Nurafshon shahar hokimligi
2K subscribers
35.7K photos
3.3K videos
47 files
10.5K links
Download Telegram
December 19, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
December 24, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
January 7
January 26
January 28
February 10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
February 27
February 28
March 12
March 15
March 17
March 19
March 24
March 24
Nurafshon shahar hokimligi
Photo
📢 "Tashabbusli budjet – 2025" 1-mavsum g‘oliblari aniqlandi!

Nurafshon shahrida "Tashabbusli budjet – 2025" dasturining 1-mavsumi yakunlandi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan 19 loyiha g‘olib deb topildi.

🏆 G‘olib bo‘lgan loyihalar:

📌 48-sonli umumta’lim maktabi: zamonaviy futbol maydoni va yugurish yo‘lakchasi qurish, maktab hududini to‘liq o‘rash, basketbol, voleybol va vorkout maydonchalari barpo etish.

📌 26-sonli umumta’lim maktabi: maktabning fasad qismini va sport zalini ta’mirlash, kimyo xonasiga suv o‘tkazish.

📌 4-sonli umumta’lim maktabi: 7 dona elektron doska (kompyuter texnikasi va o‘rnatish moslamasi bilan) xarid qilish.

📌 57-sonli umumta’lim maktabi: moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, jihozlash.

📌 25-sonli umumta’lim maktabi: elektron doska (kompyuter texnikasi va o‘rnatish moslamasi bilan) xarid qilish.

📌 Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi (KTSHP): tez yordam bo‘limi va tug‘ruq bo‘limlari uchun yagona qabulxona qurish, ushbu qabulxonadan bo‘limlarga o‘tish yo‘laklarini tashkil etish, reanimatsiya va qabul bo‘limining o‘rnini almashtirib ta’mirlash.

📌 Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi (KTSHP): barcha davolash bo‘limlari va yo‘laklarining isitish batareyalari va tizimlarini almashtirish.

📌 Birlik mahallasi: yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sportga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish maqsadida mini futbol maydonchasi qurish.

📌 10-sonli umumta’lim maktabi: 1-qavatning ichki qismini (sinfxonalar, yo‘laklar, eshik va romlarni almashtirish, yordamchi xonalarni ta’mirlash), sport zali va oshxonani ta’mirlash.

📌 7-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi: moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, jihozlash.

📌 62-sonli umumta’lim maktabi: zamonaviy futbol maydonchasi qurish.

📌 12-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi: ta’mirlash ishlari olib borish.

📌 Muqumiy mahallasi: Bahor ko‘chasini (800m), Ziyolilar ko‘chasini (80m), Shodlik ko‘chasini (1200m) va Ravon ko‘chasini (300m) asfaltlash.

📌 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi: omborxona qurish, yozgi ayvoncha qurish, sport maydonchasi barpo etish.

📌 16-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi: oshxonaning tom qismini yangilash, tashqi va ichki qismini to‘liq ta’mirlash (elektr, sanitariya-texnika, ventilatsiya, kanalizatsiya, devorlar), qorovulxona qurish, basseynni qaytadan qurish, asosiy bino fasadini ta’mirlash, 8 dona ko‘rkam soyabon o‘rnatish.

📌 Degantepa mahallasi: qabriston binosini yangidan ta’mirlash, ichki yo‘laklarini betonlashtirish.

📌 9-sonli umumta’lim maktabi: zamonaviy sport maydonchasi qurish, boshlang‘ich sinf binosini ta’mirlash (eshik va derazalarni almashtirish, pol, shift va devor qismlarini yangilash, elektr simlarini almashtirish), ichki hojatxonani ta’mirlash (unitaz va rakovina o‘rnatish).

📌 9-sonli umumta’lim maktabi: moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, jihozlash.

📌 Obod Turmush mahallasi: mahalla idorasi qurish.

🚀 Ushbu loyihalar shahardagi infratuzilmani yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi!

#Nurafshon_shahar #Tashabbusli_budjet #G‘olib_loyihala

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
March 25
April 9