Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.6K photos
4.76K videos
64 files
14K links
Download Telegram
Forwarded from Nurafshon shahar Kengashi. (Nafosat)
#Ayol deputatlar e’tirof etildi 🌸

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan shahar Kengashining ayol deputatlari tabriklandi.

Ularning jamiyat rivojidagi o‘rni, tashabbuskorligi va fidoyiligi e’tirof etilib, samimiy tilaklar bildirildi. Ayol deputatlarga ehtirom sifatida bayram sovg‘alari topshirildi.


Xalq deputatlari Nurafshon Kengashi Axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇

🌐Telegram🌐 Instagram🌐 Facebook
👍7👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев: "Уй-рўзғор ишлари ва фарзанд тарбиясидан ортиб, таълим олаётган, меҳнат қилаётган ва тадбиркорлик билан шуғулланаётган хотин-қизлар – замонамизнинг ҳақиқий қаҳрамонлари"

Президент Шавкат Мирзиёев: "Женщины, которые наряду с домашними делами, воспитанием детей учатся, трудятся и занимаются предпринимательством, действительно являются настоящими героями нашего времени"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bayram muborak aziz ayollar, dilbar qizlar!

Dunyodagi eng go‘zal tabassum, eng yoqimli ovoz, go‘zal chehra, nafis qo‘llar, mehribon qalb, ziyrak nigoh, shubhasiz, Onalarimiznikidir!

8-mart munis onalar, latofatli qizlar, aziz opa-singillarimiz ayyomi ekanligi bilan qadrlidir!

Hurmatli xotin-qizlar, barchangizni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz!

Xonadoningizda doimo tinchlik hukm sursin! Mudom to‘kinlik, farovonlik, baxtiyorlikda yashang!
Doimo ko‘zingiz quvonchdan porlasin, go‘zalligingiz yanada ziyoda bo‘lsin!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanovning 8-mart- Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

👉Bayram tabrigi

#8MartMuborak 🎉
#XotinQizlargaEhtirom 🌸
#Go‘zallikVaMehribonlik 💐
#AyollarG‘ururi 👩‍🎓👩‍💼👩‍⚕️
#BaxtTayanchi 👪
#NurafshonShaharHokimi 🏙

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌸 Xotin-qizlar bayrami shodu-hurramda o‘tdi! 🌸

"Tong" madaniyat saroyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda shahar hokimi I.Klichxanov barcha ayollarni bayram bilan tabriklab, ularning mehnatini e’tirof etdi. Bayram dasturida san’atkorlar Doston Ergashev, G‘iyosjon Turdiyev va "Qalpoq" hajviy ko‘rsatuvi ijodkorlari o‘z chiqishlari bilan tadbirni yanada go‘zal qildilar. Ayollarimiz raqsga tushib, bayramni ko‘tarinki ruhda kutib oldilar. 🌷

Xotin-qizlarimizni yana bir bor bayram bilan tabriklaymiz!

#8MartMuborak #AyollarG‘ururi #Go‘zallikVaMehribonlik #BayramKayfiyati

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍31
#Shukuh #Festive_mood #Праздничное_настроение

Toshkent viloyati hududlarida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Jarayonlar fotolavhalarda.
____

Festive events dedicated to March 8 - International Women's Day were held in high spirits throughout the Tashkent region

Processes in photos.
____

В городах и районах столичной области праздничные мероприятия, посвящённые 8 Марта - Международному женскому дню, прошли на высоком уровне.

На фотографиях - сцены из праздничных мероприятий.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati
#Nurafshon_shahar
#8Mart

Har bir ona mo’tabar, har bir ayol aziz


8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan matonatli, jasur onalarning yuzlariga quvonch hamda tabassum ulashmoq maqsadida Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo'limi hamda Nurafshon shahar mahalla yoshlar yetakchilari esdalik sovg'alari bilan xonadonlarga tashrif buyurishdi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍6🔥1
#Maxsus_dayjest

Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami keng nishonlandi.

Angren shahri. "Ayolni e’zozlagan yurt ravnaq topadi"
ezgu g‘oyasi ostida bo'lib o'tgan bayramda xotin-qizlar e'tirof etildi.

Bekobod shahri. "Baxt uyi"
tantanalar saroyida xotin-qizlar bayrami munosabati bilan, bayram dasturxoni yozildi.

Bekobod tumani. "BEK"
tantanalar uyida mo'tabar va munis ayollar uchun bayram dasturi tashkil etildi.

Bo‘ka tumani.
Tumanda bayram tadbiri ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

Bo‘stonliq tumani.
Tuman ijtimoiy hayotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh xotin-qizlarga bayram tuhfalari topshirildi.

Zangiota tumani. Madaniyat saroyida
ayollar bayrami keng nishonlandi.

Nurafshon shahri. "Tong"
madaniyat saroyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosib o'tkazildi.

Olmaliq shahri.
Xotin-qizlarga e'tibor ko'rsatilib, bayram dasturi tashkil etildi.

Oqqo‘rg‘on tumani.
Bayram tadbirida ayollarga samimiy tilaklar bildirildi.

Ohangaron shahri. "Malikalar saroyi"
majmuasida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Ohangaron tumani.
Tuman hokimligi hamda korxona va tashkilotlardagi xodima ayollar e'tirof etildi.

Parkent tumani.
Bayram dasturi ko'tarinkilik bilan o'tdi.

Piskent tumani.
Ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan va xalq xo‘jaligining turli sohalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimalar uchun bayram dasturi o‘tkazildi.

Chinoz tumani.
Ayollarga e'tibor ko'rsatilib, esdalik sovg'alari ulashildi.

Toshkent tumani.
Bir guruh xotin-qizlar bayram munosabati bilan taqdirlandi.

Chirchiq shahri. "Kimyogarlar"
madaniyat saroyida xotin-qizlar uchun  bayram tadbiri tashkil qilindi.

O‘rta Chirchiq tumani.
Ayollar uchun bayram dasturi uyushtirilib, tuman hokimi tomonidan samimiy tilaklar bildirildi.

Qibray tumani. “Do’rmon”
tadbirlar koshonasida shodiyona sana munosabati bilan iftorlik dasturxoni yozildi.

Quyi Chirchiq tumani.
Nuroniy onalar, qishloq xo‘jaligida fidoyilik ko‘rsatayotgan ilg‘or terimchilar va tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodima ayollar uchun bayram tadbiri tashkil qilindi.

Yangiyo‘l tumani.
Turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan tashabbuskor xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bir davrada diydorlashdi.

Yangiyo‘l shahri.
Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan o'tkazilgan bayram kechasi taassurotlarga boy bo'ldi.

Yuqori Chirchiq tumani.
"Millatlar do'stligi" madaniyat saroyida ayollar bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌷Mehr va e’tibor bayrami!

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Nurafshon shahar Yoshlar yetakchilari shahar tibbiyot birlashmasida davolanayotgan opa-singillarimizni muborakbod etishdi.
Ularga samimiy tilaklar bildirilib, bayramona kayfiyat ulashildi.

Mehr va e’tibor har bir ayol uchun eng katta tuhfa!


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👏6👍21