Nurafshon shahri hokimligi
3.18K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hafta davomida qabul qilingan
qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:

🔹Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar jangovar shayligi va xizmat faoliyati samaradorligi yanada oshiriladi Manba: (O'RQ-1008-son, 29.11.2024 y.);

🔹Qishloq xo'jaligi sohasida davlat boshqaruvi yanada takomillashtiriladi Manba: (PQ-413-son, 02.12.2024 y.);

🔹Bolalar masalalari bo'yicha komissiyalar faoliyatining samaradorligi oshiriladi Manba: (PF-201-son, 02.12.2024 y.);

🔹Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilar qo'llab-quvvatlanadi Manba: (PQ-417-son, 03.12.2024 y.);

🔹Dramaturg va yosh rejissyorlar uchun mukofot ta'sis etiladi Manba: (PQ-399-son, 22.11.2024 y.);

🔹“Teatr – ibratxonadir” dasturi amalga oshiriladi Manba: (PQ-399-son, 22.11.2024 y.);

🔹Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari bilan ta'minlash tizimi takomillashtiriladi Manba: (PQ-408-son, 29.12.2024 y.);

🔹Xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari samarali himoya qilinishi kuchaytiriladi Manba: (O'RQ-1009-son, 04.12.2024 y.);

🔹Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini boshqarish tizimi yanada soddalashtiriladi Manba: (O'RQ-1010-son, 05.12.2024 y.);

🔹Jamoaviy sport turlari rivojlantiriladi Manba: (PQ-421-son, 04.12.2024 y.);

🔹Qishloq xo'jaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalarida institutlar tashkil etiladi Manba: (PQ-420-son, 04.12.2024 y.)

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi


“Yoshlarning sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-443-son, 18.12.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi.

🗓 2025/2026-o'quv yilidan:

🔹sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etiladi;

🔹sport maktablarida ommaviy sport bo'yicha trener-seleksioner lavozimi joriy etiladi;

🔹har bir ommaviy sport bo'yicha trener-seleksionerga 5 tagacha mahalla va uning hududidagi davlat ta'lim muassasalari biriktiriladi;

🔹ommaviy sport bo'yicha trener-seleksioner o'ziga biriktirilgan hududda “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini o'tkazib borishga mas'ul hisoblanadi.

2025/2026-o'quv yilidan hududlardagi olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar faoliyati quyidagi yangicha tartibda tashkil qilinadi:

sport turlari bo'yicha mahorat maktablari tashkil qilinadi;

mahorat maktablari faoliyati sport turlari bo'yicha iqtidorli yosh sportchilarni saralab olish va ularni terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida tayyorlashga yo'naltiriladi hamda alohida sport turlariga ixtisoslashtiriladi;

mahorat maktablari o'quvchi-sportchilarining umumiy kontingenti jami 150 nafardan ko'p bo'lmagan miqdorda 7–11-sinf o'quvchilaridan iborat bo'ladi;

mahorat maktablari o'quv dasturini o'zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o'tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnoma beriladi;

mahorat maktablarida oziq-ovqat bilan ta'minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to'lovi undirilmaydi.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🔰Farmonga muvofiq, hokimliklarga quyidagi vakolatlar beriladi:


🗓 2025-yil 1-martdan hududi 10 ming metr kvadratdan, baholangan qiymati 5 ming BHMdan oshmagan hamda 6 oy davomida sotilmagan mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli ko'chmas mulk obyektlarini 2 yil ichida yangi loyihani ishga tushirish va ish o'rinlari yaratish sharti bilan:

🔹 tadbirkorlarga to'g'ridan-to'g'ri 10 yil muddatga ijaraga berish hamda davlat mulki uchun 4 yil davomida uzluksiz ijara to'lovlarini amalga oshirgan va ijara shartnomasi shartlarini bajargan tadbirkorga xususiylashtirish yoki baholangan qiymatda to'g'ridan-to'g'ri sotish;

🔹xalqaro tan olingan xorijiy til va malaka sertifikatlarini olishga o'qitadigan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar yoki tashkilotlarga dastlabki birinchi yili ijara to'lovi undirmasdan 5 yil muddatga keyinchalik uning muddatini uzaytirish sharti bilan ijaraga berish.

