Nurafshon shahri hokimligi
2.27K subscribers
37.4K photos
3.42K videos
47 files
11K links
Download Telegram
#TATU_Nurafshon
#Huquqiy_madad

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida "Har bir yoshga huquqiy madad" aksiyasi doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o’tdi.

🖥 Uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i K.Pardaboyeva, Nurafshon shahar Adliya bo‘limi huquqshunosi Sh.Qo‘ziev, “Madad” NNT Nurafshon shahar huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi N.Niyozov, filial ustozlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

💬 Uchrashuvning maqsadi- yoshlar o’rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquqiy bilimlarni targ’ib etish hamda bepul yuridik yordam olish, qolaversa huquqiy savodxonlikni oshirishdan iborat.

➡️ Ushbu tadbir bahs va munozaralarga boy bo‘lib, barcha talaba yoshlarga manzur bo‘ldi. Tadbir so‘nggida mavzuga doir videolavha namoyish etildi. Shuningdek talaba- yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida adliya bo‘limi tomonidan kitoblar taqdim etildi.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook