Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#TATU_Nurafshon
#Xalqaro_hamkorlik

🤩 2024-yilning 21-28 dekabr kunlari TATU Nurafshon filiali direktori N.Nasrullayev xizmat safari bilan Janubiy Koreyada bo‘lib, ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar yo‘nalishida muhim xalqaro hamkorlik kelishuvlariga erishildi.

🖋 Mazkur xizmat safari davomida quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi:

FIRMMIT – zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha yechimlarni taqdim etuvchi yetakchi kompaniya. Memorandum doirasida dasturiy ta’minot ishlab chiqish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash va tajriba almashish kabi yo‘nalishlar rejalashtirildi.

CONCEPTION – innovatsion IT texnologiyalarni ishlab chiqish va rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya. Ushbu hamkorlik zamonaviy IT muammolarni hal etish bo‘yicha qo‘shma tadqiqot va loyihalarni yo‘lga qo‘yishga qaratiladi.

CHUNGBUK NATIONAL UNIVERSITY – Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlaridan biri. Ushbu memorandum orqali talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilishi belgilandi.

KOOKMIN UNIVERSITY – innovatsion ta’lim metodikalarini joriy qilishda yetakchi universitet. Hamkorlik ta’lim dasturlari, qo‘shma konferensiyalar va ilmiy forumlar tashkil etishni ko‘zda tutadi.

CHUNGBUK NATIONAL UNIVERSITY DATA ANALYTICS LAB – ma’lumotlar tahlili sohasida yetakchi ilmiy laboratoriya. Ushbu hamkorlik doirasida ma’lumotlarni qayta ishlash, sun’iy intellekt va big data bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

📈 Shuningdek, safar davomida Janubiy Koreyaning boshqa nufuzli universitetlari va kompaniyalariga tashrif buyurilib, kelgusida o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatlari yuzasidan muzokaralar olib borildi. Mazkur uchrashuvlar ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy qilish kabi yo‘nalishlarni qamrab oldi.

🔔 Ushbu xalqaro hamkorlik, filialimizning nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro maydonda ham IT va ta’lim sohasidagi o‘rni va ahamiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🖥 Barcha imzolangan memorandumlar va kelishuvlar asosida yangi loyihalar yo‘lga qo‘yilib, talabalar va professor-o‘qituvchilarga keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
#TATU_Nurafshon
#Huquqiy_madad

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida "Har bir yoshga huquqiy madad" aksiyasi doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o’tdi.

🖥 Uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i K.Pardaboyeva, Nurafshon shahar Adliya bo‘limi huquqshunosi Sh.Qo‘ziev, “Madad” NNT Nurafshon shahar huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi N.Niyozov, filial ustozlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

💬 Uchrashuvning maqsadi- yoshlar o’rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquqiy bilimlarni targ’ib etish hamda bepul yuridik yordam olish, qolaversa huquqiy savodxonlikni oshirishdan iborat.

➡️ Ushbu tadbir bahs va munozaralarga boy bo‘lib, barcha talaba yoshlarga manzur bo‘ldi. Tadbir so‘nggida mavzuga doir videolavha namoyish etildi. Shuningdek talaba- yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida adliya bo‘limi tomonidan kitoblar taqdim etildi.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
👍1