🏢 Tuman (shahar)lar hokimliklariga quyidagi yo'nalishlarda ma'muriy vakolatlar beriladi:

▪️ davlat boshqaruvi organlari va tadbirkorlar o'rtasida “doimiy aloqa” tizimini yaratish maqsadida tuman (shahar)larda Tadbirkorlar jamoatchilik kengashini tuzish;

▪️ 2025-yil 1-yanvardan belgilangan vazirlik va idoralarning tuman (shahar) bo'limlari rahbarlarini mas'ul vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, shuningdek, tegishli mas'ullarga rag'batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralarini ko'rish;

▪️ 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha belgilangan ro'yxat bo'yicha tuman (shahar)larda huquqiy eksperiment tariqasida tuman (shahar) hokimligi faoliyatini “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” yangicha yondashuvi asosida tashkil etish.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
#Adliya_xabari #Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi


⚡️“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko'chirish to'g'risida”gi Prezident qarori (452-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – payshanba kuniga ko'chirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2 yanvar – payshanba qo'shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

📌 Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:


🔹28 dekabr (shanba)5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);

🔹29 dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;

🔹30 dekabr (dushanba) — qo'shimcha dam olish kuni;

🔹31 dekabr (seshanba) — qo'shimcha dam olish kuni;

🔹1 yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;

🔹2 yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️2025-yil uchun Davlat byudjeti tasdiqlandi


“2025-yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-1011-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Unga ko'ra, Qonun 2025-yil uchun O'zbekistonning konsolidasiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi.

2025-yil uchun birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag'larining cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.

🚫 Birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag'laridan faqat 2025-moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o'tkazilmaydi.

✳️ 2025-yil uchun O'zbekiston konsolidasiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.

🗓 2025-yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:

🔹mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to'lovining eng kam stavkalari;

🔹tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'imlarning cheklangan stavkalari;

🔹chet davlatlar avtotransport vositalarining O'zbekistonga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig'imlarning stavkalari.

📌Qonun 2025-yil 1-yanvardan e'tiboran kuchga kiradi.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi strategik tahlil va tadqiqot qilish faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-467-son 31.12.2024 y.) qabul qilindi


⚡️ Qarorga ko'ra, Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi.

✔️ Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish bo'yicha uzoq muddatli strategik tahliliy hujjatlarni hamda mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid takliflarni muntazam ravishda Prezidentga kiritib borish Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

🔍 Muvofiqlashtiruvchi kengash ichki va tashqi siyosat jarayonlari bo'yicha strategik tadqiqotlarni tashkil qilish hamda ularni o'tkazishning barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga mas'ul bo'lgan maslahat organi hisoblanadi.

📄 Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish, umumiy muvofiqlashtirish hamda idoralararo hamkorlikni ta'minlash Prezidentning Maxsus topshiriqlar bo'yicha maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilmasida quyidagi yo'nalishlarga mas'ul bo'lgan ishchi guruhlar tashkil qilinadi:

▪️xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik;

▪️davlat va jamiyat qurilishi;

▪️ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish;

▪️tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik;

▪️hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish;

▪️ekologik kun tartibi, shu jumladan iqlim o'zgarishi, suv taqchilligi masalalari.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (914-son, 30.12.2024 y.) bilan “Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi

🔰 Nizom qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan (shu jumladan, yaylovlardan) oqilona foydalanish tartibini belgilaydi.

📜 U quyidagilarni nazarda tutadi:

🔹tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, almashlab ekishni suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda tashkil etish orqali qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish;

🔹tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlar almashinishini yo'lga qo'yish orqali yaylovlardan oqilona foydalanish;

🔹qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini baholash va uning natijasi bo'yicha xulosani shakllantirish.

Yaylovlardan oqilona foydalanish quyidagi tadbirlarni o'z ichiga oladi:

▪️yaylovlar almashinishi va suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlardan foydalanish;

▪️yaylovlarda chorva mollarini o'tlatishda eng ko'p yo'l qo'yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta'minlash va yuritish tartibi to'g'risida nizomga muvofiq umumiy yaylov maydoni bo'yicha aniqlangan eng ko'p yo'l qo'yiladigan foydalanish me'yorini ta'minlash;

▪️yaylovlar almashinishi rejasiga muvofiq yaylovlardan foydalanish;

▪️yaylovlarning qishloq xo'jaligida foydalanishdan chiqib ketishining oldini olish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, yerlarni begona o'tlar va butasimon daraxtlar qoplashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Kriminogen vaziyat og'ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmlari joriy etiladi


“2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-1-son) qabul qilindi.

