Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#bayram_tabrigi

Nurafshon shahar hokimi Klichxanov Ilxom Mahmudjonovichning Yangi 2025-yil munosabati bilan shahar aholisiga
bayram tabrigi

👉Batafsil o'qish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍153👏1
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Navroʻz
#Bayram_tabrigi

🟢Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning Navro‘z umumxalq bayrami munsabati bilan yurtdoshlarimizga bayram tabrigi

Bizning ijtimoiy sahifalar:
👇

📱Telegram | 📱Instagram |
📱Facebook | 📱Youtube
👍4👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #bayram_shukuhi

9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov Ikkinchi jahon urushi front orti mehnat faxriylariga Prezidentning pul mukofotlari, sovg‘alari hamda "Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi" yubiley medalini topshirdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
#bayram_shukuhi
#bolalar_kuni

Nurafshon shahri hokimligi tashabbusi bilan shahardagi "Vatanparvar" bog'i majmuasida 1-iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Taraqqiyot mahallasida Mustaqillik bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi! 🇺🇿🎉

Madaniy-ma’naviy tadbirlar, sport musobaqalari, kuy-qo‘shiqlar va doshqozon osh – barchasi bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

#Mustaqillik34 #TaraqqiyotMahallasi #Bayram

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍21
Тошкентдаги “Янги Ўзбекистон” боғида Мустақиллик куни муносабати билан байрам тантанаси бўлиб ўтди. Президент Шавкат Мирзиёев бутун халқимизни, хориждаги ватандошларимизни давлатимиз мустақиллигининг 34 йиллик шонли санаси билан табриклади.

В столичном парке «Янги Узбекистон» состоялись торжества по случаю Дня независимости. Президент Шавкат Мирзиёев сердечно поздравил весь наш народ и соотечественников за рубежом с 34-й годовщиной государственной независимости.

#Mirziyoyev #bayram #Mustaqillik #34yil

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2👍1
#Bayram_shukuhi

🇺🇿 Ichki ishlar organlari xodimlari kuni Nurafshonda bayramona nishonlandi

Bugun “O‘zbegim” tantanalar uyida tinchlik va osoyishtalik posbonlari — ichki ishlar xodimlari uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda hokimlik rahbariyati, soha xodimlari, faxriylar va yoshlar ishtirok etdi.

Shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev va shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik A. Yuldashev tabrik nutqi bilan chiqish qildi.

🇺🇿 Mamlakatimizda so‘nggi yillarda tizimning ochiqligi, xalqparvarligi va samaradorligini oshirish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Tadbir yakunida bir qator xodimlar va faxriylar taqdirlandi. San’at ustalarining chiqishlari kechaga bayramona ruh bag‘ishladi.

https://t.me/Nurafshonpressa
3👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_shukuhi

Bizni bir Vatan, bir el va bir bayroq birlashtiradi

🇺🇿18-noyabr sanasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qabul qilinganiga o‘ttiz to‘rt yil to‘ladi.

🇺🇿Davlat bayrog‘i – davlat suvereniteti va milliy mustaqillikning, xalqimizning ezgu orzu-umidlari hamda oliy maqsadlarining yorqin ramzidir. U Vatanimiz sha’ni va g‘ururini, yurtimizga bo‘lgan sadoqat va mehr-muhabbatni o‘zida mujassam etadi.

Sana munosabati bilan Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi, shuningdek, ushbu markazning Nurafshon shahri bo‘linmasi hamkorligida ozod yurt timsoli – Davlat bayrog‘i viloyatning barcha tuman va shaharlari uzra tantanali ravishda olib o‘tildi. Ushbu tadbir Vatanimiz ramzlariga bo‘lgan hurmat va ehtiromni, xalqimizning yuksak g‘urur va iftixorini yana bir bor namoyon etdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍2

🔥1
#Bayram_tabrigi

Hurmatli yurtdoshlar!

Sizlarni mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovon hayotining poydevori bo‘lgan Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 33 yilligi bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman.

Bosh qomusimiz bizga erkin va munosib hayot, adolat va taraqqiyot sari keng yo‘l ochib berdi. Ushbu muhim sana yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, barqarorlik va osoyishtalikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonimiz yangi yutuqlar sari harakat qilayotgan bir paytda, har birimiz mamlakat ravnaqi va taraqqiyoti uchun astoydil mehnat qilishimiz muhimdir.

Bayram munosabati bilan Sizga va yaqinlaringizga mustahkam sog‘lik, baxt, totuvlik va farovonlik tilayman. Hayotingizda doimo tinchlik va baraka, oilalaringizda esa fayz va xotirjamlik hamroh bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ilxom Klichxanov
Nurafshon shahri hokimi
1👍1👏1
#bayram_shukuhi

Yangi yil yaqin: viloyatning bosh archasi chiroqlari yoqildi

Bugun Nurafshon shahrida joylashgan “Nurafshon Business City” hududidagi amfiteatr maydonida viloyatning bosh archasining rasman ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida viloyat faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida balandligi 30 metr bo‘lgan, 28 mingdan ziyod bezak va yorug‘lik elementlari bilan bezalgan muhtasham archaning chiroqlari yoqilib, viloyatdagi Yangi yil bayram tadbirlariga rasman start berildi.

Maydonda o‘rnatilgan dekorativ jihozlar, bolalar uchun turli attraksionlar, bayramona bezaklar va rangli yorug‘lik chiroqlari haqiqiy yangi yil shukuhini yaratgan.

Shuningdek, bayramni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish va jajji bolajonlarni xushnud etish uchun 100 nafar qorbobo va qorqiz jalb etilgan.

Yangiy yil bayrami arafasida aholi, ayniqsa bolajonlar uchun bunday bayramona muhit yaratish muhim ahamiyat kasb etib, barcha tadbirlar xavfsiz va yuqori saviyada tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun bosh archa maydonida bayram shodiyonalari har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha davom etadi.

Teatrlashtirilgan tomoshalar, badiiy jamoalar chiqishlari, san’at ustalari va ijodkor yoshlar ishtirokidagi shou-konsertlar, shuningdek, bayram timsollari – Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi dasturlar tashkil etilmoqda.

Bayram tadbirlari 2026-yil 10-yanvarga qadar davom etadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62