Nurafshon shahar hokimligi
1.93K subscribers
34.8K photos
3.27K videos
46 files
10.3K links
Download Telegram
🌨 Erta tongdan Nurafshon shahar Maktab va maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi ta'lim muassasalarida kirish yo‘laklari qordan tozalanmoqda!

🚸 Bu ishlar maktab va bog‘chaga keluvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

#Nurafshon #Ta'limMuassasalari #QorTozalash #XavfsizKirishYo‘laklari #Maktab #Bog‘cha #Obodonlashtirish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🚧 Shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ko‘chalarga qum-tuz aralashmasi sepilmoqda!

❄️ Bu ishlar yo‘llarda muzlashning oldini olish va xavfsiz harakatlanishni ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

#Obodonlashtirish #IchkiKo‘chalar #QumTuzAralashmasi #XavfsizYo‘llar #ShaharYaxshiligi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida Toshkent yo‘li bo‘yida gul ko‘chatlari ekish uchun maydonlar tayyorlanmoqda

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Yashil makon loyihasi doirasida Toshkent yo'li ko'chasida gul ko'chatlari ekish uchun maydonlar tayyorlanmoqda.

Ushbu tashabbus shaharning obodonlashuvi va atrof-muhitni yaxshilashga xizmat qiladi, shuningdek, shaharga chiroy va yashillik olib keladi.

#YashilMakon #Obodonlashtirish #GulKo‘chatlari #ToshkentYo‘li #Nurafshon #TabiatniMuhofazaQilish #ShaharObodonlashuvi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Ariqlar Tozalanmoqda

Shahar markazidagi ariqlarni tozalash ishlari boshlandi. Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilayotgan ushbu ishlar shahar aholisining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan.

Ariqlarni tozalash orqali ularning samarali ishlashini ta'minlash va shahar infratuzilmasini yaxshilash maqsad qilinmoqda.

#Obodonlashtirish #AriqlarTozalanmoqda #ShaharInfratuzilmasi #ShaharMarkazi #TozalashIshlari

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Shaharda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 🌿🏗

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan hududda tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ko‘chalarda tartib o‘rnatish hamda atrof-muhitni obod qilish ishlari izchil davom etmoqda.

#Nurafshon_shahar #Obodonlashtirish #Toza_va_obod_mahalla

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda zovurlar tozalanib, o‘rdakchilikni rivojlantirishga zamin yaratilmoqda

Shahar hokimining topshirig‘iga asosan, Nurafshon shahri "Degantepa" MFY hududidagi zovur bo‘ylari tozalanmoqda. Ushbu ishlar o‘rdakchilikni rivojlantirish hamda hudud ekologik holatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, zovur yoqalarida kichik hududlar tashkil etilib, aholiga tender asosida bo‘lib berish rejalashtirilgan. Bu esa o‘rdak parvarishlash texnologiyalarini joriy qilish va aholining bandligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus natijasida zovur atrofidagi hududlar obodonlashtirilib, zamonaviy va samarali parrandachilik yo‘nalishlaridan biri yo‘lga qo‘yiladi.

#Nurafshon_shahri #Obodonlashtirish #Ekologiya
#O‘rdakchilik #Qishloq_xo‘jaligi #Tabiatni_asraylik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahrida obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ayniqsa, Ijodkorlar bog‘ida piyodalar uchun maxsus yo‘laklar qurish ishlari olib borilmoqda.

Zamonaviy va mustahkam yo‘laklar aholining qulay harakatlanishini ta’minlab, bog‘ hududini yanada chiroyli va shinam maskanga aylantiradi.

Ushbu tashabbus shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish va fuqarolarga qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

#Nurafshon #Obodonlashtirish #IjodkorlarBogi #YangiLoyiha #ShaharKo‘rkigaKo‘rk

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda “Yashil makon” loyihasi doirasida atirgul ko‘chatlari ekilmoqda

Nurafshon shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab “Yashil makon” loyihasi doirasida atirgul ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbus shaharni yanada obod va yashil maskanga aylantirish, ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan.

Shahar hokimi I. Klichxanov shaharda olib borilayotgan obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishib, ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi. Shu bilan birga, mas’ul tashkilotlarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

#Nurafshon #YashilMakon #Ko‘kalamzorlashtirish #Obodonlashtirish #AtirgullarShahri

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Qumariq MFY hududida obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Hududni yanada ko‘rkam va ozoda qilish maqsadida daraxtlar oqlanib, yerlar yumshatilmoqda.

Mazkur ishlar atrof-muhitni yanada yashil va shinam qilish, aholiga qulay sharoit yaratish hamda shahar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.

#Nurafshon #Obodonlashtirish #QumariqMFY #TabiatgaE'tibor

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda "Yashil kelajak" bog'ida hashar tashkil qilindi.

🌳"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida, hashar tashkil qilinib, Nurafshon shahridagi "Yashil kelajak" bog'ida Oila va xotin-qizlar bo'limi hamda Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko'chat ekish aksiyasi o'tkazildi.

Ushbu tadbirda yapon saforasi ko'chatlari ekilib, bog'ning yanada ko'rkam va ekologik jihatdan boy bo'lishiga hissa qo'shildi.

Bunday tashabbuslar shahrimizni yashil makonga aylantirish, aholining salomatligi va farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Keling, birgalikda tabiatni asrab-avaylaylik va kelajak avlodlar uchun yashil muhit yaratishda faol ishtirok etaylik! 🌱🤝

#YashilMakon #YashilKelajak #Nurafshon #OilaVaXotinQizlar #Obodonlashtirish #YaponSaforasi #Ko'chatEkish #Ekologiya #TabiatniAsraylik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida hashar o‘tkazildi

Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Hashar davomida "Yashil makon" loyihasi doirasida yerlar yumshatilib, ko‘chat va qalamchalar ekildi. Shuningdek, daraxtlar oqlanib, hududlar tozalanib tartibga keltirildi.

Mazkur tadbir muassasalarning yanada go‘zal va ozoda bo‘lishiga xizmat qiladi. Hasharda muassasa jamoasi faol ishtirok etishdi.

#Hashar #Obodonlashtirish #YashilMakon #TabiatniAsraylik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Dehqonobod MFYda beton ariq qurilishi ishlari olib borilmoqda

📍 Dehqonobod MFY Soy bo‘yi ko‘chasida aholi tomorqalarini sug‘orish maqsadida 1,2 kilometr uzunlikdagi beton ariq tortish ishlari olib borilmoqda.

🚜 Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida hudud aholisi suv ta’minoti yaxshilanib, dehqonchilik uchun qulay sharoit yaratiladi.

Ishlar belgilangan rejaga asosan olib borilmoqda va yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

#Obodonlashtirish #AholiFarovonligi
#NurafshonShahri

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Qumariq mahallasida "Yashil makon" doirasida hashar tashkil etildi

🌿 Nurafshon shahri Qumariq mahallasi hududida joylashgan Mahalla yoshlari va Ma’naviyat bog‘ida erta tongdan hashar tashkil qilindi.

👥 Tadbirda Mahalla yettiligi, mahalla faollari va oqila ayollar ishtirok etib, daraxt ko‘chatlari oqlanib, yerlar yumshatildi.

Hashar davomida hudud tozalandi va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ezgu tashabbus "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

#YashilMakon #Hashar
#Obodonlashtirish #NurafshonShahri

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida obodonlashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi

🏗 Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov shaharda olib borilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlari bilan tanishdi.

🌳 Dastavval Mahalla yoshlari va Ma’naviyat bog‘i hududida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish jarayonlari o‘rganildi. Ishlarning borishi, rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

🌱 Shuningdek, "Yashil makon – 2025" bahor mavsumi doirasida shahar hududiga ekish rejalashtirilgan daraxt ko‘chatlarini yetkazib beruvchi tadbirkor bilan uchrashib, ushbu jarayonni sifatli tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Shahardagi obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

#NurafshonShahri #YashilMakon
#Obodonlashtirish #Qurilish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt