek mas’ul.

🌱Joriy yilning yanvar-mart oylarida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik tanlovi o‘tkazilishi belgilangan.

🌳 Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida tanlovning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda 4-maktab jamoasi g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdi. Shuningdek, Ekologiya Nurafshon shahar bo‘limi rahbari M.Xasanov, Nurafshon shahar ma’naviyat bo‘linmasi rahbari N.Shaumarova tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1🔥1👌1
#TANLOV

🎬"TURON"
🎭“Teatr ibratxonadir”


🔰 Avval xabar berganimizdek, ikki kun davom etgan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rtasida "Teatr – ibratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning Toshkent viloyati hududiy bosqichi qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi.

💠18-19-fevral kunlari Agentlikning Toshkent viloyatida joylashgan maktablarining 14 ta teatr jamoalari o‘zaro bellashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1️⃣Nurafshon shahridagi Prezident maktabi teatr jamoasi- birinchi o‘rinni;

2️⃣Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktab teatr jamoasi -ikkinchi o‘rinni;

3️⃣Bo‘stonliq tuman ixtisoslashtirilgan maktab teatr jamoasi -uchinchi o‘rinni egallashdi.

🔰Tanlovning Respublika bosqichida Nurafshon shahridagi Prezident maktabi teatr jamoasi ishtirok etadi.

😎Телеграм | 😎Instagram  | 📹Youtube | 😎Tik tok | 😎Facebook
“Yilning eng yaxshi hamshirasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Nurafshon shahridagi "Tong" madaniyat saroyida Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi xodimlari o‘rtasida "Yilning eng yaxshi hamshirasi" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilar o‘z malakalarini namoyish etib, sog‘liqni saqlash tizimiga qo‘shgan hissalarini taqdim etdilar.

Tadbir davomida shahar Madaniyat bo‘limi xodimlari o‘z chiqishlari bilan ko‘rik-tanlovga ko‘ngilochar va jozibador tus berdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni terapiya bo‘limi hamshirasi Z. Qo'ziboyeva, 2-o‘rinni KTM bo‘limi hamshirasi M. To'xtayeva, 3-o‘rinni esa ginekologiya bo‘limi katta hamshirasi X. Boyeva egalladi.

G‘oliblar va ishtirokchilar Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi va kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

#Ko'rikTanlov #YilningEngYaxshiHamshirasi #SogliqniSaqlash #Nurafshon #Tibbiyot #Hamshira #Tanlov #G‘oliblar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍5🔥1
#tanlov

"Ona tilim — Vatan ruhi, millat faxri”


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan maqola va she’rlar tanlovi e’lon qilinadi!

🖌 Tanlov yo‘nalishlari:

1️⃣ Maqolalar tanlovi – O‘zbek tilining go‘zalligi, so‘z boyligi hamda milliy qadriyatlardagi o‘rni haqida tahliliy yoki publitsistik ruhdagi maqolalar.
2️⃣ She’rlar tanlovi – Ona tiliga muhabbat, Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va faxrni kuylovchi badiiy asarlar.

📌 Ishtirok etish shartlari:
Asarlar muallif tomonidan yozilgan bo‘lishi kerak.
Har bir ishtirokchi faqat bitta yo‘nalishda (maqola yoki she’r) qatnashadi.
Asarlar 20-oktabr sanasigacha qabul qilinadi.
Yosh chegarasi yo‘q — har kim o‘z ijodini sinab ko‘rishi mumkin!

• Matnlar elektron shaklda yuboriladi:
https://t.me/toshkent_vohasi_admin

Taqdirlash:
G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va Faxriy diplomlar bilan taqdirlanadi!
Eng yaxshi asarlar Toshkent viloyati Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi sahifalarida e’lon qilinadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

🔎 “Sen iste’dodlisan” tanlovining shahar bosqichi Nurafshonda bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24-oktabr kuni Nurafshon shahri “Barkamol avlod” bolalar maktabida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv sinflari hamda uy sharoitida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida “Sen iste’dodlisan” respublika ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.

✔️ Tanlovda 5 nafar inklyuziv ta’lim sinfi o‘quvchilari hamda 1 nafar uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchi o‘z iqtidorini namoyish etdi.

✔️ Tadbir Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi, “Inson” ijtimoiy himoya xizmati agentligi shahar bo‘limi vakillari hamda boshqa mas’ul tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.

Komissiya a’zolari tomonidan tanlov nizomi talablari va baholash mezonlari asosida o‘tkazilgan saralash yakunlariga ko‘ra, 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

https://t.me/Nurafshonpressa
3👍1
#tanlov

Ko'rik-tanlovning mahalla bosqichi bo'lib o'tdi.


O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tashabbusi bilan mamlakatimiz bo‘ylab “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi. Nurafshon shahridagi Hurriyat mahalla fuqarolar yig'inida mazkur tanlovning quyi bosqichi o'tkazildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Nurafshon shahar bo'limi boshlig'i Zulfiya Maqsudova tomonidan tanlovning maqsadi, o‘tkazilish tartibi va baholash mezonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tanlovning asosiy maqsadi — mahallalarda obodonchilik, poklik va hamjihatlik muhitini yanada kuchaytirish, fuqarolarni o‘z yashash joyini yanada go‘zal va namunali qilishga undash va bu boradagi ishlarni yanada jonlantirishdan iborat.


Eslatib o'tamiz, tanlov shartlariga ko‘ra, har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍31🔥1
#tanlov

"Istedodlar" tanlovi iqtidor egalarini kashf etdi


Marjona Bozorova 12-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining iqtidorli o'quvchilaridan biri. U chizgan rang-tasvir ishlanmalari ko'pchilikni hayratini oshiradi. Bugun qahramonimiz shahar hokimi I. Klichxanovga tasviriy san'atning natyumort janrida yaratgan ijodiy asarini tuhfa qildi. Ana shunday xursandchilik bilan boshlangan "Iste'dodlar" tanlovi murosasiz va qiziqarli jarayonlarga boyligi bilan esda qolarli bo'ldi.


Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo'limi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda tashkilashtirilgan tanlovda o'quvchilar 5 ta yo'nalish bo'yicha o'zlarining bilim-mahoratini namoyish qildilar.

Jumladan:

•Estrada xonandaligi
•Gitara ijrochiligi
•Xoreografiya
•Tasviriy san’at
•Dutor ijrochiligi
yo‘nalishlarida yosh havaskorlar ishtirok etishdi.

Tanlovda faol ishtiroki bilan boshqalarga namuna bo'lgan yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

Tanlovga marhamat!

Joriy yilning 2-3- dekabr kunlari Toshkent viloyati Qo'riqlash boshqarmasida idoraviy jihatdan tegishli bo'lmagan harbiylashtirilgan qo'riqlash bo'linmalaridagi bo'sh lavozimlarni jamlash maqsadida tanlov o'tkaziladi.


Toshkent viloyati Qo'rishlash boshqarmasi ma'muriyati

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3