⚡️ Qarorga ko'ra, mas'ul idoralar va muassasalar uchun 2025 yilda “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilandi.

📜 Shuningdek, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan bir qator yo'l xaritalari hamda 2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish bo'yicha manzilli chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

📁 Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi, Dastur va “yo'l xaritalari”ning ijrosini nazorat qilib borish uchun Bosh prokuratura huzurida Respublika idoralararo muvofiqlashtirish ishchi guruhi tuziladi.

🔍 Endilikda, jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy tashkilot va ta'lim muassasalari tomonidan ilmiy yondashuvlar asosida o'rganishlar o'tkaziladi.

📝 Barcha tuman (shahar) sektor rahbarlariga, Milliy gvardiya qo'riqlash xizmati boshliqlariga va ichki ishlar organlari boshliqlari o'rinbosarlariga 2025 yilda kriminogen vaziyat og'ir mahallalar nomma-nom biriktiriladi.

🗓 Mas'ullar faoliyati har oy yakunida – ichki ishlar vaziri huzurida, har chorak yakunida – Bosh prokuror huzurida, har yarim yilda Bosh vazir huzurida tanqidiy muhokama qilinadi, har bir mahalla kesimida Prezidentga axborot berib boriladi.

Manba
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Oliy ma'lumotli kadrlarga bo'lgan davlat buyurtmasi Maxsus platforma orqali shakllantiriladi


“Oliy ma'lumotli kadrlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori (49-son, 29.01.2025 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, oliy ma'lumotli kadrlarga bo'lgan davlat buyurtmasi Maxsus elektron platforma (Platforma) orqali shakllantiriladi.

🗓2025/2026-o'quv yilidan:

🔹oliy ma'lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi Platformada jamlangan ma'lumotlar va mehnat bozori talabini tahlil qilish asosida aniqlanadi;

🔹kadrlarga bo'lgan ehtiyoj 4 yillik davrga ishlab chiqilib, har yili mehnat bozorining o'zgarish tendensiyalari, hududlarda ijtimoiy soha muassasalari va iqtisodiyot tarmoqlarini kadrlar bilan ta'minlashni inobatga olgan holda, Platformaga tegishli tuzatishlar kiritib boriladi.

🌐 Platformaga quyidagi ma'lumotlar kiritib boriladi, jumladan:

▪️iqtisodiyot tarmoqlarida rasman band bo'lgan aholi soni;
▪️davlat va nodavlat OTMlari bitiruvchilarining o'qishni tamomlagandan so'ng rasman bandligi to'g'risidagi ma'lumotlar;
▪️mehnat resurslari balansi, mehnat bozorida mavjud bo'sh ish o'rinlari, iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha bandlik darajasi haqida;
▪️"Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish (NEMIS)" axborot tizimida mavjud bitiruvchilar va OTMlar to'g'risida;

📚 Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

🔸davlat buyurtmasini shakllantirishda ma'lumotlarni jamlash, qayta ishlash va buyurtmani yuqori turuvchi organlarga taqdim etish;
🔸ish beruvchilarning oliy ma'lumotli kadrlarga bo'lgan ehtiyojini aniqlash tartibi;
🔸iqtisodiyot tarmoqlarini mutanosib rivojlantirib borish maqsadida davlat buyurtmasini shakllantirishda ustuvorlik beriladigan yo'nalishlarni aniqlash.

2025-yildan 4 yillik davr uchun davlat buyurtmasi parametrlarini oliy ma'lumotli kadrlarga bo'lgan talab prognoziga muvofiq ravishda tasdiqlash uchun ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasiga har yili 1 mayga qadar kiritish ta'minlanadi.

👉 Manba
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtiriladi


Manba: O'RQ-1024-son, 06.02.2025-yil.

Manba
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, Navro'z!


“2025 yilgi Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-68-son, 21.02.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko'ra, 2025-yilgi Navro'z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, Navro'z!” degan bosh g'oya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada keng nishonlanadi.

📝 2025-yilgi Navro'z umumxalq bayramining g'oyaviy-badiiy konsepsiyasi ma'qullandi hamda bayramga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mita tasdiqlandi.

✔️ Bu yilgi Navro'z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e'zozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan va ko'makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish maqsadida, ular uchun bayram dasturxoni yoziladi hamda turli xayriya tadbirlari o'tkaziladi.

✳️ “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, bayram arafasida barcha hududlarda, ko'cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish aksiyalarini, umumxalq hasharlarini o'tkazishga alohida e'tibor qaratiladi.

🔍 Toshkent shahridagi “Yangi O'zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ko'chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etiladi


🔰Farmonga ko'ra, Kadastr agentligi huzurida Ko'chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tashkil etiladi.

🔘Shuningdek, quyidagilar belgilandi:

🔸Iqtisodiyot va moliya vazirligi – ko'chmas mulkni ommaviy baholash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ etib;
🔸Kadastr agentligi – ko'chmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ etib;
🔸Milliy markaz – ko'chmas mulkni ommaviy baholash sohasida ijro etuvchi organ etib.

📝 Ommaviy baholash tizimini normativ-huquqiy va uslubiy jihatdan ta'minlash uchun “Ko'chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyoti” belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

🗓 2026-yil oxirigacha Toshkent shahridagi eksperiment natijalari, ilg'or xorijiy tajriba hamda xalqaro ekspertlarning xulosalari va tavsiyalari asosida “Ko'chmas mulkni ommaviy baholash to'g'risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

🌐 2025-yil 1-noyabrgacha ko'chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotiga asosan quyidagilar ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi:

▪️“Ko'chmas mulk bozori monitoringi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
▪️“Ko'chmas mulkni ommaviy baholash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ayrim hududlardagi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi


Farmonga ko'ra, davlat organlarining vazifa va funksiyalari quyidagi 5 ta darajaga ajratiladi:

▪️ konstitutsiyaviy va milliy daraja;
▪️ respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari darajasi;
▪️ hududiy daraja;
▪️ tuman (shahar) darajasi;
▪️ mahalla (qishloq, ovul) fuqarolar yig'ini darajasi.

▶️ 2026-yil 1-yanvardan “Yangi O'zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta tuman (shahar)da faoliyat yurituvchi davlat organlarida kadrlar rotasiyasi tizimi joriy etiladi. Bunda:

🔸 respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) bo'linma rahbari hamda tuman (shahar) hokimi va uning o'rinbosarlari har 5 yilda, qoida tariqasida, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri doirasida boshqa tuman (shahar)ga rotatsiya qilinadi;

🔸 rotatsiya qilinadigan rahbarlar Agentlikning hrm.gov.uz elektron platformasi orqali aniqlanadi;

🔸 rahbar yangi hududga o'tishdan oldin hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati bo'yicha intensiv kursda o'qitiladi;

🔸 rotatsiya qilingan rahbar faoliyati Agentlik tomonidan elektron platforma orqali onlayn tarzda monitoring qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Naqdsiz hisob-kitoblar ommalashtiriladi


“Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–246-son, 10.12.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko'ra, quyidagilar 2030-yilgacha yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

🔹 yalpi ichki mahsulotga nisbatan kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini 1,3 baravarga qisqartirish;

🔹 savdo va xizmat ko'rsatish sohalarida aholi tomonidan to'lovlarni naqd pulsiz amalga oshirish ulushini 75 foizga yetkazish.

2026-yil 1-apreldan quyidagilar uchun to'lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to'lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:

▪️ davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar;

▪️ elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to'lovlar;

▪️ alkogol va tamaki mahsulotlari;

▪️ transportlarga yoqilg'i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo'yicha xizmatlar;

▪️ qiymati 25 mln so'mdan oshadigan tovar va xizmatlar;

▪️ ko'chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olish.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyati tashkil etiladi


Hukumat qarori (819-son, 24.12.2025-y.) bilan “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko'ra, ish beruvchi tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini joriy etishi hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo'l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etishi shart.

✔️ Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo'yicha o'qitish quyidagilarni o'z ichiga oladi, jumladan:

▪️ kirish yo'l-yo'rig'i va ish joyidagi yo'l-yo'riqlarni o'tkazish;
▪️ ish joyidagi stajirovka va bilimlarni tekshirish;
▪️ xodimlarni baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga birinchi yordam ko'rsatishga o'qitish.

Ish beruvchi har yili 20-yanvargacha YAMMT IDAKga quyidagi ma'lumotlar kiritilishini ta'minlaydi:

🔹 mehnat sharoiti to'g'risidagi ma'lumotlar;

🔹 zararli va xavfli ishlab chiqarish omilining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun imtiyoz va kompensasiyalar summasi to'g'risidagi ma'lumotlar;

🔹 baxtsiz hodisalardan jabrlangan va kasb bilan bog'liq kasallik 1-marotaba aniqlangan shaxslar soni to'g'risidagi ma'lumotlar.

🏛 Tashkilotlarda ma'muriy-jamoatchilik nazorati tashkil etilishi kerak.

Ma'muriy-jamoatchilik nazorati quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

▪️ 1-bosqich – bo'linma va bo'limlarning (syex) uchastkasi, smena, brigadada;
▪️ 2-bosqich – bo'linma, bo'lim, ishlab chiqarish yoki tashkilot uchastkasida;
▪️ 3-bosqich – tashkilotda umumiy.
1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlari aniqlashtirildi.

Qonun (O‘RQ–1109-son, 30.12.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

🔰 Mazkur Qonun bilan ayrim qonun hujjatlriga mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlariga quyidagilar kirishi belgilandi:

🔹 bekatlar, to‘xtab o‘tish va dispetcherlik manzillarini, boshqa obyektlarni joylashtirish, qurish va obodonlashtirish masalalarini hal qilish;

🔹 aholiga transport xizmati ko‘rsatish haqida shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organi bilan shartnoma tuzish va transport harakatini tashkil etish rejasini ishlab chiqish.

🔹 yo‘lovchilar tashish ishining sifati ustidan nazorat qilish.

🗒 Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari avtomobil transportini rivojlantirish kompleks mintaqaviy dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi belgilandi.

✔️ Bundan tashqari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari mahalliy byudjetlarning yong‘in xavfsizligi, shu jumladan yong‘indan saqlash xizmatining ta’minoti xarajatlariga doir qismini tasdiqlashi ko‘zda tutildi.

📍 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ 5 million sun’iy intellekt yetakchilari loyihasi amalga oshiriladi


“Yoshlarni IT sohasiga jalb qilish, ularning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali yuqori daromadli kasblarga yo‘naltirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (849-son, 31.12.2025 y.) qabul qilindi.

💻 Qarorga ko‘ra, “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi amalga oshiriladi.

Har yili mazkur loyiha doirasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazib boriladi.

💸 Bunda tanlov g‘oliblari pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar, jumladan:

▫️ 100 nafar o‘qituvchi 1 000 AQSh dollari ekvivalentida pul mukofoti;
▫️ 10 nafar o‘qituvchi xorijiy sayohatga yo‘llanma;
▫️ 500 nafar yoshlar noutbuk;
▫️ 500 nafar yoshlar qimmatbaho sovg‘alar;
▫️ 3 ta oliy ta’lim tashkiloti pul mukofoti;
▫️ 2 ta umumta’lim maktabi “Prezident sovg‘asi” – elektromobil bilan taqdirlanadi.

📝 Shuningdek, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida yoshlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

🔹 raqamlashtirish sohasida zamonaviy kasblarga, jumladan, IT-loyiha boshqaruvchisi, startap loyihasi boshqaruvchisi hamda xorijiy tillarga bepul o‘qish;

🔹 xalqaro professional darajadagi IT-sertifikatlarni olish bo‘yicha o‘quv kurslarida bepul ta’lim olish.
2👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Mahallalar mas'ul rahbarlarga nomma-nom biriktiriladi


“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo'nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–1-son, 05.01.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko'ra, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo'yicha samarali tizimni yo'lga qo'yishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil etish maqsadida 2026-yilda hududlar mas'ul rahbarlar va muassasalarga quyidagi tartibda nomma-nom biriktiriladi:

🔹 kriminogen vaziyati og'ir mahallalar – tuman (shahar) hokimlari, prokurorlari hamda ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning o'rinbosarlariga;

🔹 5 yildan buyon “qizil” toifada bo'layotgan mahallalar – Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari, viloyat darajasidagi ichki ishlar organlari rahbarlarining va hokimlarning o'rinbosarlariga;

🔹 3 yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan mahallalar – huquq-tartibot idoralarining ta'lim va ilmiy tashkilotlariga;

🔹 kriminogen vaziyati eng og'ir tuman va shaharlar – viloyatlar darajasidagi prokurorlarning va ichki ishlar organlari rahbarlarining birinchi o'rinbosarlariga;

🔹 ayollar jinoyatchiligi, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qo'ygan shaxslar jinoyatchiligi hamda nizoli oilalar salmog'i eng yuqori bo'lgan mahallalar – tegishincha viloyatlar darajasidagi oila va xotin-qizlar, sog'liqni saqlash hamda adliya boshqarmalari boshliqlariga.
1🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etiladi


“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o'rtasida kitob o'qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–9-son, 15.01.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorni qabul qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad 2026 – 2030-yillarda aholining kitobxonlik darajasi (1 odam o'qiydigan kitob soni)ni yiliga o'rtacha 10 ta kitobga yetkazish etib belgilandi.

🏛 Qarorga ko'ra, Yoshlar ishlari agentligi huzurida Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etiladi uning vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.

😀 Jamg'arma mablag'lari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo'naltirilishi belgilandi:

🔺 tanlov orqali yosh yozuvchilar uchun grantlar ajratish va asarlarini nashr etish, bolalar adabiyoti yo'nalishidagi loyihalarni qo'llab-quvvatlash;

🔺 tanlov orqali iste'dodli mualliflarni aniqlash va ularga
ijod qilish uchun sharoit yaratish maqsadida 1 yilgacha BHMning 50 baravari miqdorida har oy haq to'lash;

🔺 eng sara xorijiy adabiyotlarni o'zbek tiliga va milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilishda nashrga tayyorlash va chop etish xarajatlarining 50 foizi hamda mualliflik huquqi uchun xarajatlarning 80 foizini qoplash;

🔺 vasiylik kengashi a'zolariga har chorakda BHMning 50 baravarigacha miqdorda mukofot to'lash.
👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Onlayn kredit olishda firibgarlikka uchragan fuqarolardan kreditni undirish to‘xatiladi


Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda Kredit va to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimi operatorlari tomonidan jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda frod holatlarining oldini olish bo‘yicha minimal talablar to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3759, 21.01.2026 y.).

Unga ko‘ra, kredit tashkiloti frod holati natijasida nomiga onlayn kredit rasmiylashtirilgan fuqaroga, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga asosan jabrlanuvchi deb e’tirof etilganda, mazkur onlayn kredit va u bilan bog‘liq foizlarni hisoblashni hamda undan undirishni to‘xtatadi.

⏭️ Kredit tashkiloti onlayn kredit ajratishda frod holatini sodir etgan shaxsdan yetkazilgan moddiy zararni regress tartibida undirishi mumkin.

📝 Kredit tashkiloti frod holatiga shubha qilganda qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.

🗒 Surishtiruv, dastlabki tergov natijalari yoki sudning qaroriga asosan frod holati yuz bermaganligi aniqlanganda kredit tashkiloti onlayn kredit va u bilan bog‘liq foizlarni hisoblashni hamda undirishni davom ettiradi.

Nizomga ko‘ra, mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi akkauntiga faqat ushbu shaxs yoki yaqin qarindoshlariga tegishli bo‘lgan bank hisobvarag‘i, bank kartasi va elektron hamyonlarni biriktirishi hamda ushbu akkaunt orqali P2P o‘tkazmalarini amalga oshirishi mumkin.

Foydalanuvchining telefon raqami va JSHSHIRi mos kelishi tekshiriladi hamda moslik aniqlanmaganda mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazish va bank kartasini biriktirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🖼 Kredit va to‘lov tashkilotlari foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyadan o‘tkazishda hayotiylik faktorlarini aniqlashi shart, ya’ni rasm orqali identifikatsiya qilish mumkin bo‘lmaydi.

⌛️ Telefonga yuborilgan 1 martalik SMS xabar 3 marotaba noto‘g‘ri kiritilganda, foydalanuvchining mobil ilovadagi harakatlari 15 daqiqa davomida vaqtincha cheklanadi.

▶️ Mobil ilovadagi akkauntga boshqa qurilmadan kirish yoki uning parolini qayta tiklashda ushbu akkauntga bog‘langan barcha bank kartalari mobil ilovadan avtomatik tarzda chiqarib yuboriladi.

🗒 Shuningdek, ushbu qurilmada bank kartalari bo‘yicha moliyaviy operatsiyalar tarixi o‘chirib yuboriladi.

☑️ Bunda, bank kartalarini biriktirish biometrik identifikatsiyadan o‘tkazilgan holda amalga oshiriladi.
👍1🔥1