Nurafshon shahri hokimligi
3.15K subscribers
49.4K photos
4.88K videos
70 files
14.2K links
Download Telegram
#Rasmiy #Official #Oфициально

Bu yil “Ayollar daftari”da qanday o‘zgarishlar
kutilmoqda?
________

What changes are
expected in the “Women’s notebook” this year?
________

Какие изменения
ожидаются в этом году в «Женской тетради»?

✅ Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 Instagram✅Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Rasmiy
#Tayinlov

Karimov To‘lqinjon Tolibjonovich  -  Nurafshon shahar prokurori lavozimiga tayinlandi.

Karimov To‘lqinjon Tolibjonovich 1988 -yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

Shu kunga qadar T.Karimov Ohangaron shahar prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍14👌1
#Rasmiy
#tayinlov

📣 TAYINLOV 📣

🔷 Abduqodirov Bobur Baxodir o'g'li - Nurafshon shahri Yoshlar ishlari bo'limi rahbari etib tayinlandi.

🔷 Bobur Abduqodirov 1991-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.

🔷 Bobur Abduqodirov tayinlovga qadar Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani Chegara mahalla fuqarolar yig'inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

🔷 Bobur Abduqodirov mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahrida rahbarlik lavozimlarda ishlagan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🔥5👍4
#Rasmiy
#tayinlov

📣 TAYINLOV 📣

🔷 Ergashev Shaxjaxon G‘ulamovich - Nurafshon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

🔷 Shaxjaxon Ergashev 1991-yilda Toshkent viloyati Bo'ka tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2024-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

🔷 Shaxjaxon Ergashev tayinlovga qadar Toshkent viloyati Nurafshon shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍12❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_xabar
#Haj_2025

🕋 Ruxsatnomasiz haj amallarini bajarishga harakat qilish tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi.

📌Noqonuniy yo'llar bilan haj amallarini bajarish 20 mingdan 100 ming saudiya riyoligacha moliyaviy jarimalar qo'llanishiga sabab bo‘ladi.

❌ Shuningdek, fuqaroni Saudiyadan deportatsiya qilish hamda keyingi 10 yil davomida Podshohlikka kirishi taqiqlanganlar ro'yxatiga kiritilishi belgilangan.

🎬 Batafsil videorolikda


👉 HD format

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
👍1
#Rasmiy
#tayinlov

📣 TAYINLOV 📣

🔷 Podpolkovnik Yuldashev Azizjon Shuxratovich Nurafshon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍9🤝1
#Rasmiy
#Tayinlov

📣 TAYINLOV 📣


🔷Xudaykulov Mansur Umirzaqovich  — Nurafshon shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi rahbari lavozimiga tayinlandi. 

M
.Xudaykulov 1978-yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2004-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (bakalavr), 2009- yilda O‘zbekiston Respublikasi soliq akademiyasi (magistratura)ni tamomlagan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Rasmiy
#tayinlov

📣 TAYINLOV 📣

🔷 Yusupov Sirojiddin Meylidiyarovich - Nurafshon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi boshlig'i etib tayinlandi.

🔷 Sirojiddin Yusupov 1986-yilda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2010-yil Toshkent arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.

🔷 Sirojiddin Yusupov Qashqadaryo viloyatida bir qator rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar esa u "Kapital qurilish loyiha" MChJda bosh arxitektor lavozimida ishlagan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2❤1
#Rasmiy

Toshkent viloyati IIBBga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, polkovnik Abdurazzoqov Abduvosit Abdulxayevich Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Abduvosit Abdurazzoqov Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 Instagram✅Facebook 🕊Twitter
👏4👎2
#Rasmiy
#tayinlov

📣 TAYINLOV 📣

🔷 Xalilov Maqsud Mansurovich Toshkent viloyati Nurafshon shahri Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

🔷 Xalilov Maqsud Mansurovich 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabini 2000-yilda bakalavriat, 2003-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

🔷 Xalilov Maqsud Mansurovich Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida bir qator rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan..

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👏5❤2👍2🔥1👌1
#Rasmiy

Zoyir Mirzayev Frankfurtda "ODDO" banki rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi


Ayni paytda Germaniyada bo‘lib turgan Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiyamiz a’zolarining amaliy muloqot va uchrashuvlari davom etmoqda.

Jumladan, 170 yillik tarixga ega "ODDO" yetakchi mustaqil Franko-Germaniya bank guruhi mas’ullari bilan muloqotda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, muhim loyihalarga investitsiya yo‘naltirish, imkoniyat va istiqbollar borasida fikr almashildi.

Mazkur bankka 1849-yili asos solingan bo‘lib, bosh ofislari Parij va Frankfurt-Maynda joylashgan. Bank tizimida bugungi kunda 3 ming nafardan ziyod xodim faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu bank boshqaruvi ostidagi mijoz aktivlari esa 140 milliard yevroni tashkil etadi. Dunyo bo‘ylab 500 dan ziyod filial va maxsus ofislari bor.

Zoyir Mirzayev mazkur bankda xalqaro menejer lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston farzandi Islom Iskandarov bilan muloqot qildi. Uning Germaniyadagi nufuzli bankdagi faoliyati, bu yerdagi ilg‘or innovatsion ish uslublari, o‘ziga xos mehnat bozori xususida fikr almashdi.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 🌐Instagram✅ Faceboo🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
#rasmiy

TAYINLOV

Turdimov Shavkatjon Akbutayevich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sh. Turdimov 1980-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 2006-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

TAYINLOV

Xadjimatov Jahongir Maxamadaminovich – “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Toshkent viloyat filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J. Xadjimatov 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 1999-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar “Ko‘mir ta’minot” MCHJ tijorat masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
#rasmiy

TAYINLOV

Tog‘aynazarov Nuriddin Ismailovich – Toshkent viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi Toshkent viloyati mintaqaviy buyurtmachi xizmati davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi.

N. Tog‘aynazarov 1987-yilda Surxandaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2013-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini (bakalavr), 2017-yilda Ural davlat tog‘ universitetini (magistr) tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi markaziy apparati Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Xavflarni boshqarish va monitoring bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

TAYINLOV

Narbekov Farruxbek Shuxratovich – “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Toshkent viloyati filiali boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

F. Narbekov 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2004-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (bakalavr), 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini (magistratura) tamomlagan.

Tayinlovga qadar “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Davlat dasturlari bilan ishlash va mahallada tadbirkorlikka ko‘maklashish departamenti Davlat dasturlari bilan ishlash boshqarmasi Departament direktori o‘rinbosari — boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Quyi chirchiq tumanidagi sholichilik klasteriga tashrifi
/ Axborot 24

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_xabar

Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor Respublikamizning barcha hududlarida 15-martga qadar
uzaytirildi

Ob-havo prognozlarining yangilangan kutilmalariga ko‘ra, sovuq havo massasi mamlakatimizning boshqa hududlariga ham kirishi ehtimoli tufayli isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metr bazaviy me’yor barcha hududlarda 2026-yilning 15-martiga qadar uzaytirildi.

15-martdan keyin esa ob-havo sharoitidan kelib chiqib, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
________________
#официальное_сообщение

Базовая норма потребления природного газа на отопительный сезон
продлена во всех регионах Республики до 15 марта

Согласно обновлённым прогнозам погоды, в связи с поступлением холодных воздушных масс в регионы страны, базовая норма потребления в объёме 500 кубических метров, установленная на отопительный сезон, продлена во всех регионах Республики до 15 марта 2026 года.

После 15 марта, при необходимости, дополнительные меры будут приниматься с учётом погодных условий.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
❤1👎1
#rasmiy

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar  yuzasidan ma’ruza qildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Klichxanov Ilhom Mahmudjonovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Zoyir Mirzayev Nurafshon shahar hokimi lavozimiga hozirga qadar Olmaliq shahar hokimi vazifasida xizmat qilib kelgan Hamdamov Qobil Murodqulovich nomzodini tavsiya qildi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi sessiyasida Hamdamov Qobil Murodqulovich shahar hokimi etib tasdiqlandi.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2👎2
#rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahar hokimligi tomonidan fuqarolardan birining uyining tom qismini ta’mirlash uchun qurilish materiallari hamda uning otasiga nogironlik aravachasi ajratilgani aks etgan videomaterial yuzasidan “arzon piar” deya baho berilgan chiqish yuzasidan Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–51-son Farmonining 3-bandi “j” kichik bandiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimlari tomonidan har chorakda kamida bir marotaba ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali aholi murojaatlari bilan ishlash faoliyati, hududdagi muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va rejalar haqida keng jamoatchilikka axborot berib borish belgilangan.

Shundan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimligi tomonidan aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda imkon qadar amaliy yordam ko‘rsatish bilan bir qatorda, amalga oshirilayotgan ishlarni jamoatchilikka ochiq va shaffof tarzda yetkazib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, mazkur videomaterialda aks etgan holat ham fuqarodan kelib tushgan murojaat asosida o‘rganilib, oilaning ijtimoiy holati va mavjud muammolari tegishli mutasaddilar tomonidan ko‘rib chiqilgan. O‘rganish natijasida fuqaroning uy-joy sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish maqsadida qurilish materiallari ajratilishi hamda otasining harakatlanishi uchun zarur bo‘lgan nogironlik aravachasi bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgan.


✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahar hokimligining rasmiy sahifalarida reklama materiallari e’lon qilinganligi aytilgan chiqishlar yuzasidan shahar hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi hamda hokimlik tizimida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarning hokimlik rasmiy sahifalarida e’lon qilinayotgan hech bir materialdan moddiy yoki boshqa manfaatdorligi mavjud emas.

Ayrim materiallarning reklama sifatida talqin qilinayotgani yuzasidan shuni ta’kidlash lozimki, ushbu postlar hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, shahar markaziy ko‘chalarida uzoq vaqt davomida foydalanilmay, bo‘sh turgan hamda shahar qiyofasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bino va obyektlarni tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar va ishbilarmonlarga keng targ‘ib qilish maqsadida e’lon qilingan.

Mazkur materiallarni joylashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bo‘sh turgan bino va obyektlardan samarali foydalanish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda shaharning iqtisodiy faolligi va obodligini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri — ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda hudud rivoji va aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdir.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1👌1