Nurafshon shahar hokimligi
1.95K subscribers
35.3K photos
3.29K videos
46 files
10.4K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Mahallangizni yanada yaxshilashni xohlaysizmi? Hududingizga qanday loyihalar kerakligini bilasizmi? Oʻz tashabbusingizni namoyon qilishga tayyormisiz?

Tashabbusli budjet”ning navbatdagi mavsumida ishtirok eting!

🗓Tashabbusingizni 1–20-fevral kunlari ilgari suring va mart oyida eng yaxshi loyihalarga ovoz bering.

Tashabbusli budjet” — bu sizning ovozingiz, tanlovingiz va mahallangiz!

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈
Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi!

Ovoz berish jarayonlari 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

1️⃣ “Ochiq budjet portalining veb-sahifasi;
2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
3️⃣ Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.

📣 Barcha tashabbuskorlarga omad tilaymiz!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
#Tashabbusli_budjet

Gʻoliblarni tanisizmi?


Xabaringiz bor kuni kecha, "Tashabbusli budjet" 2-mavsumining gʻoliblari aniqlandi.

Nurafshon shahrida 7 ta tashabbus gʻolib deb topildi.

Gʻoliblar yuqoridagi fotolavhalarda va ushbu havolada.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

💠
Tashabbusli budjet” jarayonida ilgari surilgan loyihalar qanday mezonlar asosida tanlab olinadi?

Avval xabar berilganidek, 1-fevraldan “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi boshlanadi. Ilgari surilgan loyihalar Ishchi komissiya tomonidan quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

1️⃣ loyihada aks etgan muammo/tadbir tegishli tuman (shahar) hududiga tegishli bo‘lishi;

2️⃣ jamoaviy muammolarni hal etishga qaratilganligi (yo‘llarni ta’mirlash, xiyobonlar va bolalar maydonchalarini barpo etish, ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash yoki jihozlash, ekologiyani yaxshilash, ichimlik va oqova suv ta’minotini yaxshilash, ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish (ta’mirlash) va shu kabilar);

3️⃣ jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar idoraviy yoki shaxsiy xususiyatga ega bo‘lmasligi (shaxsiy avtomashina, turar joy, bino-inshootlarni xarid qilish, ma’muriy binolarni ta’mirlash);

4️⃣ tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlamasligi hamda loyihani amalga oshirish natijasida pullik xizmat asosida foydalanilmasligi;

5️⃣ budjet tashkilotini saqlab turish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘zida aks ettirmasligi (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, kommunal, aloqa va Internet xizmati uchun to‘lovlar, shuningdek, kanstovar va boshqa tez eskiruvchi moddiy qiymatliklar);

6️⃣ mahalliy davlat hokimiyati, davlat organlarining binolarini qurish, ta’mirlash va jihozlash hamda boshqa ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lmasligi;

7️⃣ boshqa dastur yoki Hukumat topshiriqlari asosida moliyalashtirish manbasi aniq belgilab berilgan obyekt yoki ishlarni o‘z ichiga olmasligi;

8️⃣ loyihani amalga oshirishning umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobari — 1,5 mlrd so‘mdan oshmasligi lozim.

Bunda, bir xil mazmundagi bir necha loyihalar ilgari surilgan bo‘lsa, ulardan ma’lumoti to‘liq ko‘rsatilgan dastlabki kiritilgan loyiha qabul qilinadi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🔊 Tashabbusli budjet” jarayonlarining 1-mavsumi boshlandi

Bugun, 1-fevraldan “Ochiq budjet portalida “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, jarayonlar quyidagi sanalarda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral;
2️⃣ Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 8–10-mart;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari o‘tkaziladi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📆Tashabbusli budjet”ning 2025-yildagi ilk mavsumida loyiha kiritish bosqichi yakunlanishiga 1 kun qoldi

Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yildagi 1-mavsumida loyiha kiritish bosqichi 20-fevral kuni soat 23:59 da yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur mavsumda respublikadagi barcha mahallalar ishtirok eta oladi. Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

1️⃣ “Ochiq budjet portalining veb-sahifasi;
2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
3️⃣ Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣


Savollarga javoblar: ovoz berish jarayoni qanday o‘tkazilmoqda?

