Nurafshon shahri hokimligi
3.15K subscribers
48.6K photos
4.77K videos
64 files
14K links
Download Telegram
Ҳозирги технологиялар даврида коррупциянинг янги, рақамли кўринишлари пайдо бўлмоқда.

Шу боис янги ўқув йилидан Ички ишлар ва Ҳуқуқни муҳофаза қилиш академияларида бу йўналишда мутахассис тайёрлаш бошланади.

Лекин бундай турдаги жиноятларни аниқлаш ва олдини олишда фақатгина замонавий кадрларни ўзи етарли эмаслиги қайд этилди.

Халқаро тажрибани ўрганиб, киберкоррупцияга қарши самарали курашиш бўйича мустаҳкам ҳуқуқий база яратиш зарурлиги таъкидланди.

Мансабдорлик ва маиший коррупция омилларини таҳлил қилиш, уларни олдини олиш бўйича илмий асосланган таклифлар ишлаб чиқиб, амалиётга жорий қилиш зарурлиги қайд этилди.

Facebook|Instagram|X
👍1
Nuroniylar va bemor fuqarolar holidan xabar olindi

Ismat ota jome’ masjidi imom-xatibi Anvar hoji domla Jabaev tashabbusi va Ramazon oyi munosabati bilan hududdagi yosh kattalar, nuroniy otaxonlar, onaxonlar hamda bemor fuqarolarning holidan xabar olish maqsadida bir guruh faol kishilar ularning uylariga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida nuroniylar va bemor fuqarolarning ahvoli bilan yaqindan tanishilib, ularga e’tibor va mehr ko‘rsatildi. Ushbu xayrli tashabbus insonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

#RamazonEhsoni #NuroniylargaEhtirom #MehrUlashamiz #XayrliIshlar #IsmatOtaJomeMasjidi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Muqimiy mahallasida sumalak sayli 🌿

Bahoriy iliq kunlarda Muqimiy mahallasida sumalak sayli bo‘lib o‘tmoqda. Mahalla faollari, nuroniy otaxonlar va buvijonlar doshqozon atrofida jam bo‘lib, qut-baraka timsoli bo‘lgan sumalak tayyorlash bilan band.

Bahor nafasi, sumalakning xushbo‘y hidi va nuroniylarning ezgu tilaklari bayram kayfiyatini yanada mustahkamlab, mehr-oqibat va birdamlik ruhini ulashmoqda.

#SumalakSayli 🍃 #BahorNafasi 🌸 #MehrUlashamiz ❤️ #MahallamizFayzi 🏡

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3
#Nurafshon_shahri
#sumalak_sayli
#Muqimiy_MFY

Ayni damda Nurafshon shahar Muqimiy mahallasida mahalla faollari, yoshlari bilan birgalikda xalqimizning eng sevimli milliy taomlaridan biri sumalak tayyorlanmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Aziz yurtdoshlar! Sizlarni noqonuniy “turfirma” yoki “turagent”lardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz!

Litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari orqali Umra safariga boring!


Дин ишлари бўйича қўмита Ахборот хизмати

https://t.me/hudud_inform
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ko'chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etiladi


🔰Farmonga ko'ra, Kadastr agentligi huzurida Ko'chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etiladi.

🔘Shuningdek, quyidagilar belgilandi:

🔸Iqtisodiyot va moliya vazirligi – ko'chmas mulkni ommaviy baholash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ etib;
🔸Kadastr agentligi – ko'chmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ etib;
🔸Milliy markaz – ko'chmas mulkni ommaviy baholash sohasida ijro etuvchi organ etib.

📝 Ommaviy baholash tizimini normativ-huquqiy va uslubiy jihatdan ta'minlash uchun “Ko'chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyoti” belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

🗓 2026-yil oxirigacha Toshkent shahridagi eksperiment natijalari, ilg'or xorijiy tajriba hamda xalqaro ekspertlarning xulosalari va tavsiyalari asosida “Ko'chmas mulkni ommaviy baholash to'g'risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

🌐 2025-yil 1-noyabrgacha ko'chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotiga asosan quyidagilar ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi:

▪️“Ko'chmas mulk bozori monitoringi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
▪️“Ko'chmas mulkni ommaviy baholash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt