Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.6K photos
4.76K videos
64 files
14K links
Download Telegram
Obod shahar – barchamizga mas'uliyat! 🌿🏗

Shahar bo‘ylab Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ular hududni tartibga keltirish, yashil maydonlarni parvarishlash hamda shahar ko‘chalarining ozodaligini ta’minlash yo‘lida samarali mehnat qilishmoqda. 🌿🏡

#ObodShahar 🏙 #BarchamizgaMasuliyat #NurafshonShahar 🌿🏗

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍51
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 1 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 1 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida hokimlik soati o'tkazildi

Shahar hokimi I.Klichxanov rahbarligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi. Unda shahar sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.

Kun tartibida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish va "Ijtimoiy profilaktika" tizimi samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mavjud muammolar ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilot va rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

#HokimlikSoati #BandlikVaFarovonlik #XavfsizMahalla #NurafshonShahar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3