Agar Tashabbusli budjetjarayonida ovoz bergan bo‘lsangiz va ekraningizda:

“Hurmatli fuqaro, sizning ovoz berish yuzasidan so‘rovingiz qabul qilindi. Bir soat ichida SMS xabar orqali ovozingiz qabul qilingani yoki rad etilgani yuzasidan ma’lumot olishingiz mumkin”;

”Hurmatli fuqaro, ushbu raqam orqali ovoz berish yuzasidan yuborilgan so‘rov o‘rganish jarayonida, natijasi yuzasidan SMS orqali xabar beriladi”
kabi yozuvlar chiqsa, bu nimani anglatadi?

Batafsil video orqali javob olishingiz mumkin.

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Nurafshon shahar hokimligi
Photo
📢 "Tashabbusli budjet – 2025" 1-mavsum g‘oliblari aniqlandi!

Nurafshon shahrida "Tashabbusli budjet – 2025" dasturining 1-mavsumi yakunlandi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan 19 loyiha g‘olib deb topildi.

🏆 G‘olib bo‘lgan loyihalar:

📌 48-sonli umumta’lim maktabi: zamonaviy futbol maydoni va yugurish yo‘lakchasi qurish, maktab hududini to‘liq o‘rash, basketbol, voleybol va vorkout maydonchalari barpo etish.

📌 26-sonli umumta’lim maktabi: maktabning fasad qismini va sport zalini ta’mirlash, kimyo xonasiga suv o‘tkazish.

📌 4-sonli umumta’lim maktabi: 7 dona elektron doska (kompyuter texnikasi va o‘rnatish moslamasi bilan) xarid qilish.

📌 57-sonli umumta’lim maktabi: moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, jihozlash.

📌 25-sonli umumta’lim maktabi: elektron doska (kompyuter texnikasi va o‘rnatish moslamasi bilan) xarid qilish.

📌 Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi (KTSHP): tez yordam bo‘limi va tug‘ruq bo‘limlari uchun yagona qabulxona qurish, ushbu qabulxonadan bo‘limlarga o‘tish yo‘laklarini tashkil etish, reanimatsiya va qabul bo‘limining o‘rnini almashtirib ta’mirlash.

📌 Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi (KTSHP): barcha davolash bo‘limlari va yo‘laklarining isitish batareyalari va tizimlarini almashtirish.

📌 Birlik mahallasi: yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sportga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish maqsadida mini futbol maydonchasi qurish.

📌 10-sonli umumta’lim maktabi: 1-qavatning ichki qismini (sinfxonalar, yo‘laklar, eshik va romlarni almashtirish, yordamchi xonalarni ta’mirlash), sport zali va oshxonani ta’mirlash.

📌 7-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi: moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, jihozlash.

📌 62-sonli umumta’lim maktabi: zamonaviy futbol maydonchasi qurish.

📌 12-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi: ta’mirlash ishlari olib borish.

📌 Muqumiy mahallasi: Bahor ko‘chasini (800m), Ziyolilar ko‘chasini (80m), Shodlik ko‘chasini (1200m) va Ravon ko‘chasini (300m) asfaltlash.

📌 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi: omborxona qurish, yozgi ayvoncha qurish, sport maydonchasi barpo etish.

📌 16-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi: oshxonaning tom qismini yangilash, tashqi va ichki qismini to‘liq ta’mirlash (elektr, sanitariya-texnika, ventilatsiya, kanalizatsiya, devorlar), qorovulxona qurish, basseynni qaytadan qurish, asosiy bino fasadini ta’mirlash, 8 dona ko‘rkam soyabon o‘rnatish.

📌 Degantepa mahallasi: qabriston binosini yangidan ta’mirlash, ichki yo‘laklarini betonlashtirish.

📌 9-sonli umumta’lim maktabi: zamonaviy sport maydonchasi qurish, boshlang‘ich sinf binosini ta’mirlash (eshik va derazalarni almashtirish, pol, shift va devor qismlarini yangilash, elektr simlarini almashtirish), ichki hojatxonani ta’mirlash (unitaz va rakovina o‘rnatish).

📌 9-sonli umumta’lim maktabi: moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, jihozlash.

📌 Obod Turmush mahallasi: mahalla idorasi qurish.

🚀 Ushbu loyihalar shahardagi infratuzilmani yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi!

#Nurafshon_shahar #Tashabbusli_budjet #G‘olib_loyihala

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt